Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Kholida 99/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mariner-10AQSH tomonidan uchirilgan sayyoralararo kosmik apparat. 1973 yilning 3-noyabrida, Atlas SLV-3D/Centaur D-1A raketa eltuvchisi yordamida, Kanaveral kosmodromidan koinotga parvoz qilgan. Loyiha qiymati 100 million $ baholangan bo‘lib, undan ko‘zlangan asosiy maqsad, Venera va Merkuriy sayyoralarini tadqiq etish bo‘lgan. Mariner-10, ushbu seriyadagi kosmik apparatlarning so‘nggisi bo‘lgan. Chunki, undan keyingi uchirilishi ko‘zda tutilgan «Mariner-11» va «Mariner-12», mos ravishda «Voyajer-1» va «Voyajer-2» sifatida qayta nomlanib, tashqi sayyoralar tomonga uchirilgan. Apparat massasi, uchirish vaqtida 503 kg bo‘lib, uning korpusi 1.4 metrni tashkil qilgan. Mariner-10, har biri 2.7 metr bo‘lgan ikkita quyosh panelidan quvvat olib ishlagan. Uning bortida, ultrabinafsha diapazonda ham tasvirga olish imkoniyatiga ega ikkita kamera o‘rnatilgan edi. Undan tashqari apparat bortida, ultrabinafsha spektrometrlar, infraqizil radiometr, quyosh plazmasi detektori, magnitometrlar mavjud edi. Mariner-10, «Luna-3» dan keyingi, gravitatsion manyovrni amalga oshirgan ikkinchi kosmik apparat bo‘ldi. U Venera tortish kuchi ta’siridan, o‘z perigeliysini Merkuriy bilan yaqinlashish uchun foydalandi. U Venera bilan 5770 km gacha yaqinlikka erishgan. Apparat Venera sirti va atmosferasiga oid 300 ga yaqin fotosuratlarni yerga yubordi. Ular tufayli Venera atmosferasining doimiy harakatda ekanligi isbotlandi va Venera atmosferasining dinamik modeli ishlab chiqildi. Mariner-10 dan olingan ma’lumotlar asosida, Veneraning massasi avval hisoblanganidan ko‘ra birmuncha katta aniqlikda qayta o‘lchandi. Shuningdek u Venerada magnit maydoni yo‘qligini aniqlab berdi. 1974 yil davomida, Mariner-10 Merkuriy yaqinidan ikki marta uchib o‘tdi. Dastavval, 29 mart kuni 703 km masofada, keyin, 21-sentyabr kuni 48,069 masofada Merkuriyni tadqiq qildi. Oxirgi marta, 1975 yilning 16 martda 327 km masofadan turib, Merkuriy sirtiga yuzlandi. Bu tadqiqotlar natijasida olingan fotosuratlar va radiografik, spektral ma’lumotlar asosida, Merkuriy sirtining 40-45% qismining xaritasi tuzib chiqildi. Merkuriy sirti ham, xuddi Oydagi kabi kraterlarga to‘la ekanligi ma’lum bo‘ldi. U shuningdek, Merkuriyning tungi (−183 °C) va kunduzgi (+187 °C) haroratlarini o‘lchadi (zamonaviy natijalarga ko‘ra ular mos ravishda −190 va +500 °C). Mariner-10 uzatgan ma’lumotlarga ko‘ra, olimlar, Merkuriyning atmosferasi deyarli yo‘q ekanligi, faqat yupqa geliy qavati mavjudligini aniqladilar. Bu apparat orqali, birinchi marta Merkuriyning magnit maydoni xossalari aniqlandi. Mariner-10 2008 yilgacha, Merkuriy yaqinidan uchib o‘tgan yagona kosmik apparat bo‘lib qoldi. Undan olingan tasvir va ma’lumotlar, astronomlarga Venera va Merkuriy sayyoralari, Oy va Quyosh haqida qimmatli axborotlarni taqdim etdi.