Foydalanuvchi:Modelyano
Alisher Nazar (1976) Chop etilgan: 28.10.2013 16:34 A lisher Nazar 1976-yili Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tug'ilgan. 1998-yili Xalqaro Gumanitar akademiyasini tamomlagan. "Bizga atalgan tonglar" she'riy majmuasi (1999) va "Xolislik ehtiyoji" publitsistik to'plami (2012) chop etilgan. Ayni paytda "Yoshlik" jurnalining she'riyat bo'limi mudiri lavozimida xizmat qilmoqda.
OJIZ ODAM HAQIDA
Bu odamga alam qiladi, Qarshisida mudom bir tilsim: Nega uning dushmani yo‘qdir, Nega unga qarshimas hech kim?
Nega unga hasad qilishmas? Yoki hech kim kelib urmas do‘q? Ko‘chalardan karvoni o‘tar, Huradigan birorta it yo‘q!
Uzun-uzun rejalar tuzmas, Uyqu qochmas olis tunlari. Sochlarida birorta oq yo‘q, Yuragida yo‘q sanchiqlari.
Alam qilar unga shunisi, O‘tib borar beg‘alva, besas. Kurashgisi kelar uning ham, Lek arzirli g‘anim topilmas.
- * *
Sizga nima bo‘ldi, buncha baxtlisiz, Nega boshingizdan bahorlar ketmas? Zaminning farzandi emasmisiz yo, Bunchalar yuksaksiz, ovoz ham yetmas.
Biroq har parvozning qaytajagi bor, Qarzga olgansiz-ku axir bu jonni! Tutib qolay desa biror qo‘l yetmas, Shuncha yuksaklardan qulash osonmi?
YOLG‘IZLIK
Yolg‘izlikdan juda qo‘rqaman, Yolg‘izlikda adolat yo‘qdir. Ko‘zlaringga tikilib turib, Haqiqatni aytar birma-bir.
Ovutmoqchi bo‘lasan o‘zni, Samolarga tikasan ko‘zing. O‘ksib-o‘ksib yig‘laging kelar, Negaligin bilmaysan o‘zing.
Olislarga termulasan jim, Shamollarga ko‘ngil yorasan. Ketging kelar bosh olib, biroq Bu bosh bilan qayga b