Foydalanuvchi:Mirzo Official
Bir haykal tarixi.Tipu yoʻlbarsi — XVIII asrda ishlab chiqarilgan mexanik oʻyinchoq boʻlib, Hindistondagi Mysore knyazligining hukmdori Tipu Sulton uchun yaratilgan. Oʻymakorlik san'atidan foydalanib ishlangan va rang berilgan yogʻochli korpusga ega ushbu oʻyinchoq britaniyalik askarga hujum qilayotgan yoʻlbarsning deyarli haqiqiy oʻlchamdagi tasvirini aks ettiradi. Yoʻlbars va odamning tanasi ichidagi mexanizmlar odamning bir qoʻlini harakatga keltirishi orqali uning ogʻzidan inson qichqirigʻi va yoʻlbarsning ogʻzidan oʻpirilayotgan tovushlarga taqlidni amalga oshiradi. Bundan tashqari yoʻlbarsning yon tomonidagi qopqoqda 18 notadan iborat kichik damli cholg'u asbobining klaviaturasi mavjud.
Yoʻlbars Tipu oʻzining shaxsiy yoʻlbars yorligʻi asosida yaratilgan boʻlib, u oʻz dushmani yaʼni Britaniyaning Ost-Indiya kompaniyasi inglizlariga nisbatan nafratini aks ettirgan. Yoʻlbars Ost-Indiya kompaniyasi qoʻshinlari 1799-yilda Tipu poytaxtiga bostirib kirganidan keyin Tipuning yozgi qarorgohida topilgan. General-gubernator Lord Mornington yoʻlbarsini dastlab London minorasida koʻrgazmaga qoʻyish niyatida Britaniyaga yuboradi. Birinchi marta London jamoatchiligiga 1808-yilda Ost-Indiya uyida, soʻngra Londondagi Ost-Indiya kompaniyasi binosida taqdim etilgan, keyinchalik yoʻlbars 1880-yilda Viktoriya va Albert muzeyiga koʻchirilgan (roʻyxatga olish raqami 2545 (IS)). Oʻyinchoq hozirda „Janubiy Hindistonning imperator sudlari“ da doimiy namoyishning bir qismidir.Tipu yoʻlbarsi Londonga kelganidan beri to bugungi kungacha ommaning diqqatiga sazovor boʻlib kelmoqda.
Britaniya askarini qiynayotgan mexanik yoʻlbars haqidagi eslatmalar Jon Keatsning tugallanmagan „Qoʻngʻiroqli qalpoq“ poemasida va Bernard Kornuellning „Sharpe yoʻlbarsi“ romanida qayd etilgan.
BibliografiyaTahrirlash
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Brittlebank, Kate (May, 1995), "Sakti and Barakat: The Power of Tipu's Tiger. An Examination of the Tiger Emblem of Tipu Sultan of Mysore", Modern Asian Studies (Cambridge University Press) 29.2: 257–269
- De Almeida, Hermione; Gilpin, George H. (2005), Indian Renaissance: British romantic art and the prospect of India, Ashgate Publishing, Ltd., ISBN 978-0-7546-3681-6, https://books.google.com/books?id=Nu0j0GFSsDcC&pg=PA35&dq=tipu%27s+tiger&as_brr=3#v=onepage&q=tipu's%20tiger&f=false, qaraldi: 2011-07-16Tipu yoʻlbarsi]]
- Ord-Hume, Arthur (February 1987 - Part I, September 1987 - Part II), "Tipu's Tiger - its History and Description", Music and Automata 3.9, 3.10
- Stronge, Susan (2009), Tipu's Tigers, V&A Publishing, ISBN 1-85177-575-7
ManbalarTahrirlash
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda
sarlavha=
parametrini belgilashingiz kerak. „{{{birhaykaltarixi}}}“. - ↑ Ivan; Corinne A. Reflections on the fate of Tippoo's Tiger - Defining cultures through public display // Cultural encounters: representing otherness / Hallam, Elizabeth. — Routledge, 2000. — С. 194. — ISBN 978-0-415-20280-0