Foydalanuvchi:Maftunam1202/Qiyoton
Qiyofa
Qiyoton
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qiyoton - etnotoponim. “Qiyotlar” degan ma’noga ega. Oʻgʻuzlar tarkibidagi qadimgi turkiy qabilalardan biri. VIII-X asrlarda Dashti Qipchoqda yashab koʻchmanchi chorvadorlik bilan shugʻullanganlar. XI asrga kelib oʻgʻuzlar davlati yemirilgach, qiyotlar boʻlinib ketadi. Bir qismi Turmaniston, ikkinchi qismi Bolqon yarim oroli tomon siljiydi. Dashti Qipchoqda qolgan qismi keyinchalik oʻzbek, qozoq, qoraqalpoq xalqlari tarkibiga singib ketadi. Qashqadaryo, Xorazm, Buxoro vohasida oʻrnashib olgan qiyotlar oʻtroq hayotga oʻtib, dehqonchilik bilan mashgʻul boʻlganlar.
Manbalar:
Halim To`rayev "Buxoro toponimikasi" Buxoro-2021