Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Khalilova2906

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BUYUK XITOY DEVORI (xitoycha "Vanli chongchang" — "10 ming li uzunlikdagi devor"), Sadi Chiniy — Shimoliy Xitoydagi qal'a devori. Qadimgi Xitoy me'morligining ulkan yodgorligi. Shimol va G'arbdagi ko'chmanchi qabilalarning hujumidan saqlanish maqsadida bunyod etilgan. Qal'a devori sifatida dastlabki qismi miloddan avvalgi 4-3- asrlarda (tosh va g'ishtdan ishlanib, ichini tuproq bilan to'ldirib, shibbalab) qurilgan. Miloddan avvalgi 2-1-asrlarda G'arbga tomon 500 km ga uzaytirilgan. Keyinchalik uni qurish va mustahkamlash ishlari (eng muhimi 14-15-asrlarda) davom etgan. 1953-yilda Szyuyyunguan qal'asi (Pekin) yaqinidahi qismi ta'mirlangan.

Buyuk Xitoy devori Szyuyyunguan qal'asi (Gansu viloyatining g'arbi) va Shanxayguan qal'asi (Gansu viloyatining g'arbi) va Shanxayguan (Lyaodun ko'rfazi qirg'og'i) qal'a-qo'rg'oni oralig'ida cho'zilgan; ko'tarilish joylari va tarmoqlari bilan uzunligi 5000 km ga yaqin (to'liq saqlanmagan).

Xitoy arxeolog olimlarining 2001-yildagi tekshirishlariga ko'ra, Xitoning janubi-g'arbidagi sun'iy tepalik ham Buyuk Xitoy devoriga daxldorligi — uning davomi ekanligi aniqlandi. Bu bilan Buyuk Xitoy devorining umumiy uzunligi 530 km ga ko'paydi. Buyuk Xitoy devorining balandligi — 6,6 m (shinaklarning devorlari bilan 8-10 m gacha), kengligi — asosida 6,5 m dan yuqorisida 5 m gacha. Har bir necha 100 m da soqchilar uchun to'rtburchak burjlar (balandligi 10-12 m) qurilgan, har 10 km da kuzatish va xabar berish uchun minoralar, tog'dagi muhimi o'tish joylarida mustahkam qo'rg'onlari bo'lgan. Buyuk Xitoy devori me'moriy yodgorliklar sifatida saqlanadi.

Alisher Navoiyning "Saddi Iskandariy" dostonida Buyuk Xitoy devori"Saddi Chin" nomi bilan tilga olingan.