Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:KhusniddinAli/qumloq

Koordinatalari: 40°09′07″N 65°22′18″E / 40.151947°N 65.371537°E / 40.151947; 65.371537
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qoraqum qishlogʻi
Umumiy maʼlumot
Koordinatalar 39°06′54″N 65°25′42″E / 39.11510748262773°N 65.42826149580132°E / 39.11510748262773; 65.42826149580132

Qoraqum qishlogʻi, Oʻzbekistonning Qashqadaryo viloyatiga qarashli Muborak tumanida joylashgan. Aholisining 97% foizi oʻzbeklardan iborat.














Mirzachorbogʻ qarorgohi

MIrzachorbogʻ qarorgohining tashqi ko'rinishi
Umumiy maʼlumot
Koordinatalar 40°09′07″N 65°22′18″E / 40.151947°N 65.371537°E / 40.151947; 65.371537{{#coordinates:}}: cannot have more than one primary tag per page

Mirzachorbogʻ qarorgohi (Mirzachorbogʻ xonqarorgohi, Mirza chorbogʻ saroyi, Mirzo chorbogʻ; 1900—1905-yillarda qurilgan) — Buxoro amiri Abdulahadxon tomonidan Karmanada qurdirilgan saroy. Soʻnggi Buxoro amirlarining yozgi qarorgohi hisoblangan. Karmana shaharchasining shimoliy qismida, Zarafshon daryosiga yaqin yerda, „Koʻhnaqoʻrgʻon“ mahallasining Amir Olimxon va Mirza chorbogʻ koʻchalari kesishmasida joylashgan. Qarovsizlik va talon-taroj oqibatida xaroba holga kelgan. Saroyning holati xaroba ekanligi va u qarovsiz qolib ketgani bir necha marta ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan[1][2][3], bularga javoban davlat mutasaddi idoralari saroyni taʼmirlash davlat rejasiga kiritilgani haqida rasmiy bayonotlar bergan lekin amalda hech narsa qilinmagan[4][5].

Mirzachorbogʻ qarorgohi de-jure davlat muhofazasiga olingan, de-facto qarovsiz holdadir[1][2][3].

Joy tanlanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qarorgoh qurilishi uchun joy tanlashda bir nechta faktorlar hisobga olingan, bular: Zarafshon daryosiga yaqin joy havosining salqinligi, bogʻ yaratish uchun tuproq unumdorligi, Nurota togʻ tizmasi tomondan salqin shamol doimiy esib turishi, ov qilish uchun qulayligi[1].

Mirzachorbogʻ qarorgohining qurilish ishlarida meʼmor Abdurahim Turdimurod oʻgʻli Gʻozgʻoniy bosh-qosh boʻlgan[1], saroy usta Shirin Murodov tomonidan ganch va oʻymakor naqshlar bilan bezatilgan. Uning qurilishida yana karmanalik Najjor Toʻra, usta Latif, usta Doʻst, usta Sulton Qori ishtirok etishgan. Bulardan tashqari, saroy qurilishida mingga yaqin ustalar jalb etilgan[6].

Arxitekturasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saroy asosan yogʻoch va gʻishtdan choʻpkori uslubida tiklangan. U qurilish jihatidan ikkiga boʻlingan. Birinchi qismi hajmi 6x20 m, balandligi 11 metrli bino boʻlib, u ikki xonali dahliz va 15 bolorli mehmonxonadan iboratdir. Dahlizning tepasida boloxona boʻlgan. Har ikki xonaning ichki qismi oʻymakorlik va naqqoshlik ishlari bilan bezailgan. Mehmonxona toʻrida katta yoysimon mehrob va uning ikki tomonida ravoqlar qurilgan. Xonaning shimoliy va janubiy devorlari tepa qismlariga ham toʻrttadan ravoqlar mavjud. Binoning sakkizta derazasi Yevropa uslubida boʻlib, ularning tepa qismi qasqonsimon shaklda ishlangan. Binoga ikki eshik orqali shimoliy tarafdan dahlizga kirilgan. Eshiklar oʻymakorlik bilan bezatilgan[7].

Mehmonxonaning gʻarbiy tomonida oʻn xonali yana bir bino bor. Arxitektura jihatdan u biroz sodda koʻrinishga ega. Bino poydevori 25 qator 28х28х4 oʻlchamli pishiq gʻishtdan 1 m qilib tiklangan. 26-qatoridagi gʻishtlar zilzilaga bardoshliligi hisobga olinib, tik holatda terilgan. Sinch va zavaravlar koʻpburchakli shaklda qoʻyilgan, xovalari koʻzdan yashirilgan. Bino xonalarining ichki qismi sharqona uslubda bezatilgan. Hovli yuzasidagi supa chetida 9–12 metrli quduq boʻlgan, u keyinchalik koʻmib yuborilgan[7].

1942–1943-yillarda saroy polyak askarlari uchun kazarma qilib berilgan. Urushdan keyin kolxoz idorasi sifatida foydalanilgan[8]. 1960-yillardan 1974–1975-yillargacha pillachilik idorasi boʻlgan[1].

1999-yil 27-mayda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonida ikki oy ichida Karmanadagi bir qator tarixiy obyektlar qatori Mirzachorbogʻ qarorgohini ham qayta taʼmirlash dasturi ishlab chiqilishi kerakligi buyurilgan[9].

2009-yilda saroyni taʼmirlash ishlari boshlanishi rejalashtirilgan[4] ammo amalda hech bir ish qilinmagan.

2020-yil 13-may kuni Oʻzbekiston respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi „Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va joriy taʼmirlash boʻyicha buyurtmachi xizmati“ davlat muassasasi tomonidan davlat xaridlari saytiga Oʻzbekistondagi bir nechta tarixiy obyektlar qatori Mirzachorbogʻ qarorgohini ham tamirlash loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha tender eʼlon qilingan[10].

Mirzachorbogʻ qarorgohi janubiy devoriga 2022-yil oʻrnatilgan toshlavha

2021-yilda ham qarorgohning holati ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan mutasaddi tashkilotlar keskin tanqidlar ostida qolgan, shundan soʻng, Navoiy viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi Mirzachorbogʻ qarorgohini taʼmirlash ishlari 2021-yil dasturiga kiritilganini va bu ish uchun 3,1 mlrd soʻm mablagʻ ajratilganini maʼlum qilgan[5].

Mirzachorbogʻ qarorgohi bugungi kunda xaroba holda saqlangan. Saroy chorbogʻi yoʻqotilgan, qudugʻi koʻmib yuborilgan, saroy qismi buzilib, batamom vayrona holga kelgan. 2017–2018-yillarda odamlar orasida „Mirzachorbogʻ qarorgohidan bir sandiq tilla topilibdi“, degan mish-mish tarqalgach, mahalliy aholi qarorgohning devor va ganchkor naqshlarini buzib tashlagan, eski taxt oʻrni qazib koʻrilgan, xonalarga kirish zinalari buzilib, ostidan tilla izlangan[2].

2019-yil aprelda saroy kutish zalining yogʻoch sinchli poydevori qulab tushgan (u toʻrt oy davomida qiyshayib turgan boʻlgan). Qulagan joyda faqat naqsh boʻlaklari qolgan[11]. Yoʻgʻon yogʻochli ustun va bolorlar, qimmatbaho kedr va yongʻoq daraxtidan oʻymakor naqshlar bilan ishlangan eshik va derazalar mahalliy aholi tomonidan tashib ketilgan[11].

Saroyning holati xarobaligi turli yillarda matbuotda yoritilgan, ammo amaliy ishga oʻtilmagan. Hatto saroy joylashgan maydon himoya maqsadida oʻrab olinmagan[1][2][3].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 „Амир қароргоҳи хорликка юз тутмоқда“. Xalq soʻzi. Qaraldi: 2018-yil 18-yanvar.[sayt ishlamaydi]
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Бухоро амирининг Карманадаги қароргоҳи: поляк аскарлари казармаси, пиллачилик идораси, бугун эса харобазор“. Kun.uz. Qaraldi: 2020-yil 15-noyabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Харобага айланган сарой: Карманадаги Мирзачорбоғ эътибордан четда қолмоқда“. Bugun.uz. Qaraldi: 2022-yil 3-may.
  4. 4,0 4,1 „В Узбекистане открыли исторический памятник пропагандисту учения Накшбанди“. ИА Regnum (2008-yil 14-dekabr). Qaraldi: 3-sentabr 2022-yil.
  5. 5,0 5,1 „OzodDayjest: “Ўзбекнефтгаз” тизимида “мисли кўрилмаган” талон-торож кузатилаётгани айтилмоқда“. Ozodlik (2021-yil 29-avgust). Qaraldi: 3-sentabr 2022-yil.
  6. Yillar sadosi 1995, s. 23–24.
  7. 7,0 7,1 Yillar sadosi 1995, s. 24.
  8. „Резиденция бухарского эмира в Кармане“ (ruscha). uzbloknot.com. Узбекистан: блокнот исследователя (2020-yil 16-noyabr). Qaraldi: 3-sentabr 2022-yil.
  9. „O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Navoiy viloyati Navoiy shahri tarkibida Karmana tumanini tashkil etish to'g'risida (PF-2323)“. lex.uz. LexUZ on-line (1999-yil 27-may). — „— Navoiy viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi bilan birgalikda homiylar va byudjet mablagʻlarini jalb etgan holda Mirsaid Bahrom maqbarasi, Hazrat Qosim Shayx maqbarasi majmui, Shayx Xoʻja Husrav maqbarasi, Mirza-chorbogʻ yodgorliklarini qayta taʼmirlash dasturini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.“. Qaraldi: 3-sentabr 2022-yil.
  10. „№ ЛОТА №3136369“ (ruscha). dxarid.uzex.uz. O'zbekiston Respublikasi tovar xom-ashyo birjasi (2020-yil 13-may). Qaraldi: 3-sentabr 2022-yil.
  11. 11,0 11,1 „ҚУЛАЁТГАН САРОЙ ёхуд олтин васвасасида олиб кетилган Амир тахти ва талон-торож қилинаётган тарихий мерос“. Hidoyat.uz. Qaraldi: 2019-yil 23-iyul.