Foydalanuvchi:Maftunam1202/Galgochi
Qiyofa
Galgochi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Galgochi – “galagovchi” atamasining fonetik transformatsiyaga
uchragan koʻrinishi. Buxoro amirligi devonxonasi hujjatlarida
“galgochi” (گلگاچی) tarzida uchraydi. Ma’nosi “sigirlar toʻdasi”.
Bugʻdoy yanchishda bir-biriga matashtirilgan, ya’ni boʻynidan ip
oʻtkazib bogʻlangan hayvonlar toʻdasiga “galagov” deyilgan. Bu
turdagi mehnat jarayoni mahalliy aholi tilida “hoʻp” deb ataladi.
“Hoʻp”da eshaklardan koʻp foydalanilgan. Qishloq xoʻjaligi texnikasi
takomillashgandan soʻng, bunday mehnat tadbiri texnika vositasida
amalga oshiriladigan boʻldi. Hozirda unut boʻlib ketgan.
Manbalar:
Halim To`rayev: "Buxoro toponimikasi" Buxoro-2021