Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Mamajonova Sarvinoz/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nurali Bobomurodov (1978-yil 17-fevral, Surxondaryo, O'zbekiston SSR) - iqtidorli musavvir. 1992-yili "Ona Hindiston" turkum asarlari uchun Jawaharlal Nehru nomidagi stipendiyaga sazovor boʼlgan.

Nurali Bobomurodov 1991-yili bolalar badiiy ijodiyoti respublika markazida oʼtkazilgan "Hindiston - Ekvador - Oʼzbekiston" bolalar ijodiy koʼrgazma-tanlovida "Ona Hindiston" triptixi bilan qatnashgan. Mazkur asari uchun u 1992-yili Hindiston hukumatining Jawaharlal Nehru nomidagi stipendiyasini olishga muvaffaq boʼlgan. Shu bilan birga uning turkum asarlari Hindistonning "Hindiston" jurnali sahifalarida eʼlon qilingan.

Yosh musavvir 1991-yil Volgograd (Rossiya) shahrida oʼtkazilgan VIII xalqaro koʼrgazma tanlovda qatnashib, akvarelda ishlagan turkum asarlari uchun diplom va maxsus sovrinni qoʼlga kiritgan.

Nuralining asarlarida ona-Vatanimizning betakror chiroyi, bunyodkor zamondoshlarimiz qiyofasi oʼz ifodasini topgan. [1]

  1. „XXI asr--istiqbolimiz timsollari“.