Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Maftunam1202/Usturshona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sug‘dning sharqiy tomonida joylashgan ilk o‘rta asrlardagi tarixiy viloyat. Ushbu viloyatning g‘arbiy qismini Uzbekistonning Jizzax va Sirdaryo viloyatlari tashkil etadi. Uning sharqiy qismi esa, Tojikistonning Sug‘d viloyati hududlariga to‘g‘ri keladi. Ilk o‘rta asrlarda Ustrushona viloyati 18 ta tuman (rustak)dan

tashkil topgan bo‘lib, ular tepasida turgan hukmdorlar afshinlar deb atalgan. Dastlab Ustrushona nomi ilk o‘rta asr Xitoy manbalarida

uchraydi. Bunga ko‘ra Ustrushona IV-V asrlardayoq mustaqil hokimlik sifatida tilga olinadi.  Arab geograflarining xabarlariga qaraganda, Ustrushonaning bosh shahri Bunjikat (hozirgi Shahriston) bo‘lgan. Ustrushona dastlab  eftaliylar, so‘ngra VI asrning ikkinchi yarmidan Turk hoqonligi tasarrufiga kiritilgan.