Foydalanuvchi:Muhammadamin Ismoilov
Albatta,taqriz yozishda ayrim o’ziga xos xarakterli jihatlar bor.Ammo shunday bo’lsada “o’z doirasidagi” qoidaviy uslubdan ozroq chekinib taqrizish yozishni iroda etdik.
Eng avvalo,kitobning yozilish davri va uning kim uchun yozilganligiga e’tiboringizni qaratmoqchimiz.
Ushbu kitob ilk marta Marhum Fazilatli Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning hali talabalik chog’larida o’zlari qoralab qo’ygan matnlarning bir joyga yig’ilishidan dunyoga kelgan. Hozirgi siz ko’rib turgan shaklga kelgunicha Hazratning qo’llaridan qayta-qayta o’tib tobora mukammallashib borgan.
Oxir-oqibat,1991-yilgi Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqining qulashidan so’ng O’zbekiston musulmonlari jamoasida o’zgacha kayfiayat jo’sh urdi.Endi ular o’z dinlariga shariat qanday buyursa shunday amal qilishlari mumkin edi.
Ammo,1917-1991 yillardagi jangovor ateizm bilan yo’g’rilgan ta’lim tizimida o’nib o’sgan avlod o’zlarini musulmon sanasalarda,ularning tafakkuridagi Islom hali tom ma’noda sof emas edi.
Ana shunday vaziyatda,Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohmmatullohi alayh ushbu kitob qoralamasini nashrga tayyorlashni boshladilar va 1992- yilda bosmadan chiqardilar.
Shu bilan,bir ma’noda zamonaviy O’zbekistonda birinchilardan bo’lib xalq diniy adabiyotining debochasiga aylangan ushbu mo’tabar kitobning muallifi bo’ldilar.
Bundan tashqari,bunday keyin to hozirgacha muttassil ravishda chop qilinib kelinayotgan diniy adabiyotning asoschisiga aylandilar.
Postimperial jamiyatlarda uchraydigan o’ziga xos jihat bo’lgan “qora bo’shliq” bizning jamiyatimizda ham bor edi.Ulardagi bu bo’shliq to’ldirilmasa uning boshqalar tomonidan to’ldirilishi muqarrar edi.Ayan shu kitob o’sha davr jamiyati a’zosi uchun bo’shlig’ini to’ldirishga yetadigan darajadagi salohiyatda ega edi.
Yetmish yil davomida ma’nan,jismonan,siyosiy va iqtisodiy jihatdan jarohatlangan xalq uchun chinakamiga muhim ahamiyatga ega kitob edi bu.
Chunki unda ko’pchilikning qarashidagi faqat ibodat-u duodan iborat bo’lgan Islom emas,balki aslida har bir madaniyatli xalqnig turmush tarziga aylanishi kerak bo’lgan Islom haqida bahs qilinadi. Ushbu pozitsiyani isbotlash uchun qarshi tarafga o’zlari ko’kka ko’taradigan Yevropa va AQSH olimlari,professorlarining ilmiy ishlaridan,nutqlaridan,fikrlaridan iqtiboslar keltiriladi.
Hozirgacha Islomofobik kayfiyatni jamiyatda kuchayishi olib keluvchi aytrim stereotiplarning tagi puch ekanligini qisqa va sodda tilda oson tushuntirilishi,muallif rohimahullohning o’z davrini naqadar chuqur anglaganini,uning muammolariga nechog’lik realistik qaraganini bor bo’y basti bilan ko’rsatadi.
Bundan tashqari,ushbu kitob allomaning qolgan kitoblarini ochib beruvchi o’ziga xos platsdarm hamdir.
Bu kitob hatto g’ayridinlar tarafidan o’qilsa ham tushuniladigan darajada yozilgan bo’lib,shu maqsadda Injildan ham ayrim iqtiboslar keltirilganligiga guvoh bo’lishingiz mumkin.
Kitobning tartiblanishiga e’tibor qaratadigan bo’lsak Shayx rohimahulloh Janoblari kitobning eng avvalida Islomning haq din ekanligi tog’risida fikr yuritadilar. Hatto ateizm va shuningdek boshqa e’tiqodlar bilan Islom o’rtasidagi tafovutni yaqqol ochib beradilar va bunda Islom har jihatdan ustun turishini ilmiy dalillar bilan isbotlaydilar.
Shayx hazratlari kitoblarining ikkinchi bobi bo’lmish “Iymon” bobini "Allohning borligiga ishonishga qodirmisiz?,- degan jumla bilan boshlaydilar.Albatta,ushbu savol o’zini dunyoqarashi teran deb hisoblovchi har bir shaxs uchun yuqori saviyali o’ziga xos “chaqiruv”dir.
Chunki,”Islom”deb nomlangan birinchi bobda muallif rohimahulloh hozirda ushbu dinnni qabul qiluvchilar sur’ati jihatidan jahonda birinchi o’rinda turuvchi din bo’lmish Islomni konstruktiv shaklda,ilmiy metodologiya asosida tushuntirib bergan edilar. Oqibatda,Allohning borligiga kuchli va rad etib bo'lmas diniy dalillar keltirib o'tadilar. Shu bilan birga butlarga,tabiiy kuchlarga, o'tgan ota-bobolariga va havoyi-nafsga sig'inish xato ekanligi, bu ishlarni aqli raso inson qilmasligi ochiq-oydin tushuntiriladi. Shu o’rinda kitobning bir qismidan iqtibos keltirishni o’rinli deb topdik:
“...Mashhur Enshteyn shunday deydi:”Allohga bo’lgan iymon ilmiy izlanishlarning eng ulkan samarasidir”…”
Ateistlar din darajasiga chiqarib olgan ilm-fanning darg’asi,IQ darajasi 167 ballni tashkil qiladigan Enshteynning bunday deyishi ularning hamma vajlarini puchga chiqarishi aniq. Hazrat ham Enshteynning aynan bu gapini bekorga keltirmaganlar.
Dahriylikning qorong’u qasrida ulg’aygan xalq uchun bu haqiqiy inqilob edi. Chunki bu paytgacha ularning ongiga ilm-fan doimo dinga qarshi bo’lib kelgan degan narsani singdirishar edi.
Islom qanday din ekanligi isbotlangach,muallif Islomga kirgan kishi nimalarga ishonishi kerakligi-yu nimalarga ishonmasligi kerak,nimalar qilishi kerag-u nimalar qilishi kerak emas kabi savollarga birma-bir javob berib ketadilar. Albatta,bunda ham ilmiy manhaji bor,isbotlar va dalillar bilan gapiradilar.
Undan so’ng,ulug’vor Islomning buyuk kitobi bo’lmish Qur’oni Sharif borasida fikr yuritiladi.Undagi oyatlarning mo’jizakorligi,insonni aqlini shoshirib qo’yatigan darajada ilmiy haqiqatlarga tog’ri kelishi aytilib mana shuning o’zi uni ilohiy kitob ekanligiga dalil sifatida ko’rsatiladi.
Kitobning oxirgi,shu bilan birga eng qisqa qismida sunnat haqida gap ketadi.Unda Payg’ambarimizda qolgan qanday narsalarga sunnat deyilishi,hadislardagi insoniyatga foydasi teguvchi so’zlar haqida yozilgan.
Bor yo’g’i bir betgina bo’lgan xotimada muallif hazratlari ushbu kitob hali yo’lning boshidagi bir asar ekanigini ta’kidlab,qiladigan ishlar ko’pligini ham sanab o’tganlar.
Qiqacha qilib aytganda,bu kitobda insofli odam uchun Allohni borligini ilmiy va aqliy tushuniladigan qilib, hech qanday etirozlarga o'rin qoldirmay obyektiv bayon qilingan.
Kitob har bir mo’min-musulmon o'qishi va tushuna olshi uchun juda qulay qilib yozilgan. Ayniqsa dinda ikkilanib turgan birodarlarimiz ushbu kitobni o'qib o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga to’liq javob olishlari mumkin.Umid qilamizki,bu kitobni o'qib bo'lgach ularning oldida Islomdan boshqa maqbul variant qolmasligi shubxasizdir.
Toki,ushbu xayrli ishni davom ettirayotgan ekanmiz,Alloh taolodan ushbu ilmiy ishlarimizdagi harakatlarimizga baraka yog’dirishini so’rab duo qilib qo’yishingizni siz muxlislarimizdan iltimos qilib qolamiz.
©️"Qadrdonlar" ilmiy-ma'rifiy jamoasi