Foydalanuvchi:Medinabegim/qumloq
Izzatulla Xojiyev | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1949-yil Buxoro viloyati |
Millati | oʻzbek |
Kasbi |
|
Mukofotlari | „Mehnat shuhrat“ ordeni |
Izzatulla Xojiyev (1949-yilda tugʻilgan) oʻqituvchi va jurnalist, „Mehnat shuhrati“ ordeni sohibi.
Hayoti va mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Izzatulla Xojiyev Toʻraqulovich 1949-yil 9-noyabr Buxoro viloyati Buxoro shahri tavallud topgan. 1956-yil „Vavilov“ nomidagi maktabda oʻqishni boshlagan. 1957-yil otasi Toʻraqul Xojiyev vafot etgan. Va ikkinchi sonli „Pushkin“ nomidagi maktabga 1964-yilda qatnashni boshlaydi va u yerda ikki yil tahsil olgan.
1967-yil Buxoro Davlat Univeritetining Filologiya fakultetida oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi boʻyicha sirtqi shaklda tahsil olishni boshlagan. Shu bilan birgalikda talaba boʻlgan Izzatulla oʻzining ilk mehnat faoliyatini ikkinchi kursligidayoq maktabda oʻzbek tili va adabiyot oʻqituvchisi sifatida boshlaydi. 1972-yilda universitetni aʼlo baholarga tugatgan Izzatulla Xojiyev akademik Abdulla Vohidovning (Samarqand Davlat Universiteti rektori) eʼtiboriga tushadi, va Vohidovning shaxsiy mukofotiga sazovor boʻladi.
1973-1974 yillarda may oyidan boshlab bir yillik harbiy xizmatni oʻtash maqsadida Lelingradda boʻlgan. Oltinchi sinfligidayoq oʻz maqolalari bilan tanilgan Xojiyev 1974-yilda Kogon shahridagi oʻzbek va rus tillarida nashr qilinadigan „Komunistik mehnat uchun“ nomli gazetaga muxbir sifatida ishlashga taklif qilingan.
Oʻn yillik faoliyatidan soʻng Buxoro shahridagi „Buxoro haqiqati“ gazetasiga chaqirilgan, va 1986-yilda yana qayta Kogon shahridagi „Komunistik mehnat uchun“ gazetasiga bosh muharrir sifadida yuborilgan. 1990-yilda „Buxoro haqiqati“ gazetasida agrosanoat boʻlimi muharrir sifatida yigirma besh yil oʻz faoliyatini yuritgan, ayni paytda 2006-yildan boshlab 2019-yilgacha oʻzbek va rus tillarida chop etilagan, Toshkent shahridagi „Ishonch“ gazetasida masofaviy tarzda muharrir boʻlib ishlagan.
Faoliyati davomida, 2007-yilda „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan taqdirlangan, hamda mukofot sifatida eng kam oylik ish haqqining qirq baravarida pul mukofotini olgan. Izzatulla Xojiyev „Insonga baxt keltirish oliy baxt“ nomli Oʻzbekiston miqiyosida oʻtkaziladigan jurnalistlar tanlovida faol ishtiroki davomida katta mukofotlarni qoʻlga kiritgan.