Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:LadyDiyora/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Holi – bu ranglar, sevgi va bahor festivali sifatida nishonlanadigan mashhur va muhim hind festivali. U Radha va Krishna xudolarining abadiy va ilohiy sevgisi sharafiga nishonlanadi[1][2][3]. Bundan tashqari, bu kun yaxshilikning yovuzlik ustidan gʻalaba qozonishini bildiradi, chunki u Vishnuning Narasimha sifatida Xiranyakashipu ustidan qozongan gʻalabasini xotirlaydi[4][5]. Xoli bayrami Hindiston va Nepalning Hindiston yarimorolida paydo boʻlgan va asosan shu xududlarda nishonlanadi, keyinchalik Osiyoning boshqa mintaqalariga va Gʻarbiy dunyoning baʼzi qismlariga ham tarqaldi. Shuningdek, Holi bayrami Hindiston va Nepalda sevgi fasli bahorning kelishi va qishning tugashini nishonlaydi[6][7]. Bayramni nishonlash orqali bahorgi hosillarini moʻl-koʻl boʻlishiga umid qilishadi. Holi bayramining noishonlash sanasi Grigoriy taqvimida mart oyining oʻrtalariga toʻgʻri keladigan hind taqvimidagi Phalguna oyiga toʻgʻri keladigan Purnima (toʻlin oy kuni) oqshomidan boshlab, bir kecha va bir kun davom etadi.

Holi hindularning muqaddas qadimiy anʼanasi boʻlib, Hindiston va Nepalning koʻplab shtatlarida boshqa mamlakatlarda mintaqaviy bayramlar bilan nishonlanadi. Bu hindularga ham, hindu boʻlmaganlarga ham bir-birlariga rangli suv va kukun otish orqali boshqa odamlar bilan quvnoq hazillashish imkoniyatini beradigan madaniy bayramdir. Hindiston yarim orolida ham keng tarqalgan. Holi qishning oxirida, hind oy-quyosh taqvimi oyining oxirgi toʻlin oy kunida nishonlanadi, bu sana bahorni belgilab, oy taqvimiga qarab oʻzgaradi. Sana odatda mart oyiga toʻgʻri keladi, lekin baʼzan Grigorian kalendarining fevral oyi oxiriga toʻgʻri keladi[8][9].


  1. „What is Holi?“ (ingliz). bbc.co.uk. Qaraldi: 5-avgust 2024-yil.
  2. „the Life of Hinduism“ (ingliz). books.google.co.uz. Qaraldi: 5-avgust 2024-yil.
  3. „holi festival celebrates the eternal and divine love of Radha and Krishna“ (ingliz). books.google.co.uz. Qaraldi: 5-avgust 2024-yil.
  4. David.N.Lorenzen. „Praises to a Formless God“ (ingliz). Qaraldi: 5-avgust 2024-yil.
  5. „Images of the Gods“ (ingliz). books.google.co.uz. Qaraldi: 5-avgust 2024-yil.
  6. „The International Standart Book Number(ISBN)“ (ingliz). Book sources. Qaraldi: 5-avgust 2024-yil.
  7. Wendy Doniger. „Encyclopedia of World Religions“ (ingliz).
  8. Javier A. Galván, PhD, is professor of Spanish and history at Santa Ana College. „They Do What? A Cultural Encyclopedia of Extraordinary and Exotic Customs from around the World: A Cultural Encyclopedia of Extraordinary and Exotic Customs from around the World“. books.google.co.uz. Qaraldi: 5-avgust 2024-yil.
  9. J. Gordon Melton is director of the Institute for the Study of American Religion. „Religions of the World: A Comprehensive Encyclopedia of Beliefs and Practices, 2nd Edition [6 volumes“] (ingliz). books.google.co.uz. Qaraldi: 5-avgust 2024-yil.