Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Miryusuf803/qumloq

Vikipediya, erkin ensiklopediya

MAXSUS LEKSIK BIRLIK VA TEXNIK LEKSIK BIRLIK ATAMALARINING QO‘LLANILISH TAHLILI Musaeva Fariza Maksutovna I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti (MTU) Toshkent shahridagi filiali,Katta o'qituvchisi

Annotasiya Zamonaviy ilmiy tadqiqot ishlarida maxsus yoki texnik leksik birliklar qo‘llanilishi va ma'no jihatidan farqlanishi, ulardan qay biriga e'tibor qaratish kerakligi haqidagi fikrlar ilm jamoasini chalg‘itadi. Ayrim tadqiqotchilar ma'lum bir sohaga tegishli bo‘lgan so‘zlarni maxsus leksik birlik sifatida ta'riflasalar, boshqalar esa texnik leksik birlik so‘zini afzal ko‘radilar. Mazkur maqolada tadqiqot maqolalarida mavjud bo‘lgan maxsus leksik birlik va texnik leksik birlik atamalarining qo‘llanilish miqdori tahlil yordamida aniqlangan, shuningdek, bu ikki leksik birikmalarning ishlatilishidagi farqlari muhokama qilingan. Yil kursatkichi tadqiq etilayotgan muammoni yoritishda muhim omil bo‘lganligi sababli, oxirgi 20 yilda chop etilgan o‘nta maqola tanlangan. O‘tkazilgan tahlil asosida atamarning qo‘llanilishi aniqlandi.

Kalit so‘zlar: maxsus leksik birikma, texnik leksik birikma, miqdor, so‘zlarining ishlatilishi, atama, ilmiy maqola.

Kirish. Fan va texnikaning rivojlanishi bilan zamonaviy jamiyatda muayyan bir sohaning professional leksikasini o'rganishga qiziqish asta-sekin o'sib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 avgust kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ta’kidlaganidek, zamonaviy, ijodiy fikrlaydigan mutaxassislarni tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratish lozim. Ushbu maqsadga erishish uchun ta’lim tizimini takomillashtirish zarur. [12]. Har qanday hodisaga qiziqish ana shu hodisaning mohiyati va amaliy ahamiyati bilan belgilanadi. Xuddi shu sabablar tadqiqotchilarning maxsus yoki texnik leksik birliklar muammolariga qiziqishini belgilaydi. Tilda turli sohalarga mansub maxsus leksik birliklar soni ortib borishi munosabati bilan tilshunoslar kasbiy lug‘atga alohida e’tibor beradilar. Zamonaviy tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, so'nggi o'n yilliklarda ilmiy-texnik inqilobning jadal sur'atlari bilim, ishlab chiqarish va ilmiy faoliyatning barcha sohalarida axborotning yuqori tezlikda o'sishiga olib keldi. Odatda, texnik matnlarda kundalik nutqda uchramaydigan maxsus va aynan o'ziga xos lug'atni uchratish mumkin. Har bir fanning o'ziga xos terminologik tizimi mavjud. Biroq, maqolalarni o'rganayotganda, tadqiqotchilar maxsus yoki texnik kabi so’zlarga duch keladilar, bu esa ularni bu ikki so'zning farqli jihatlari borligi yoki ularning bir ma’noga ega ekanligini haqida o’ylashga majbur qiladi. Ushbu tadqiqotning maqsadi maxsus va texnik so'zlarining qo'llanilishini tahlil qilish asosida ikkala so’zning xususiyatlarini aniqlashdan iborat. Kembrij lug'atiga ko'ra, maxsus so'zi "Ma'lum bir sohaga, odatda shu soha haqida ko'p narsalarni biladigan odamlar doirasiga oid" ma'nosini anglatadi, texnik so'zi esa “fan va sanoatda qo'llaniladigan bilimlar yoki usullar, mashinalarga oid,” ma’nosini bildiradi. [13]. Makmillan lug'ati so'zlarga quyidagicha ta'rif beradi: maxsus - ma'lum bir sohaga diqqatni jamlash; texnik - texnik til sohani yaxshi bilmagan odamlar uchun tushunish qiyin. Ko'rinib turibdiki, bu atamalar o'rtasida keskin farq yo'q. Adabiyot sharhi. Tadqiqotchilar Nordin M.N.R., Stapa S. H. va Darus S. (2013) tomonidan olib borilgan tadqiqot oziq-ovqatga oid yozish ko’nikmalari bo'yicha maxsus lug'at korpusini shakllantirishga qaratilgan. Korpus sifatida talabalarning PowerPoint taqdimotlari asosida 113 ta maxsus lug'at tanlandi. Maʼlum boʻlishicha, maxsus lugʻat oliy taʼlimda asosiy oʻrinni egallaydi va koʻproq eʼtibor talab qiladi, bundan tashqari, maxsus sohaga aloqador kam qoʻllaniladigan soʻzlar ham asosiy roʻyxatda boʻlishi kerak, chunki oʻrganuvchilar oʻqish jarayonida ularga koʻproq eʼtibor berishadi [10]. Demak, ushbu tadqiqot ishida maxsus atamasi 70 martadan ortiq qoʻllangan, bu esa 2013-yil boshidan bu soʻz tadqiqot sohasida keng tarqalganligini koʻrsatadi. Bu masalaning ahamiyatli jihati shundaki, turli tadqiqotchilar maxsus va texnik leksik birlik atamalarini o'z hohishlaridan kelib chiqqan holda qo’llaydilar. Chunonchi, P. Low [8] oʻz tadqiqotida texnik lugʻat oʻrniga maxsus lugʻat soʻzini qoʻllagan, masalan, “maxsus leksik birliklar roʻyxatidagi soʻzlarning aksariyati pazandachilik yoki taom nomlari tarkibidagi ingredientlardir”. Biroq, Chung, T. M. va Nation, P. [1] o'zlarining "Maxsus matnlardagi texnik lug'at" asarida "Texnik lug'at asosan maxsus sohada ishlaydigan va undan foydalanadigan odamlarni qiziqtiradi " deb ta'kidlagan va uning qo’lyozmalarida texnik leksik birikmasi ishlatilgan, maxsus leksik birikmasi esa umuman tilga olinmagan. Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqot manbai sifatida 2003 yildan 2020 yil oralig’idagi o'nta maqola tanlangan. Ushbu tadqiqot ishlarining mavzusi maxsus va texnik so’zlari bilan bog'liq. Asosiy g'oya maxsus so'zlarining miqdorini aniqlash bo'lganligi sababli, tadqiqot maqolalari text formatiga aylantirildi va keyin AntConc 3.5.8 dasturiy ta’minotiga miqdoriy natijalarni tahlil qilish uchun kiritildi. Maxsus va texnik so’zlarining soni aniqlandi. Maxsus so'zning ko'proq foizi 2013 yildan keyin tilga olindi, bu esa ushbu atamadan foydalanishning keskin o'sishini ko'rsatadi. Biroq, texnik so'zi eng yuqori ko'rsatkich bilan 2013 yildan avvalgi maqolalarda uchraydi. Tahlil va natijalar. Tahlil natijalariga ko’ra, maxsus (240 ta) va texnik (242) lug'at/so'zlar/terminlar o'rtasida deyarli katta farq yo'q. Xou, X. [4] so'zlarning turlari haqida gapirib, ular uch turda uchrashi mumkinligini ta’kidlaydi, ya’ni 1) eng ko'p uchraydigan so'zlar; 2) akademik so'zlar va 3) maxsus so’zlar (adabiyotda texnik so’zlar deb ham ataladi). Oxirgi turda eslatib o’tilgan “maxsus so’zlar (adabiyotda texnik so’zlar deb ham ataladi)” deb aytilgan fikrga ko’ra, ikkala so’z ham ma’no jihatidan bir xil, degan xulosaga olib keladi. Bundan tashqari, yuqorida sanab o'tilgan maqolalarning nashr etilgan yilini ham e'tibordan chetda qolmaslik kerak. Ularning nashr etilgan yillari har xil boʻlganligini inobatga olgan holda, 2011 yilgacha tadqiqotchilar asosan texnik soʻzidan foydalanganlar, 2013 yildan boshlab maxsus so’zining texnik soʻziga nisbatan keskin oshganligini kuzatish mumkin. Shunday qilib, maxsus leksik birikmasi terminologiya olamiga texnik leksik birikmasi o‘rniga yangi termin sifatida kirib kelgan, degan xulosaga kelish mumkin. Shunday qilib, yakuniy firrlarni jamlagan holda, ikkala leksik birikma ham bir xil, ammo har bir tadqiqotchi ushbu so’zlardan o’z yondoshuvidan kelib chiqqan holda, ilmiy ishlarida yoki texnik yoki maxsus so’zini tanlaydi. Xulosa/Tavsiyalar. Muayyan sohaga oid maxsus so‘zlarni aniqlash tez sur’atlar bilan o‘sib borishida ko’plab tadqiqotchilarning ushbu sohaga qo‘shgan hissasi katta rol o‘ynamoqda. Maxsus yoki texnik leksik birikmalar bir xil ma'noga egami yoki bu ikki so’z o'rtasida aniq tafovutlar bormi kabi ikkilanishlar tadqiqiqotchilarni o’ylshga majbur qilmoqda. Shuning uchun, texnik va maxsus so'zlar o'rtasidagi farqni aniqlash juda muhimdir. Shu sababli, ushbu masalani yoritishga bu ikki leksik birikmalarning ilmiy maqolalarda ishlatilganlik darajasi o'rganildi, buning uchun 2003 yildan 2020 yil oralig’idagi o'nta maqola tanlandi. 2013-yildan boshlab ko‘plab maqolalarda maxsus so‘zi ishlatilgan, texnik so‘zi esa avvalgi ilmiy maqolalarda uchraganligi aniqlandi. Shunday qilib, yuqorida keltirilgan natijalarga asoslangan holda, bu so'zlar o'rtasida hech qanday farq yo'qligini ta'kidlash mumkin.

ADABIYOTLAR RO’YXATI: 1. Chung, T. M., & Nation, P. Technical vocabulary in specialized texts / Reading in a Foreign Language, Vol. 15, №. 2, 2003. –P. 103-116. 2. Darren Hsin-hung Lin and Shelley Ching-yu Hsieh, The Specialized Vocabulary of Modern Patent Language: Semantic Associations in Patent Lexis / PACLIC 24 Proceedings, №. 1, 2010. –P. 417-424. 3. Ghobain E., Indirect Specialized Vocabulary Learning and Learner Autonomy / International Journal of Instruction, Vol.13, №.3, 2010. –P. 745-760. 4. Hou H., A corpus approach to discourse analysis of newspaper restaurant reviews: A preliminary analysis / Studies in Literature and Language, Vol. 5, № 3, 2012. –P. 95-100. 5. Hou, H., Teaching specialized vocabulary by integrating a corpus-based approach: Implications for ESP course design at the university level / English Language Teaching. Vol. 7, № 5, 2014. –P. 26-37. 6. Kwary, D.A. A Hybrid method for determining technical vocabulary / System, Vol. 39, № 2, 2011. –P. 175-185. 7. Lessard-Clouston, M. Strategies and Success in Technical Vocabulary Learning: Students’ Approaches in One Academic Context / Indian Journal of Applied Linguistics, Vol. 34, № 1-2, 2008 –P. 31-63. 8. Low, P. Identifying Specialized Vocabulary in Thai Food Menus Using Computer-Based Approach / Journal of Advances in Information Technology, Vol. 10, № 3. 2019 –P. 91-94. 9. Lum, L., Alqazli, M., Englander, K. Academic Literacy Requirements of Health Professions Programs: Challenges for ESL Students / Tesl Canada Journal, Vol. 35, Issue 1, 2018 –P. 1–28. 10. Nordin, M.N.R., Stapa S. H. and Darus S. Developing a specialized vocabulary word list in a composition culinary course through lecture notes / Advances in Language and Literary Studies, Vol. 4, №. 1, 2013 –P. 78-87. 11. Valeeva N.G., Pavlova E.B., Zakirova Y.L. M-learning in Teaching ESP: Case Study of Ecology Students / European Journal of Contemporary Education, 8(4), 2019 –P. 920-930. 12. https://www.uzlidep.uz/en/news-of-uzbekistan/4927 13. https://dictionary.cambridge.org/dictionary/english/ 14. https://www.macmillandictionary.com/dictionary/british/