Foydalanuvchi:Komilkhuja/qumloq1

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Afsonalar vodiysi bogʻi — Namangan shahrida joylashgan tematik bogʻ, 2019-yilda ochilgan[1][2]. Afsonalar vodiysi bogʻi Namangan shahridagi sobiq Mashrab bogʻi oʻrnida barpo etilgan[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Afsonalar vodiysi bogʻi „Namangan-Istiqlol bogʻi MChJ“[lower-alpha 1] tomonidan Namangan shahridagi sobiq Mashrab bogʻi oʻrnida 155 gektar maydonda 2018-yilda qurilish ishlari boshlangan boʻlib[3], Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yildagi Namangan viloyatiga tashrifi vaqtida bogʻning loyihasi bilan yaqindan tanishgan[4]. Bogʻning nomlanishi ham ushbu tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev tomonidan „Afsonalar vodiysi“ deb nom berishni taklif qildi[4][5][6].

Bogʻ loyihasining umumiy qiymati 123 mln dollarga teng boʻlib, bundan 102 mln dollari taʼsischi tomonidan ajratildi[7]. 2019-yilga kelib, bogʻning bir qismi foydalanishga topshirildi.

Bogʻ inshootlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akvapark[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bogʻ hududida 10 ta xizmat va 5 ta texnik binolar, 16 ta basseyn va 7 ta turli suv attraksionlaridan iborat yopiq va ochiq akvapark mavjud[2][8].

Yusufxon oʻgʻli Qosimxon jome masjidi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yusufxon oʻgʻli Qosimxon jome masjidi 2024-yil

Afsonalar vodiysi bogʻining yana bir diqqatga sazovor inshootlaridan biri boʻlgan Yusufxon oʻgʻli Qosimxon jome masjidi bir vaqtning oʻzida 15 ming namozxon ibodat qilishi mumkin. Masjid 2021-yilda „DOME+Partners“ turk loyihalash kompaniyasi tomonidan qurib, foydalanishga topshirilgan[9][10].

Tomosha charxpalagi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Afsonalar vodiysi bog‘idagi tomosha charxpalagi. Balandligi 92 m bo‘lib, 2024-yilda foydalanishga topshirilgan.

2024-yilda ishga tushirilgan tomosha charxpalagi balandligi 92 metrga teng bo‘lgan, O‘zbekistondagi eng katta charxpalak hisoblanadi. 54 ta kabinaga ega bo‘lgan mazkur charxpalak bir vaqtning o‘zida 216 kishiga xizmat ko‘rsata oladi[11].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "NAMANGAN-ISTIQLOL BOGʻI" MChJ orginfo.uz

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]