Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Muhammad Amin Ne'matulloh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

" Ibtido "

Bu asarni òqishni boshlashim bilanoq zerikarli olamga tushib qoldim deb òyladim. Ammo keyinroq esa. Super asar qarshisidan chiqqanimni angladim. Kitobdagi voqealar Ispaniya, Dubay, Amerikada sodir bòladi. Eng qiziqarli tomoni, unda tasvirlangan joylar, manzalaralarni real hayotda ham kòra olasiz. Bu esa, tasavvuringizni yanada kengaytiradi, nuqsonlarini aniqlab beradi. Asarning bosh qahramonlari Edmond Kirsh, Robert Lengdon, Uinston laqabli sun'iy intellekt, Mayor Avila.

Edmond va Robert haqida keyinroq fikr yuritamiz. Hozir diqqatingizni Avila shaxsiyatiga qaratmoqchiman :

U dengiz flotining sobiq admirali. Cherkovda anarxistlar va ateistlar tomonidan uyushtirilgan portlashda oilasidan ajralgan. Ruhan olib qaralganda, batamom singan. Ikki marta òz joniga qasd qilgan. Va tasodifiy xato tufayli òlmay qolgan. Cherkov unga yordam berolmadi. Ruhoniyga e'tiroz qilib borganida, " Òng yuzinga tarsaki urganga chap yuzingni tutib ber " deb javob berdi. Bu holatda kimga alam qilmaydi deysiz ?!

Ayoling, bolalaring anarxistlar va ateistlar tomonidan ibodat qiladigan joyingda òldirilsayu, buyoqda rohib battar bòl deb turibdi. Avila rohibning bu gapidan keyin dinga ishonmay qòyadi. Va zerikarli, dinsiz hayoti boshlanadi. Hullas Avilani ruhiy tushkunlikdan Marko ismli shaxs qutqaradi va òzining g'oyalarini unga òtkazadi. Natijada, Avilani Markoning g'oyalariga e'tiqodi mustahkam bòladi. Bu g'oya yòlida òlimdan ham tap tortmaydigan bòladi. Shu ishonch bilan Edmondni òldiradi.

Demoqchimqnki, inson ruhiy krizis paytida kimgadir muhtoj bòladi. Aynan òsha paytda yordam bergan inson esa uning uchun eng qadrliga aylanadi.

Kulminatsiyaga òtamiz :

Edmond Kirsh òziga bino qòygan, takabbur inson edi. Lekin u chin dilidan insoniyat kelajagini istagan. Yaxshi kelajak uchun insonlarga eng katta tòsiq - dinlar deb hisoblagan. Qaysidir ma'noda uni tushunish mumkin. Chunki u futurolog va elektrotexnika bilimdoni edi. Yana uning òtmishi ham dinga ishonmaslikka da'vat qilardi. Gap shundaki, uning katolik ispan onasi amerikalik professorni yoqtirib qoladi. Keyin ularni muhabbati qòshilishgacha boradi. Benikoh qòshilish. Edmondga homilador bòlgan ona, yigiti bilan turmush quradi. Bu axloq qoidalariga zid edi. Chunki yigit dinsiz, qizni oilasi mutaassib katolik. Tabiiysi qiz oiladan haydaladi, eri bilan Amerikaga kòchib ketadi. Afsuski eridan erta ayriladi. Yolg'iz òzi bolani boqishga qiynaladi. Axir begona mamlakat, 20 yil umrini Ispaniyada òtkazgan. Bu yerga kònikolmaydi. Qòlida tayinli hunari ham yòq. Shunda, Edmondni onasi Edmondni yetimxonaga topshirib, òzi Ispaniyaga qaytadi. Maqsad - gunohiga tavba qilib, umrini rohibalikka bag'ishlash edi. Yuksak jismoniy qiynoqlar va ochlikka chiday olmagan ona esa òzini osadi. ( Nasroniylikda shunday qoida bor. Qilgan gunohlaring uchun bu dunyoda òzingni jazolasang, oxiratda hudo seni kechiradi )

Edmond shunchaki bashoratchi va elektronika ustasi emas, u chinakam daho edi. Garvardni bitirgandi. Milliarder edi.

Bilamizki, har bir daho san'atga oshufta bòladi. U san'atni qaysi turi bòlishidan qat'iy nazar: she'riyat, musiqa, haykaltaroshlik, rassomlik, me'morchilik.

Jumladan Edmond ham bularga oshiq edi. Bu uning qalbi qanchalar sof bòlganini anglatadi. Chunki yuragi yòq inson san'atni qadrlamaydi.

"Oldingi hudolar yòq bòlib ketganidek" - deydi Edmond, - " hozirgi hudolar ham yòq bòlib ketadi."

Fikrini dalili sifatida shunday misol keltiradi :

- Tasavvur qiling, siz hozir Zevs, Osiris, Poseydon kabi hudolar borligiga ishonasizmi ?

- Yòq.

- Bu hudolarga ishonadigan odamlarni nima deb ataysiz ?

- Axmoqsan deyman.

- Endi òylab kòring, kelajakda bizdan keyin kelgan odamlar ham bizni tariximizni òrganayotganda, bizni ham axmoqqa chiqarsachi ?!

Edmond juda kòp ma'ruzalarida shunday deydi. Ammo bilmaydiki, insoniyat boshlanishidan tortib shu kungacha odamlar hudo bor deb ishonishgan. Va bundan keyin ham shunday bòladi. Nega ? Chunki inson har neni qila olmasin, baribir ojizdir. Ojizligini his qilib turish esa unga kuch bag'ishlaydi. Òzidan yuqori turuvchi ong borligini bilish, unga sig'inib turish insonga xos hususiyatdir. Alloh insonga shu hisni joylagan.

Edmond hayot yaratuvchisiz, tabiat hohishiga kòra òz òzidan yaratilganini isbotladi. Nazariy jihatdan albatta. Gap shundaki, moddalar energiyani tarqatish uchun òz òzidan birlashadi. Misol uchun, chaqmoq qanday paydo bòladi ? Avval bulutlar jipslanadi, ishqalanish oqibatida chaqnash sodir bòladi. Ichki energiya bug'ni eritadi. Bu kuch tòplanib jipslashadi va chaqmoq paydo bòladi. Hayot paydo bòlishi ham shunday. Quyosh òz nurlarini siqadi va koinotga keskin tarqatib yuboradi. Yer ostida jipslashgan quvvat esa òzini sarflashga yordam beradigan organizm yaratadi. Bu òsimlik edi. Keyin nukleoidlar va aminokislotalar birikib, yana nomini bilmaydigan bir necha moddalarim jipslashib DNK ga aylanadi !

DNK esa tiriklik asosi. Fanga DNK paydo bòlguncha bòlgan davr noma'lum edi. U, uni topdi. Va butun dunyoga tiriklikni hudo yaratmaganini isbotladi. ( Òlik bòlsa ham hattoki )

Bilasizmi, bu menga, e'tiqodimga zarracha ta'sir qilmadi. Chunki u ochiq hatoga yòl qòygan. Oddiy savol beraman: Hòsh, nurni òzida jamlab òsimlik yaratgan yer jinsini kim yaratgan ? Nur baxshida etgan quyoshnichi ? Agar bu narsalar ham energiya jipslashuvi jarayonida yuzaga kelgan bòlsa, ularni bu holga keltirgan materiyalar qanday paydo bòlgan ? Bunaqada bu sòrov cheksizlikka qarab ketaveradi . Bu huddi, " hudo olamni yaratgan ekan, hudoni kim yaratgan " degan savol bilan bir hil. Bu ham cheksizlikka olib boradigan jumboq bòladi, qachonki hudoni ham yaratuvchisi bor desak. Chunki yaratuvchini ham yaratuvchisi bòlishi mumkin. Lekin Olam bilan hudoning orasidagi farq, olam azaliy emasdir. Chunki Edmond ham ikkinchi kashfiyotida buni ta'kidlaydi. Demakki, qachonlardir, kuchini jipslashtirib tirik jonzot yarata oladigan olamni ham kimdir yaratgan. Ammo u yaratuvchini òzini hech kim yaratmagan. Chunki, yaratilgan bòlganida bizga sònish manbasi kòrsatilgan, yoki òzimiz topgan bòlardik. Shunday qilib, hudoning borligi baribir ham òz tasdig'ini topdi.

Kòp bookblogerlarni taqrizlarini òqidim yoki eshitdim. Ular buni ateistik asar deb baholashdi. Iymonga putur yetkazishi mumkun ekan.

Bekor gap !

Edmondning ustozi Lengdon asarni oxirrog'ida bir fikr aytadi. Shakllar va kodlar tòg'risida.

Shakllar - tabiatda paydo bòlgan, hech qanday ma'no anglatmaydigan narsalardir. Masalan asalarining olti burchakli uyi. Yumaloq oy, bulutlar, toshlar. Bu shakllar kòrinishga ega bòlsa ham ma'noga ega emas. Nega tosh qora rangda, nega u yumaloq ? Deb savol sòraymizmi ? Albatta yòq ! Chunki bu axmoqona bòlardi.

Endi kodlar masalasiga kelsak.

Kod - axborot tashuvchi vosita. Misol uchun musiqa. Musiqa ham koddir. Sizga hissiyot tashiydi. Bundan tashqari ovozlar, harflar, rasmlar...

Bilasizmi, kod bilan shaklning farqi nima ? Shakl òz òzidan paydo bòlishi mumkin, ammo kod emas. Yoki, kòrganmisiz daraxtda musiqa notalari osilib turganini. Osmondan harflar yog'ilganini ? Yòq ! Kodni kimdir yozishi, bastalashi, terishi kerak. Endi sizga eng kerakli ma'lumotni aytaman:

DNK ham koddir. U odamdan odamga gen tashiydi.

Bu degani hayotni yaratuvchisi bor. Bitta taqrizda Alloh borligini ikki marta isbotladik.

Alhamdulillah.

Bu kitob kòrinishidan ateistik kitobga òxshasa ham, aslida ularga raddiya òlaroq yozilgandir. Ilm fan muxlislariga, adabiyot ishtiyoqmandlariga tavsiya qilaman.

Òqing, uqing va dunyoni teranroq anglang !

Muhammad Amin Ne'matulloh