Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Maftunam1202/Qorliq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qorliq – etnotoponim. Oʻgʻuz boʻgʻinidagi qarluq qabilasining  nomidan olingan. Abulgʻozixonning yozishicha, Oʻgʻuzxon  navbatdagi yurishga otlanib, hech kimning qoʻshindan orqada  qolmasligi toʻgʻrisida farmon berdi. Iliq shamollar esib bahor  boshlandi. Oʻgʻuzxon askarlarni sanab chiqqanda, bir necha kishining  qoʻshin tarkibida yoʻqligi ma’lum boʻldi. Lekin ularning kimligini  hech kim aytib bera olmadi. Bir necha kundan soʻng oʻsha kishilar  Oʻgʻuzxon oldiga kelib, qoʻshin ortidan ketayotganda qalin qor yogʻib  togʻlarda qolib ketishganini, ot va tuyalari oʻlib ketganini, bahor kelib,  havolar isiy boshlagach, qoʻshinga yetib olishganini aytishdi. Shunda  Oʻgʻuzxon bu kishilarni va ularning avlodlarini qorliq deb atashga  buyruq berdi.

Manbalar:

Halim To`rayev "Buxoro toponimikasi" Buxoro-2021