Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Muhlisa01/Grinvich Astranomik Rasadhonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

GRINVICH ASTRONOMIYA RASADXONASI — Buyuk Britaniyadagi ilmiy tatqiqod. muassasasi. Grinvichda asos solingan (1685). 1953-y. da Grinvich shaxridan 70 km janubiy sharqda joylashgan Xyorstmonso qasriga (15-a.) koʻchirilgan. Unda dastlab yulduzlarning oʻrinlarini koʻrsatuvchi yulduzlar jadvallarini tuzish va Oy harakatini aniqlash ishlari olib borilgan. 19-asrdan boshlab yulduzlar parallaksini (q. Parallaks) aniqlash, Quyosh yuzini izchil fotosuratga olish, fotogeliogrammalar yordamida Quyosh yuzidagi dogʻlar, mashʼallarning geliografik koordinatalarini oʻlchash va Quyosh yuzidagi hodisalarning tabiatini oʻrganish b-n shugʻullanadi. Grinvich astronomiya rasadxonasi passaj asbobi orqali oʻtgan meridian bosh meridian deb qabul qilingan (1884); geografik uzunlik (q. Geografik koordinatalar) shu meridiandan boshlab hisoblanadi. Grinvich astronomiya rasadxonasi meridian vaqgi dunyo vaqti deb qabul qilingan. Undagi asboblar: 28 dyuymli va 26 dyumli refraktor, 98 dyuymli reflektorlar va b.

Manba

https://qomus.info/oz/encyclopedia/g/grinvich-astronomiya-rasadxonasi/