Foydalanuvchi:Mirsharaf Rashidov
gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilish, organizmni chiniqtirish, yaxshi ovqatlanish, mehnat va dam olishni toʻgʻri yoʻlgaqoʻyish, jismoniy mashqlarni bajarish, infeksion kasalliklardan saqlanish, agar kasallik roʻy bergudek boʻlsa, oʻz vaqtida davolatishdan iborat. Shuni nazarda tutish kerakki, qiz bola organizmi hayz koʻrguncha unga asta-sekin tayyorlanib boradi, bunda organizmning bir-biri bilan bogʻliq boʻlgan aʼzo va sistemalari (ichki sekretsiya bezlari, yurak-tomir, nerv sistemasi va h.k.) ishtirok etadi, bu murakkab jarayonning hammasi hayz siklining normal kechishida muhim rol oʻynaydi. Qiz bola organizmi balogʻatga yetish davrida hissiyotga toʻla, turli noxush omillarga nisbatan oʻta taʼsirchan boʻladi.
Asabiy va ruhiy buzilishlar, turmushdagi noxushliklar, jismoniy va aqliy jihatdan toliqish, shuningdek, ayrim infeksion kasalliklar hayz siklining buzilishiga sabab boʻlishi mumkin. Shuning uchun bu davrda qiz bola bilan nihoyatda ehtiyot boʻlib muomala qilish, janjallashmaslik, oʻta toliqishga yoʻl qoʻymaslik zarur. Qizlar birinchi bor hayz koʻrganida (bu haqda, tasavvurga ega boʻlmasa) juda hayajonlanadi. Shuning uchun qiz bolani hayz koʻrishiga oldindan tayyorlab borish lozim. Hayz funksiyasining buzilishi va boshqa ginekologik kasalliklarning oldini olishda hayz koʻrish vaqtidagi gigiyena qoidalariga amal qilish zarur. Vanna qilish, choʻmilish tavsiya etilmaydi, gigiyenik dush qabul qilish mumkin. Jismonan zoʻriqtiradigan mashqlar bilan shugʻullanmaslik kerak