Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Muhlisa01/Chandir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chandir – etnotoponim. Oʻgʻuzlar tarkibidagi urugʻ. VIII-IX asrlarda ular Sirdaryoning oʻrta va quyi oqimi, Orol dengizining janubidagi choʻllarda yashagan. Chandirlarning bir qismi keyinchalik Movarounnahrga koʻchib oʻtib mahalliy aholi bilan qoʻshilgan, ikkinchi qismi hozirgi Turkmaniston hududiga kelib oʻrnashib turkmanlar bilan aralashib ketgan. XIX asr oxiri va XX boshlarida chandirlarning ayrim guruhlari yarim oʻtroq hayot kechirib, asosan chorvachilik, qolganlari qishloqlarda yashab dehqonchilik bilan shugʻullangan.

Manbalar:

Halim To`rayev: "Buxoro toponimikasi" Buxoro-2021