Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Marbax94

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

1 — BOB. Birinchi psixologik yordam — NIMA ?

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi psixologik yordam nima (BPYO)?

[tahrir | manbasini tahrirlash]

JSST rahbar qoidalariga binoan BPYO — bu azob chekayotgan va muhtojlikni sezayotgan yaqin insonlarga amaliy yordam ko‘rsatish va umuminsoniy qo‘llab-quvvatlash choralari majmuidir . BPYO quyidagi sohalarni o‘z ichiga oladi: • majburlamagan holda amaliy yordam ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash; • ehtiyojlar va muammolarni baholash; • dolzarb bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishda yordam berish (masalan, ovqat, suv, maʼlumot); • insonlarni gapirishga majburlamagan holda tinglashni bilish; • insonni tinchlanishiga yordam berish va yupatishni bilish; • maʼlumot olishda, tegishli xizmatlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatuvchi tizimlar bilan aloqa o‘rnatishda yordam berish; • keyingi zararli holatlardan himoya qilish.

• Bu faqat mutaxassislar ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yordam emas; • Bu professional maslahat berish emas; • Bu jabrlanganga u bilan nima sodir bo‘lganini, aniq xronologiyasini va hodisaning mazmunini tahlil qilib ko‘rishini iltimos qilish emas; • BPYO insonlarni o‘z hissiyotlarini va hodisalarga munosabatlarini aytib berishlariga majburlamagan holda tinglashga chorlaydi, chunki bunday yordam professional psixologik maslahat bo‘lib, uni faqat professional o‘qitilgan mutaxassislar ko‘rsata olishi mumkin.

1.2. BPYO kimlarga zarur?

[tahrir | manbasini tahrirlash]
   BPYO hozir boshidan kechirayotgan yoki amaldagi og‘ir inqirozli hodisa oqibatida distress holatidagi insonlarga mo‘ljallangandir. Bunday yordam kattalarga va shuningdek bolalarga ham ko‘rsatiladi. Biroq, inqirozli hodisani boshidan kechirgan har qanday inson BPYOga muhtoj bo‘lmaydi va uni olishga shoshilmaydi.

Distress — bu stressning salbiy turi bo‘lib, organizmning umumiy psixofiziologik holatiga taʼsir ko‘satadi. • Siz o‘z imkoniyatlaringizni bilgan holda boshqalarni yordamga jalb qilishingiz mumkin: tibbiyot mutaxassislarini (agar ular yoningizda bo‘lsa), hodisa sodir bo‘lgan joyda siz bilan birga bo‘lgan hamkasblaringiz yoki boshqa insonlarni, o‘z-o‘zini boshqarish organlarini yoki diniy va jamoatchilik tashkilotlari liderlarini. • Siz BPYOni distress holatidagi insonlar bilan birinchi marta aloqaga kirayotgan vaqtingizda ko‘rsatishingiz mumkin. Odatda bu — hodisa sodir bo‘lgan vaqtda yoki sodir bo‘lishi bilan darhol ro‘y beradi, lekin baʼzan — hodisa qancha vaqt davom etgan va u qanchalik shikast yetkazganligidan kelib chiqib bir necha kun yoki haftadan keyin sodir bo‘ladi. • Insonlarga BPYOni ko‘rsatish qoida sifatida turli xil favqulotda vaziyatlarda yoki xayotiy vaziyatlarda, masalan tabiiy ofatlarda (toshqinlar, zilzila, bo‘ronlar va b.q.), harbiy harakatlar, texnogen ofatlar, baxtsiz hodisalar, emigratsiya va boshqalarga zarurdir.

    Turli hodisalarda qoida sifatida BPYO jabrlanganlarga foydali va zarur bo‘ladi, biroq, shunday insonlar toifalari borki, ularga shifokorlarni, qutqaruv xizmatlarini yoki boshqa professionallarni tez yordamlari kerak bo‘ladi.

BOSHQA MUTAXASSISLARNING ZUDLIK BILAN KO‘RSATILADIGAN JIDDIY YORDAMLARIGA MUHTOJ INSONLAR: • o shoshilinch tibbiy yordamni talab qiladigan og‘ir, hayot uchun xavfli jarohatlar bilan; o o‘zlariga yoki farzadlariga g‘amxo‘rlik qilishga imkon bermaydigan qiyin ruhiy holatdagi; o o‘ziga zarar yetkazishi mumkin bo‘lganlar; o boshqalarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lganlar.

BPYO KO‘RSATISHNING AHLOQIY TAMOYILLARI

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Hafvsizlik: 

• Insonlarni keyinchalik shikast yetkazish xavfini tug‘diradigan harakatlardan saqlaning. • Siz yordam berayotgan kattalar va bolalarning xavfsizligini taʼminlash uchun, ularning jismoniy va psixologik shikastlanishlaridan himoya qilish uchun bor kuchingizni ayamang Qadr-qimmat: • Insonlarga ularning madaniy va ijtimoiy meʼyorlariga xos tarzda va hurmat bilan muomala qiling. Huquqlar: • Yordam teng huquqlilik asosida va kamsitishlarsiz ko‘rsatilayotganiga ishonch hosil qiling. • Insonlarga o‘z huquqlarini talab qilishlariga va lozim darajada qo‘llab-quvvatlanishlariga yordam bering. • Siz yordam berayotgan har bir jabrlanuvchining eng yaxshi manfaatlaridan kelib chiqib harakat qiling.

Bolalarga BPYO ko‘rsatilishining tamoyillari: 1. Bolalar o‘z ota-onalari, oilalar yoki vasiylari bilan bo‘lishlari lozim. 2.Bolalarni oilalaridan ajralishlarini barataf etish. 3. Bolalar ota-onalari bilan birlashishlarini taʼminlash. 4.Bolalarga g‘amxo‘rlik ilishning muqobil shakllari tashkil etilishiga hissa qo‘shish. LOZIM: • Ishonchga loyiq va samimiy bo‘lish. • Insonlarni o‘zlari qaror qabul qilishlarini hurmat qilish. • O‘z xolislik fikr va xurofotlarni tushunib yetish va rad etish. • Insonlarga agar ular xozir yordamni rad etgan taqdirda ham, keyinchalik ushbu yordam olishga murojaat etishlari mumkinligini aniq tushuntirish kerak. • Maxfiylikka rioya etish va shaxsdan olingan shaxsiy maʼlumotlarni asossiz tarqalishini oldini oling. • Jabrlanuvchilarning madaniy xususiyatlarini, yoshlarini va jinslarini hisobga olgan holda o‘zni tutish MUMKIN EMAS: • Yordam ko‘rsatayotgan inson sifatida o‘z mavqeini su’istemol qilish • Insonlardan yordam ko‘rsatayotganlik uchun pul yoki xizmatlar so‘rash. • Yolg‘on vaʼdalar berish yoki ishonchsiz maʼlumotlarni berish. • O‘z bilim va ko‘nikmalarni ko‘pirtirish. • Yordam berishni taklif etish, o‘zini bezovta qiluvchi va marosimsiz tutish. • Insonlarni ular bilan sodir bo‘lganlar xaqida aytib berishlariga undash. • Olingan shaxsiy maʼlumotlarni tarqatish. • Insonlarni kechinmalarga va amallariga to‘g‘ri baho berish.

2 — BOB. STRYeSS NIMA

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu bobni o‘qib chiqib, siz bilib olasiz: • Stress - nima • Distressning reaksiyalari va belgilari • Distress holatidagi insonlar bilan qanday muloqot qilish mumkin? • BPYO ko‘rsatishga tayyorgarlik

Stress - nima?

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stress - organizmning o‘ziga xos bo‘lmagan (g‘ayritabiiy) holati yoki unga taʼsir qiluvchi turli xil salbiy omillarga (stress omillariga) reaksiyasi. Stress omillari bilan to‘qnashganda organizmda odamlarga nisbatan har xil taʼsir ko‘rsatadigan biokimyoviy reaksiyalar paydo bo‘ladi. Stress organizmga ijobiy yoki salbiy taʼsir qilishi mumkin. Buning uchun eustress (ijobiy yoki yaxshi stress) va distressni (salbiy, yomon stress) farqlaydilar. Eustressda organizmning funksional zahirasi oshadi, stress omiliga moslashadi va stressni o‘zi tugatiladi. Distressda organizmning himoya qiluvchi kuchlari zaiflashadi, bu esa moslashuv mexanizmlarini to‘xtalishiga va turli kassaliklarni rivojlanishiga olib keladi. Boshqacha aytganda, distress — bu inson o‘zi yashayotgan olamiga moslashish ko‘nikmasini yo‘qotganlik holatidir. Favqulotda hodisalar holatida distress inson hulq-atvorining tartibsizligi ko‘rinishida kutilmagan „halokatli“ (odatda xayotiga yoki asosiy qadriyatlarga xavf soluvchi) hodisada (masalan, sil-sila vaqtida, kutilmagan bosqinchilikda, yaqinlarini yo‘qotishda) namoyon bo‘ladi. Distressning quyidagi surunkali reaksiyalari farqlanadi: yig‘i, isteriksimon reaksiya, tajavuzkor reaksiya, befarqlik. Ko‘rsatilgan reaksiyalar — bu sodir bo‘lgan hodisalarda psixikaning fiziologik taʼsirining natijasidir, u insonning shaxsiyatini aks ettirmaydi!

Distressning reaksiyalari va belgilari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoʻgʻi Belgilari: • yig‘lamoqda yoki yig‘lashga tayyor; • lablar titramoqda; • tushkunlik inson hissi kuzatilmoqda. • Yig‘i — bu insonga qiyin inqirozli holatda to‘lib toshayotgan his-tuyg‘ularini namoyon qilishiga imkon beruvchi reaksiyadir Ushbu reaksiyani bo‘lishiga qo‘yib berish lozim. ISTYeRIKSIMON RYeAKSIYA (ISTYeRIKA) Belgilari: • ortiqcha hayajon; • harakatlarning ko‘pligi, teatrlashgan pozalar; • his-tuyg‘uga boy, tezkor nutq; • baqirishlar, qattiq yig‘lash. QOʻRQUV Belgilari: • muskullarni taranglashishi (ayniqsa yuz muskullari); • yurakning kuchli urishi; • tez sayoz nafas olish; • o‘z hatti-harakatini nazorat qilishning kamayishi. • Qo‘rquv - bu o‘z o‘zini himoya qilish birlamchi instiktining namoyon bo‘lishi. U bizni tavakkal xavfli amallardan saqlaydi. Qo‘rquv insonni o‘ylash va harakat qilish ko‘nikmalaridan mahrum qilish darajasida kuchli bo‘lishi mumkin.Baʼzida qo‘rquv vahimaga aylanishi mumkin. Vahimali qo‘rquv, dahshat qochishga, uyqusizlikka va tajavvuzkor harakatlarga olib kelishi mumkin. Inson qo‘rquv holatida qandaydir xavfli predmetlarni tortib olishi mumkin, ekstremal holatda o‘zini qutqarishdan mahrum qilib xavfli bo‘lgan joylarga chiqib olishi mumkin. Bunda u o‘z harakatlarini nazorat qilishi yomonlashadi, va atrofda sodir bo‘layotganlar jabrlanuvchining o‘zi va atrofdalilar uchun xavfli ekanligini tushunib yetmaydi. Vahimani emotsional yuqtirish ehtimoli katta.

AGRYeSSIV RYeAKSIYA

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Belgilari: • hayajonlashish; • jazavaga tushish, norozilik, jahl (har bir, hattoki arzimagan sabablarda); • yuqori muskulli taranglashish; • atrofdagilarga qo‘l yoki qandaydir predmetlar bilan musht tushirish; • so‘zlar bilan xaqoratlash, haqorat.

BYeFARQLIK Belgilari: • yengib bo‘lmaydigan charchoq, bunda har qanday harakat va aytiladigan so‘z qiyinchilik bilan amalga oshiriladi; • sodir bo‘layotganlarga befarqlik; • har qanday hissiy namoyondalarning yo‘qligi; • sustlik; • nutq tezligining pasayishi, yoki umuman yo‘qligi.

Distress holatidagi insonlar bilan qanday muloqot qilish mumkin? Distress holatidagi insonlar bilan qanday muloqot qilish mumkin? • Tinchlikni saqlagan va eʼtibor ko‘rsatgan holda siz, stressni boshidan o‘tkazgan insonlarga o‘zlarini xavfsiz sezishlari, ularni himoya qilishayotganligini, tushunishayotganligini, hurmat qilishlarini va kerakli darajada g‘amxurlik ko‘rsatayotganliklarini his etishlariga yordam berasiz. • Stress holatini boshidan kechirgan insonlar, balki, sizlarga ular bilan nima sodir bo‘lganini aytib berishni hohlaydilar. • Kimningdir hikoyasini tinglash bu — allaqachon katta qo‘llab quvvatlashdir. • Biroq, insonlarni kechinmalarini aytib berishlariga majburlamaslik muhim. Baʼzi insonlar nima sodir bo‘lganini, yoki shaxsiy holatlarni aytib berishni hoxlamaydilar. Bu holatda ularga gapirmasdan bo‘lsa ham lekin yonlarida bo‘liishingiz muhim bo‘lishi mumkin. Ularga gapirib berishni hoxlasalar shu yon atrofda bo‘lishingizni ayting, yoki ularga amaliy yordam ko‘rsating, masalan yemak, yoki bir stakan suv. • Juda ko‘p gapirmang, ularga sukunatda bo‘lishlariga imkon bering. • Insonga ozgina sukunat holatida bo‘lish imkoniyati, nafasini rostlab olishiga va agar hoxlasa sizga aytib berishiga turtki bo‘lishi mumkin. AYTISH VA BAJARISH LOZIM: • Suhbat uchun sizni hech kim chalg‘itmaydigan joyni topishga harakat qiling. • Maxfiylikni hurmat qiling va imkon qadar sizga aytilgan shaxsiy maʼlumotlarni tarqatmang. • Insonni yonida bo‘ling, lekin uning yoshiga, jinsiga va madaniyatiga rioya qilgan holda ijtimoiy oraliqni saqlang. • Shaxsiy chegarani saqlang va tana kontaktidan o‘zingizni tiying (qo‘lni ushlash, quchoqlash, yelkasidan silash va b.q.) • Gapirayotgan insonni diqqatlik bilan tinglayotganligingizni o‘z ko‘rinishingiz bilan, masalan, boshingizni qimirlatib yoki qisqa taʼkidlovchi so‘zlarni aytib ko‘rsatishingiz mumkin. • Chidamli va sokin bo‘ling. • Aniq dalillarga asoslangan maʼlumotlarni bering, agar ular sizda bo‘lsa. • Nima bilsangiz to‘g‘risini gapiring, bilmagan taqdiringizda: „Men bilmayman, lekin siz uchun aniqlashga harakat qilaman“ deb ayting • Insonlar sizga o‘z hissiyotlarini, kechinmalarini, yo‘qotishlarini yoki muhim hodislalarni (uylarini yo‘qotish, yaqin insonining o‘limi va b.q.) gapirayotganlarida birgalikda qayg‘urayotganingizni ko‘rsating: „Qanday baxtsizlik! Sizga qanchalik og‘irligini men tushunaman“. • Maʼlumotlarni — oddiy so‘zlar bilan tushunish oson bo‘ladigan qilib taqdim eting. • Jabrlanuvchining qiyin holatdan chiqib ketishda mustaqil harakatlarini taʼkidlang. • Sukut saqlashga imkoniyat bering.

GAPIRISH VA QILISH MUMKIN EMAS: • Insonga u bilan nima sodir bo‘lganini aytib berishiga majburlamang. • Suhbatdoshingizni gapini bo‘lmang va shoshiltirmang (masalan, soatingizga qaramang va juda tez gapirmang). • Insonga uning ijtimoiy muhitida teginish mumkin ekanligiga ishonch hosil qilmasdan turib teginmang. • Insonga u nima qilganligiga yoki nima qilmaganligiga, yoki uning his-tuyg‘ulariga baho bermang. • „Siz o‘zingizni bunday his qilmasligingiz kerak“ yoki „Siz tirik qolganingizga xursand bo‘lishingiz kerak“ deb aytmang. • O‘zingiz bilmaganlarni o‘ylab topmang. • Juda maxsus bo‘lgan terminlarni ishlatmang. • Yolg‘on vaʼdalarni yoki kafolatlarni bermang. • Suhbatdoshingizga boshqalardan eshitgan shaxsiy hikoyalarni so‘zlab bermang. • O‘zingizning shaxsiy qiyinchiliklaringizni aytmang. • Xuddi o‘zgalar uchun muammolarni yechish kerak db o‘ylamang va harakat qilmang. • Insonni o‘z kuchiga ishonchidan va o‘zi haqida g‘amxo‘rlik qilish qobiliyatidan mahrum qilmang. • Salbiy epitetlarni qo‘llagan holda odamlar xaqida gapirmang (masalan, ularni „aqldan ozganlar“ yoki „jinnilar“ deb nomlamang). • Surat va videoga olish, va ularni ijtimoiy tarmoqlarga joylash qatʼiyan man etiladi. • Xuddi o‘zgalar uchun muammolarni yechish kerak db o‘ylamang va harakat qilmang. • Insonni o‘z kuchiga ishonchidan va o‘zi haqida g‘amxo‘rlik qilish qobiliyatidan mahrum qilmang. • Salbiy epitetlarni qo‘llagan holda odamlar xaqida gapirmang (masalan, ularni „aqldan ozganlar“ yoki „jinnilar“ deb nomlamang). • Surat va videoga olish, va ularni ijtimoiy tarmoqlarga joylash qatʼiyan man etiladi.

== BPYO ko‘rsatishga tayyorgarlik ==

Maʼlumotga ega bo‘ling: • Oldindan bilib oling, hodisa qayerda, qachon va nima bo‘lgan? Sodir bo‘lgan hodisaning oqibatlari qanday? Jabrlanganlar bormi va ularning soni qancha?

Mumkin bo‘lgan yordam: • Insonlar tibbiy yoki boshqa zudlik bilan ko‘rsatiladigan yordamni qardan olishlari mumkinligi xaqida bilib oling. Hodisa va amaldagi holat bo‘yicha maʼlumotlarni qay darajada bilishingiz o‘zingizga ishonch hosil qilishingizga va malakali yordam berishingizga sabab bo‘ladi.

BPYOni zudlik bilan ko‘rsatish tamoyillari Ushbu bobni o‘qib chiqib, siz bilib olasiz: • Birinchi psixologik yordamning zudlik bilan ko‘rsatishning uch asosiy tamoyili: • Ko‘rish • Tinglash • Yo‘naltirish • Insonga stressga nisbatan o‘tkir reaksiya holatida qanday yordam ko‘rsatish kerak • Stressni yengib o‘tishda choralar

3.1. BPYOni zudlik bilan ko‘rsatish tamoyillari Birinchi psixologik yordamning zudlik bilan ko‘rsatishning uch asosiy tamoyili - ko‘rish, tinglash va yo‘naltirish. Bu tamoyillar sizga inqirozli vaziyatni to‘g‘ri baholash va fojia joyida o‘z xavfsizligingizni taʼminlashga, jabrlanuvchilarga yondashuv topishga, ularga nima zarurligini tushunishga va ularni amaliy yordam va maʼlumot olishlari mumkin bo‘lgan joyga yo‘naltirishga yordam beradi. Ko‘rish • o Xavfsizlik imkoniyatlarini tekshiring o Atrofda xaqiqatda ham birlamchi xayotiy ehtiyojlarini qondirishga muhtoj insonlar borligini aniqlang. o Atrofda og‘ir distress holatidagi insonlar borligini aniqlang. Tinglash • o Yordamga muhtoj bo‘lishi mumkin bo‘lgan insonlarga yuzlaning. o Ular nima muhtoj ekanliklarini va nima tashvishga solayotganini aniqlang. o Ularni tinglang va tinchlantirishga harakat qiling. Yo‘naltirish • Insonlarga birlamchi ehtiyojlarini qondirishlariga va kerakli yordamni olishlariga yordam bering. • Maʼlumotni taqdim eting. • Yaqinlari va ijtimoiy yordam xizmatlari bilan bog‘lanishlariga yordam bering.

Insonlar inqirozli hodisalarga turlicha munosabat bildiradilar. Quyida stress vaziyatlardagi reaksiyalarning bir necha misollari ko‘rsatilgan. • Jismoniy simptomlar (masalan, titrash, bosh og‘rig‘i, tez paydo bulgan zaiflik, ishtaha yo‘qolishi, turli xil og‘riqli hislar) • Yig‘i, qayg‘u, kayfiyatni tushib ketishi, siqilish. • Tashvish, qo‘rquv. • Kuchlanish va asabiylashish. • Yomon narsa yuz beradi degan notinch o‘ylar. • Uyqusizlik, yomon tushlar. • Jizzakilik, jahl, agressiya. • Aybdorlik hissi, uyalish (masalan, tirik qolganliklari uchun, yoki boshqalarni qutqara olmasliklari yoki yordam bera olmasliklari uchun). • Holatda yo‘nalishni yo‘qotish, ruhiy hissizlik, sodir bo‘layotganlarning norealligi, yoki „tuman ichida“ bo‘lish hissi. • Yopiqlilik yoki harakatsizlik. • Boshqa insonlarga nisbatan reaksiya yo‘qligi, so‘zlashishdan bosh tortish. • Dezoriyentatsiya (masalan, inson kim ekanligi, kayerdanligi, yoki nima sodir bo‘lganligini ayta olmaydi) • O‘zi va o‘z farzandlariga g‘amxo‘rlik qila olmaslik (masalan, ovqatdan va suvdan bosh tortish, oddiy qarorlar qabul qila olmaslik) • Baʼzi insonlar yengil distress his qiladilar, yoki salbiy psixik reaksiyalarni ko‘rsatmaydilar. Ko‘pgina insonlar vaqt o‘tishi bilan muvaffaqiyatli tiklanadilar, ayniqsa, masalan o‘zlarining birlamchi ehtiyojlarini qondiririshlari uchun atrofdagilardan yordam va/ yoki BPYO olsalar. Biroq, og‘ir va uzoq davom etuvchi distress holatidagi insonlarga jiddiy yordam talab etiladi, ayniqsa, ular har kungi uy yumushlarini qila olmasalar yoki o‘zlari va atrofdagilar uchun xafv tug‘dirsalar. Og‘ir distress holatidagi insonlarni yolg‘iz qoldirmanglar, va ularning holatlari yaxshilamanguniga qadar yoki tibbiyot xodimlari, rahbarlar yoki joydagi jamoat vakillaridan yordam olmaguningizga qadar xavfsizligini taʼminlashga harakat qilinglar. Bundan tashqari, jabrlanganlar orasida alohida g‘amxo‘rlik va himoyaga muhtojlarni izlanglar. Inqirozli vaziyatda kimlar ko‘prov eʼtiborga muhtoj bo‘lishi mumkin: • Bolalar, shuningdek o‘smirlar, ayniqsa ular ota-ona yoki vasiylaridan ajratilgan bo‘lsalar, zo‘ravonlik va ekspluatatsiyadan himoya qilinishga muhtoj bo‘ladilar. Ularga shuningdek, asosiy hayotiy ehtiyojlarini qondirishlarida ko‘p hollarda atrofidagilarining g‘amxo‘rliklari kerak bo‘ladi. • Sog‘lig‘ida buzilishlari yoki jismoniy va psixik ehtiyojlari bor insonlar xavfsiz joyga borib olishlarida, zo‘ravonlikdan himoyalanishda, tibbiy yordam va boshqa xizmatlar olishda maxsus yordamga muhtoj bo‘ladilar. Bu guruhga qariyalar, xomilador ayollar, aqliy, ko‘rish va eshitishida buzilishlarga ega insonlar kiradi. • Inqirozli vaziyatda kamsitilishga va zo‘ravonlikka uchraydigan insonlar, masalan, ayollar yoki aniq etnik guruh vakillari ko‘p hollarda maxsus himoyaga va mavjud yordamlarni olishda qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘ladilar. Tinglash Insonlarni qanday vaziyatga tushib qolganliklarini tushunish, ularning ehtiyojlarini, ularni tinchlanishlariga va ularga yordam berish uchun ularni tinglashni bilish lozim. Siz inson bilan suhbatlashayotganizda tinglang: • diqqat bilan eʼtibor qilayotganingizni ko‘rsatgan holda — ko‘zingiz bilan; • insonni aniq nima tashvishga solayotganligini chindan ham tushunish uchun — qulog‘ingiz bilan; • hamdardlik va hurmat ko‘rsatish uchun - yurak bilan. Yordam kerak bo‘lgan insonlarga murojaat qiling. Insonlarga hurmat bilan va ularning madaniyatlariga xos tarzda muomala qiling. • O‘zingizni tanishtiring: ismingizni va tashkilotingiz nomini ayting. • Qanday yordam ko‘rsatishgizni so‘rang. • Imkon qadar, suhbat uchun qulay va tinch joy toping. • Oddiy qulay vaziyat tashkil qiling: suv va boshqa narsalarni bering. • Insonni, unga to‘g‘ridan to‘g‘ri xavf solayotgan joydan olib chiqing, agar bu ishni xavfsiz qilish mumkin bo‘lsa. • Jabrlanuvchini uning shaxsiy xayotga va qadr-qimmatga bo‘lgan huquqini himoya qilgan holda muxbirlar eʼtiboridan cheklashga harakat qiling. • Agar inson tushkun holatda bo‘lsa, uni yolg‘iz qoldirmaslikka harakat qiling. 2. Insonlar nimaga muhtojliklarini va ularni nima tashvishga solayotganini so‘rang. • Bir xil ehtiyojlar shundog‘am ko‘rinib turishi mumkin, masalan, insonni kiyimi yirtilgan bo‘lsa unga yoping‘ich berish lozim. Shunday bo‘lsada, har doim inosnlarga nima kerakligi va ularda qanday muammolar borligini so‘rang. • Ulardan hozir nimaga ko‘proq muhtojliklari va ularga birinchi navbatda nima zarurligini tushunib yetishlariga yordam bering. 3. Eshiting va tinchlantirishga yordam bering • Oldilarida bo‘ling. • Insonlarni kechirgan voqealarini aytib berishlariga zo‘rlamang. • Agar ular bo‘lib o‘tganlar xaqida aytib berishni hoxlasalar ularni diqqat bilan tinglang. • Agar inson qattiq stressni boshidan o‘tkazgan bo‘lsa, u yolg‘iz qolib ketmasligiga ishonch hosil qiling. Yo‘naltirish Jarohat yetkazuvchi vaziyatlarni boshidan kechirgan insonlar, ko‘p hollarda o‘zlarini himoyasiz, dunyodan uzilib qolgan yoki nochor his qiladilar. Ularning har kungi hayotlari qulaydi, ular birlamchi yordamlarni boshqa qabul qilmaydilar va birdaniga stressli holatlarda bo‘lib qoladilar. Quyida insonlar ko‘p hollarda muhtoj bo‘ladigan ehtiyojlar keltirilgan: • Suv, ovqat, uy-joy va sanitar vositalar kabi birlamchi ehtiyojlar (birlamchi ehtiyojlarni qondirishlariga yordam bering). Insonlarga ehtiyojlarini qondirishlarida amaliy maslahatlar bering (masalan, oziq-ovqat yoki moddiy yordam olish uchun qanday ro‘yxatdan o‘tishni tushuntiring) • Jarohat va surunkali kasalliklar bor holatlarida tibbiy yordam (aniq nima kerakligini biling, va inson o‘ziga kerakli bo‘lganlarni olishi mumkin bo‘lgan joyga yo‘naltirishga harakat qiling) • Bo‘lib o‘tganlar haqida, yaqin insonlar va aniq yordam xizmatlar xaqida aniq va tushunarli bo‘lgan maʼlumot (Bor maʼlumotlarni yetkazing yoki inson vaziyat, yaqinlari va boshqalar xaqida maʼlumot olishi mumkin bo‘lgan joyga yo‘naltiring) • Yaqinlari, do‘stlari bilan muloqot va ijtimoiy yordamni qabul qilish (Insonlarga xayotlarida kim ularga tayanch ekanliklarini, masalan qiyin vaziyatlarda yordam bera olishi mumkin bo‘lgan do‘stlari yoki qarindoshlarini eslashlariga yordamlashing) • Kamsitilishga duchor bo‘lishi mumkin bo‘lgan insonlar guruhlarini qo‘llab-quvvatlash. (Madaniyati, millati va boshqa ehtiyojlari bilan ajralib turadigan himoyaga muhtoj insonlar eʼtiborsiz qolmaganliklariga ishonch hosil qiling. Yolg‘on vaʼdalar bermang, vaʼda bergan bo‘lsangiz ularni bajaring. Insonga o‘zida ishonch his qilishiga nima yordam berishini so‘rang, va unga ijobiy kurash strategiyalarni qo‘llashni va salbiylaridan qochishni maslahat bering). • O‘z fikrini aytishiga imkon berish va muhim qarorlar qabul qilishda ishtirok etish. Esingizda bo‘lsin, siz insonlar oldida qisqa vaqt bo‘lishingiz mumkin va sizning eng birinchi vazifangiz — insonlarga o‘ziga g‘amxo‘rlik qilishlariga va bo‘layotgan vaziyat ustidan nazoratni tiklashlriga yordam berish.

Insonga stressga nisbatan o‘tkir reaksiya holatida qanday yordam ko‘rsatish kerak?

• Sizning ovozingiz tin va yumshoq bo‘lishi lozim. • Agar inson madaniyatiga zid bo‘lsmasa, inson bilan suhbat davomida ko‘z aloqasini saqlashga harakat qiling. • Bu yerga yordam berish uchun kelganingizni ayting. Agar inson xavfdan xolis joyda bo‘lsa, bu haqida unga eslating. • Agar jabrlanuvchida sodir bo‘layotgan voqealarning xaqiqiy emasligi, tanish muhitdan ajralib qolish hissi bo‘lsa, u o‘zini atrof-muhit bilan aloqani tiklash va o‘zini tuta olish orqali yaxshi his qilishi mumkin. Buning uchun: • Undan yerga oyog‘ini tirab olishini so‘rang; • Unga barmoqlari yoki qo‘llari bilan tizzalariga yengil urishiga yordam bering; • Ko‘rishi, eshitishi va ushlab ko‘rishi mumkin bo‘lgan atrofdagi neytral predmetlarga diqqatini qarating; nima ko‘rayotganligini va eshita olayotganligini so‘rang; • O‘z nafas olishiga va sekin nafas olishiga diqqatini jamlashini so‘rang.

Stressni yengib o‘tishda pozitiv choralar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Siz insonlarga ijobiy kurash strategiyalarni qo‘llashni va salbiylaridan qochishni maslahat bering. Bu ularga o‘zlarini kuchli va vaziyatni nazorat qilish hissini yana his qilishlariga yordam beradi: STRYeSSNI YENGIB O‘TISHDA POZITIV CHORALAR Yetarli darajada dam oling. • Imkon daradaja muntazam ravishda ovqat isteʼmol qiling va suv iching. • Oila aʼzolaringiz va do‘stlaringiz bilan muloqot qiling va vaqt o‘tkazing. • Ishonadigan insonlaringiz bilan muammolaringizni muhokama qiling. • O‘zingizni bo‘sh qo‘yishingiz uchun yordam beradigan harakatlar bilan shug‘ullaning (sayr qiling, kuylang, ibodat qiling, bolalar bilan o‘ynang). • Imkoningiz bor jismoniy mashqlar bilan shug‘ullaning. • Inqiroz holatida boshqalarga yordam berish yo‘llarini toping va jamoaviy harakatlarda ishtirok eting. YENGIB O‘TISHNING SALBIY YO‘LLARIDAN QOCHING:

Spirtli ichimliklar va boshqa psixoaktiv moddalar iste’mol qilmang, chekmang.

• Kun bo‘yi uxlamang. • Dam olishsiz va relaksatsiyasiz ishlamang. • O‘zingizni do‘stlaringizdan va oilangizdan ajratmang. • Shaxsiy gigiyenik qoidalariga eʼtiborsiz bo‘lmang. • Jahlga erk bermang va zo‘ravonlik sodir qilmang. Yaqinlari bilan aloqani yo‘lga qo‘yishga va har kungi xayot tarziga qaytishiga yordam bering • Oila aʼzolariga birgalikda bo‘lishlariga, bolalarga esa ota-onalari va yaqinlari bilan ajralmasliklariga yordam bering. • Jabrlanganlarga ularni qo‘llab-quvvatlay oladigan do‘stlari va qarindoshlari bilan bog‘lanishlariga yordam bering, masalan telefon qilishlariga imkoniyat yarating. • Agar insonni so‘zlaridan unga ibodat qilish, diniy marosim yoki ruhoniylar tomonidan yordam zarurligini tushunib yetsangiz, unga diniy tashkilotlar bilan bog‘lanishiga yordam bering. • Jabrlanganlarni bir birlariga yordam berishlari maqsadida bir yerga yig‘ing. Masalan, jabrlangan insondan qariyalarga g‘amxo‘rlik qilishini yoki yolg‘iz insonlarga hamjamiyatdagi boshqa aʼzolar bilan bog‘lanishlariga yordam berishini iltimos qiling. • Inqirozli vaziyatlarda insonlarning maʼnaviy va diniy eʼtiqodlari xayot mazmuni va umidni baxsh etishda, og‘riq va g‘amlarni yengishlarida katta ahamiyat kasb etishi mumkin. • Lekin, inqirozni boshdan o‘tkazishda insonlar ayanchli yo‘qotishlarga duch kelib o‘zlarining eʼtiqodlarini yo‘qotishlari mumkin. Bunday kechinmalar eʼtiqodni susaytirishi yoki aksincha mustahkamlashi, yo bo‘lmasa o‘zgartirishi mumkin. • Yordam berayotgan insonlaringizning diniy eʼtiqodlarini biling va hurmat qiling. • Insondan unga odatda nima yordam berishini so‘rang. Qiyinchiliklarni yengib o‘tishida yordam beruvchi harakatlarni, shuningdek diniy marosimlarni, agar ular xaqida aytib o‘tgan bo‘lsa, ularni qilishini maslahat bering. • Diniy eʼtiqodlar xaqida o‘z fiklaringizni aytmagan holda hurmat bilan tinlang. Insonga inqirozni maʼnaviy yoki diniy talqinini va o‘zingizni diniy eʼtiqodingizni gapirmang. • Agar inson sizdan iltimos qilgan taqdirida ham, inqirozni intrepretatsiyasi yoki diniy talqinini taʼkidlamang, va lekin tonmang ham.

Himoyaga muhtoj insonlar guruhiga

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu bobni o‘qib chiqib, siz bilib olasiz: • Himoyaga muhtoj insonlar guruhiga yordam: • Bolalar • Psixik va jismoniy sog‘lig‘ida alohida ehtiyojga va kamchiliklarga ega insonlar • Kamsitilish va zo‘ravonlikka duch kelgan insonlar. Himoyaga muhtoj insonlar guruhiga yordam Inqirozli vaziyatlarda ko‘proq himoyaga muhtoj insonlar guruhiga quyidagilar kiradilar: • Bolalar va o‘smirlar. • Sog‘lig‘ida kamchiliklari bor va imkoniyati cheklangan shaxslar. • Kamsitilish va zo‘ravonlik xavfi ostida bo‘lgan insonlar: ayollar, milliy ozchiliklar. Yodingizda tuting, barcha insonlar, shuningdek, himoyaga muhtojlar ham qiyinchiliklarni yengib o‘tishga qodirlar. Zaif insonlarga o‘zlarini moslashgan resurslari va xayot bo‘lish strategilaridan foydalanishlariga yordam bering. Bolalar uchun oila aʼzolari, ota-onalari va vasiylari — muhim himoya va ruhiy yordami manbaidirlar. Inqirozli hodisalarda o‘z ota-onalaridan ajralgan bolalar notanish joy va notanish insonlar orasida bo‘lib qoladilar. Ular ko‘p hollarda qattiq qo‘rqib ketganlar va atrofdagi xavfni to‘g‘ri baholay olish holatida emaslar. Birinchi muhim qadam, qarovsiz qolib ketgan bolalar, shuningdek o‘smirlarni ularning yaqinlari bilan birlashtirishdir. Buni mustaqil bajarishga urinmang. Agar siz xatoga yo‘l qo‘ysangiz, bu bolaning holatini qiyinlashtiridi. Buning o‘rniga bolalarni himoyasi bo‘yicha tashkilotlar bilan zudlik bilan bog‘laning, ular bolani ro‘yxatga olish jarayonini boshlaydilar, va unga kerakli g‘amxo‘rlikni ko‘rsatadilar. Agar bolalar ota-onalari bilan birga bo‘lsalar, kattalarni bolalarga g‘amxo‘rlik qilishlariga yordam bering. Keyingi sahifada turli yoshdagi va turli rivojlanishdagi bolalarga yordam berish bo‘yicha maslahatlar berilgan berilgan. Inqirozli vaziyatlar bolalarga qanday taʼsir ko‘rsatadi? • Ularning tanigan va yaqin insonlaridan tashkil topgan o‘rgangan dunyolarini buzadi. • Ularga o‘z xavfsizliklari hissini berib kelgan odatiy yashash muhiti va xayot tarzini buzadi. • Bolalar ota-onalaridan yoki boshqa qrindoshlaridan ajralib qolish xavfi ostida qoladilar. • Kichik yoshdagi bolalar ilk yoshlaridagi hulq-atvorga qaytishlari mumkin (malasan, barmoq so‘rish yoki yotog‘iga siyib qo‘yish), ota-onalariga yoki vasiylariga yopishib oladalar, shuningdek, kam o‘ynaydilar yoki tashvishli hodisalar bilan bog‘liq o‘yinlarni qayta- qayta o‘ynaydilar. • Maktab yoshdagi bolalar ayrim hollarda o‘zlarini salbiy hodisalar sababchilari deb his qiladilar, ularda yangi qo‘rquvlar paydo bo‘ladi, ular kamgap va kam ko‘rishadigan bo‘la boshlaydilar, o‘zlarini yolg‘iz his qiladilar yoki inqiroz sharoitida insonlarga yordam berish yoki ularni himoya qilish tashvishiga tushib qoladilar. • O‘smirlar „hech narsa sezmasliklari“ mumkin, ular o‘z tengdoshlaridan ajralib turadilar va ulardan izolyatsiya qilinganlar deb o‘ylaydilar, xavfli harakatlar qilishlari yoki agressiya va negativizm ko‘rsatishlari mumkin. • Bolalar jinsiy zo‘ravonlik, shavqatsiz muomala va ekspluatatsiyada yuqori xavf ostida bo‘lib qolishlari mumkin. • Ilk yoshdagi bolalar o‘zlarini birlamchi ehtiyojlarini qondirolmasliklari va himoya qilaolmasliklari sababli ko‘p hollarda ayniqsa himoyasizdirlar, ularning ota-onalari yoki vasiylari boshqa yumushlar bilan band bo‘lishlari mumkin. • Katta yoshdagi bolalar odam savdosi va jinsiy ekspluatatsiya jabrlanuvchilariga aylanishlari mumkin, ularni harbiylashgan tuzilmalarga aldov orqali jalb qilinishlari mumkin. • Qizlar va o‘g‘il bolalar ko‘pincha turli xil xavflarga duch keladilar. Odatda qizlar jinsiy zo‘ravonlik va ekspluatatsiyaga duchor bo‘ladilar, zo‘ravonlik jabrlanuvchisiga aylanganlaridan so‘ng, ular stigmatizatsiya va ijtimoiy izolyatsiyaga duch keladilar. Bolalar inqiroz qiyinchiliklariga reaksiya ko‘rsatishlari (masalan, vayronalar, yaralanish va o‘lim guvohi bo‘lganlarida, tabiiy ofatni boshlaridan o‘tkazganlarida, ovqat va suv tanqisligini sezganlarida) ularning yoshlari va rivojlanish darajalariga bog‘liq. Bu shuningdek, ular bilan ota-onalari, vasiylari va boshqa kattalar o‘zaro muloqot qilishlariga bog‘liq. Masalan, kichik yoshdagi bolalar atrofda nima bo‘layotganini to‘liq tushunishga qodir emaslar, va ayniqsa kattalar yordamiga muhtojdirlar. Odatda bolalar yonlarida kuchli va sokin kattalar bo‘lsalar o‘zlarini yaxshi eplay oladilar.

BOLALARGA QANDAY YORDAM KO‘RSATISH KERAK

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chaqaloqlarga • Ularni issiqda va xavfsiz joyda ushlang. • Ularni baland shovqindan va betartiblikdan uzoqroqda ushlang. • Ularni tez-tez quchoqlang va bag‘ringizga bosing. Imkon qadar ovqatlantirish va uyquni grafigiga rioya qiling. • Mayin va xush yoqadigan ovozda gapiring. ILK YOSHDAGILARGA • Ularga ko‘proq vaqt va eʼtibor ajrating. • Har doim ular xavfsizlikda ekanliklarini eslatib turing. • Sodir bo‘lganlarda ularning ayblari yo‘qligini tushuntiring. • Bolalarni ular xaqida g‘amxo‘rlik qilayotganlar bilan, aka-uka, opa-singil va yaqinlari bilan ajratmaslikka harakat qiling. • Imkon qadar odatiy jarayonlarni bajaring va kun tartibiga rioya qiling. • Nimalar bo‘lgani xaqidagi savollariga oddiy so‘zlar bilan, cho‘chitadigan tafsilotlarsiz javob bering. • Bolalar qo‘rqayotgan bo‘lsalar va sizga yopishib olsalar ularga yoningizda bo‘lishlariga ruxsat bering. • Kichik yoshdagi bolalarga xos xulq-atvorga qaytayotgan, masalan, barmoq so‘rish, yoki yotog‘iga siyib qo‘yayotgan bolalar bilan sabrli bo‘ling. • Imkon qadar o‘yinlarga va dam olishga imkoniyat yarating.

KATTA VA O‘SMIR YOSHDAGILARGA

• Ularga vaqt va eʼtibor ajrating. • Ularga odatdagi yumushlari bilan shug‘ullanishlariga yordam bering. • Ularga nima sodir bo‘lganligini va xozirgi vaqtda nima bo‘layotganligini tushuntiring. • Ularni qayg‘urishiga ruxsat bering, va ular kuchli bo‘lib qolishini kutmang. • Ularning fikrlarini va qo‘rquvlarini hech bir baholamay va hukm qilmay tinglang. • Xudq-atvor qoidalarini aniq belgilang va ulardan nima kutayotganligingizni tushuntiring. • Ulrdan nimadan qo‘rqayotgnaligi xaqida so‘rang, ularga yordam bering, zararsiz qolish uchun qanday tutish kerakligini muhokama qilig. • Ularning atrofdagilarga yordam berishga intilishlarini rahbatlantiring va ularga bunday imkoniyatni taqdim eting.

Turli yoshdagi bola uchun, o‘z yaqinlari, aka-opalari bilan aloqani imkon qadar tez tiklash muhim

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Himoyaga muhtoj insonlar guruhiga yordam: sog‘lig‘ida kamchiliklariga ega va jismoniy va psixik ehtiyojlari bor insonlar.

Sog‘lig‘ida kamchiliklariga ega va jismoniy va psixik ehtiyojlari bor insonlar (shuningdek, kuchli psixik buzilishlarga ega), shuningdek, qariyalar xavfsiz joyga yetib olishda, kerakli yordamni olishda, xususan tibbiy yordamni yoki o‘zlari xaqida g‘amxo‘rlik qilishlarida alohida yordamga muhtoj bo‘lishlari mumkin. Inqirozli vaziyatlarni boshdan kechirish vaqtida ko‘p hollarda arterial gipertoniya bilan, yurak kasalliklari bilan, astma, tashvishli sindrom va boshqa kasalliklar va psixik buzilishlar bilan qiynaladigan insonlarning sog‘liqlari yomonlashadi. Agar inqirozli vaziyatda xomilador yoki emizikli ayollar kuchli stressni boshdan kechirsalar bu xomiladorlik davrida ham onaning ham bolaning sog‘lig‘iga taʼsir etadi. Mustaqil yura olmaydigan yoki eshitishi yoki ko‘rishida zaif insonlarga o‘z yaqinlarini topishlarida yoki ijtimoiy xizmatlarga murojaat etishlarida qiyin bo‘ladi. Surunkali kasalliklarga va nogironlikka ega insonlarga yordam berishda quyidagicha harakat qiling: • Xavfsiz joyga yetib olishlarida yordam bering. • Birlamchi ehtiyojlarini qondirishlarida yordam bering (oziq-ovqat, suv, o‘zlariga g‘amxo‘rlik qilish yoki qutqaruv xizmatlari tarqatayogan yopinchiqlarni yopib olishlariga) • Bor kasalliklari va isteʼmol qilayotgan dori-darmonlari xaqida so‘rang. Dori-darmon va tibbiy yordam olishlarida yordam bering. • Insonni yonida qoling, agar sizga ketish kerak bo‘lsa, uning yonida g‘amxo‘rlik qilayotgan kimdur borligiga ishonch hosil qiling. Jabrlanganlarni uzoq muddatli kerakli yordamni taqdim etuvchi tashkilot yoki idoraga yuborish imkoniyati xaqida o‘ylang. • Jabrlanganlarga yordam va xizmatlarni qanday olishlari mumkinligini maʼlum qiling.

Himoyaga muhtoj insonlar guruhlariga yordam: kamsitilish, zo‘ravonlik qilinishi xavfi ostidai insolar, milliy ozchilik. Kamsitilish va zo‘ravonlik xavfi ostidagi insonlarga ayollar, aniq etnik va diniy guruhlar vakillari kiradi. Ular quyidagi sabablarga ko‘ra alohida himoyaga muhtojdirlar. • birlamchi ehtiyojlarni qondirish uchun gumanitar yordamlarni taqsimlashda ularni eʼtiborsiz qoldirishlari mumkin.; • yordam, xizmatlarni taqdim etishda yoki joylashtirishda ularning fikrlarini ko‘p hollarda inobatga olmaydilar; • ular zo‘ravonlik, shuningdek jinsiy zo‘ravonlik ob’ekti bo‘lishlari mumkin; Kamsitilish va zo‘ravonlik xavfi ostida bo‘lgan insonlar inqirozli vaziyatda ularning xavfsizligini taʼminlashga yo‘l qo‘yadigan alohida g‘amxo‘rlikka muhtoj bo‘ladilar, shuningdek, birlamchi ehtiyojlarini qondirishda va aniq yordamni olishda qo‘shimcha yordamni olishga muhtoj bo‘ladilar. Joylarda shunday insonlar borligi xaqida so‘rab biling va ularga quyidagi yordamlarni ko‘rsating : • Ularga xavfsiz joyga joylashishlarida yordam bering; • Yaqin va boshqa insonlari bilan bog‘lanishlarida yordam bering; • Ularga aniq yordam va xizmatlar xaqida maʼlumot taqdim eting va zaruriyat bo‘lganda ularni tegishli xizmatlar homiyligiga yuboring.

O‘z-o‘ziga yordam berish. Kasbiy kuyishning oldini olish Ushbu bobni o‘qib chiqib, siz bilib olasiz: • Yordamni yakunlash • O‘ziga g‘amxo‘rlik qilish • Kasbiy kuyish profilaktikasi

5.1. Yordamni yakunlash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Keyin nima bo‘ladi? Siz qachon va qanay qilib yordam berishni yakunlashingiz, inqiroz sharoitlaridan, sizning rolingiz va holatingiz va siz yordam berayotgan insonlarning ehtiyojlaridan kelib chiqadi. O‘zingizning holatga beradigan bahoingizga, jabrlanuvchilarning va o‘zingizning ehtiyojlaringizga tayaning. Kerak bo‘lganida insonlarga ketayotganingizni, agar kimdur o‘sha vaqtdan ularga yordam berishni boshlasa ularni yangi inson bilan tanishtirishga harakat qiling. Agar siz jabrlanuvchini boshqa xizmatlarga yo‘naltirgan bo‘lsangiz nima kutishni unga tushuntirib bering, va unda keyingi aloqa uchun kerakli maʼlumot borligiga ishonch hosil qiling. Jabrlanuvchi bilan muloqot tajribangiz qanday bo‘lishidan qatʼiy nazar unga muvafaqiyat tilagan holda yaxshi xayrlashing.

5.2. O‘ziga g‘amxo‘rlik qilish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yordam berishga intilish — har bir insonning tabiiy hoxishidir. Vaqtida yordam qo‘lini cho‘zish inson xayotidagi qo‘rqinchli vaziyatlar bilan kurasha olishida yordam berishi mumkin. Lekin quyidagilarni yodda tutish lozim : • O‘zingizni xavfsizligingizga g‘amxo‘rlik qiling. Tashqi sharoitlarni, yordam berishga tayyor ekanligingiz bo‘yicha qaror qabul qilishdan oldin holatingizni va kuchingizni real baholang. • Agar siz insonga yordam berishga tayyor emasligingizni his qilsangiz, qo‘rquv bo‘lsa va u bilan suhbatashish yoqimsiz bo‘lsa buni qilmang. Yordam berishingizgda ishonchsizlik his qilayotgan bo‘lsangiz (yoki siz qanday aniq harakatlar qilishingiz xaqida to‘g‘ri tushunayotgan bo‘lsangiz) maxsus mutaxassislarga murojaat qiling. Sizning yordamingiz muhim bo‘lgan qiyin vaziyatlarda, harakat qiling: • Inqirozli vaziyatni bartaraf etish bo‘yicha tegishli organlar ko‘rsatmalariga, boshqaruv choralariga rioya qiling; • Qanday taʼsir etish choralari qo‘lanilayotganiga va muhtojlarga yordam berish uchun qanday resurslar borligi xaqida xabardor bo‘lish; • Qidiruv- qutqaruv opretsiyalariga va tibbiyot xodimlari ishlariga xalaqit bermaslik; • O‘z funksiyalari va chegaralar xaqida aniq tasavvurga ega bo‘lish.

5.3. Kasbiy kuyish profilaktikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yordam berishda siz insonlar xavfsizligiga va ularga g‘amxo‘rlik qilishga javobgarlik his etasiz. Siz vayronalar, yaralanishlar, o‘lim va zo‘ravonliklar guvohi bo‘lishingiz va to‘g‘ridan to‘g‘ri bunday hodisalarda aziyat chekishingiz mumkin. Bularning barchasi sizga va sizning hamkasblaringizga taʼsir etmay qolmaydi. Shaxsiy stressni qanday yengish kerakligi, hamkasblaringizni qanday qo‘llab-quvvatlash haqida va o‘z navbatida ularning yordamlarini olish xaqida o‘ylab ko‘ring. Stressni boshqarishda quyidagi tavsiyalar kerak bo‘lishi mumkin : • Oldin sizga stressni yengishda nima yordam berganligi xaqida o‘ylab ko‘ring. • Ovqatlanish, dam olish va tinchlanish uchun vaqt topishga harakat qiling, ozgina vaqt bo‘lsa ham. • O‘zingizni charchatib qo‘ymaslik uchun oqilona ish soatlariga rioya qilishga harakat qiling. Masalan, hamkasblaringiz bilan ish hajmini taqsimlab, inqirozning o‘tkir davrida dam olish vaqtlarini belgilagan holda navbat bilan ishlash imkoniyatini ko‘rib chiqing. Inqirozli voqealar pisxologik qiyinchiliklarni manbai bo‘lib qolishi mumkin. Insonlarning barcha muommalarini yecha olmasligingizni tushunib, o‘zingizni hech nimaga yaroqsizligingizni va umidsizlikni his qilishingiz mumkin. • Yodda tuting, siz insonlarning barcha muammolarini yechishga majbur emassiz — jabrlanuchilarga kelgan ofatlarda mustaqil chiqa olishlarida oddiygina qo‘lingizdan keladigan barcha yordamni ko‘rsating. • Alkogol, kofein va tamaki mahsulotlarni isteʼmol qilishni kamaytiring, retseptsiz dorilarni ichishga qiziqmang. • Hamkasblaringiz o‘zlarini qanday his qilayotganlarini so‘rang va sizdan ham so‘rashlariga yo‘l qo‘ying. Bir-biringizni qo‘llab-quvvatlash yo‘llarini toping. • Siz ishongan do‘stlaringiz, yaqinlaringiz va boshqa insonlar bilan muloqot qiling — ular sizni qo‘llab-quvvatlasinlar.

Hamkasblaringiz bilan tajriba ulashing:

[tahrir | manbasini tahrirlash]

• Inqirozli vaziyatda yordam berish vaqtidagi kechinmalaringiz haqida boshlig‘ingiz, hamkasblaringiz yoki yana ishongan biron-bir inson bilan gaplashing. • Boshqalarga yordam berishda qilgan har bir ishingiz uchun, hattoki u kichkina yordam bo‘lgan bo‘lsa ham, o‘zingizni maqtang. • Boshingizdan kechirganlarni o‘ylab ko‘rish va tushunishni o‘rganing, nimani yaxshi qildingiz, nimani yaxshi emas, shuningdek kelib chiqqan vaziyatda o‘z imkoniyatlaringiz chegarasini aniq baholang. • Har kungi majburiyatlaringizni bajarishdan oldin imkon qadar dam olishga va relaksatsiyaga vaqt toping.