Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Munira073

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Biotexnologiya – biologiya fanining tarkibiga kiruvchi 70 ta sohalardan biri bo’lib, tabiatda tirik organizmlarda boradigan assimiliyatsiya jarayonlarini o’rganib, ulardan foydalangan holda texnologiyada mahsulot ishlab chiqarish hisoblanadi.

Bu fan[tahrir | manbasini tahrirlash]

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu soha fan sifatida XX asrning 60- yillaridan rivojlana boshlagan. Lekin biotexnologik jarayonlar qadimdan insonlar tomonidan ongsiz ravishda qo’llanilgan hisoblanib, jumladan sutdan qatiq olishda, bug’doy donlarini kislorodsiz sharoitda achitib spirt, sirka kislota, uzumlardan esa vino olish va boshqa ko’plab jarayonlarda misol bo’ladi. Bunday jarayonlar asosida esa viruslar, bakteriyalar, zamburug’larning faoliyati yotadi.

Biotexnologik jarayonlarni yaxshi o’zlashtirish uchun, unga aloqador bo’lgan fanlarni yani mikrobiologiya, biokimyo, biofizika, gen muhandisligi, hujayra muhandisligi, immunologiya, enzimologiyalarni chuqurroq o’rganish zarur bo’ladi. Hozirgi kunda biotexnologiya soha vakillarining oldilariga qo’ygan asosiy vazifalari, tibbiyotda, farmatsevtikada, chorvachilikda va oziq-ovqat sanoatida kerakli bo’lgan moddalarni suniy ravishda tez va sifatli ko’p ishlab chiqarishni, kasalliklarni davolashni muammo sifatida qarab, ularga yechim topib, sanoat darajasiga ko’tarishdir. Bunda asosan biotexnologiyaning bir qancha asosiy yo’nalishlari misol bo’ladi.

Biotexnologiyaning asosiy yo’nalishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oziq – ovqat biotexnologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu oziq-ovqat tarkibiy qismlari, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonida ularning foydali xususiyatlarini oshirish uchun qo’llaniladigan yordamchi texnologik qo’shimchalar. Hozirgi vaqtda o’simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarning genetik modifikatsiyalash orqali genetik muhandislik usullari yordamida sun’iy ravishda o’zgartirilgan organizm (GMO) lar olish biotexnologiyasi ommalashgan.

Tibbiyot biotexnologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mikroorganizmlar faoliyati natijasida 6000 dan ortiq antibiotiklar sintez qilingan. Ulardan 100 dan ortig’i tibbiyotda qo’llaniladi. Oddiygina grippning oldini olishning samarali yo’llaridan biri oliy sifatli konsentrlangan interferonni ommaviy ravishda ishlab chiqarishini yo’lga qo’yishdir. Ilgari interferon donorqonidan olinar va ancha qimmatga tushardi. Hozirgi davrda interferon ishab chiqarish uchun javobgar genni bakteriyalarga o’tkazish orqali bakterial interferon ishlab chiqarildi va bir qator davlatlarda amaliyotda muvaffaqiyatli qo’llanilmoqda. Bugungi kunga kelib interferonga bo’lgan talab ortib, uning qo’llanilish sohasining yangi yo’nalishlari aniqlanmoqda.

Genetik biotexnologiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

[tahrir | manbasini tahrirlash]

O’zbekistonlik olimlar tomonidan yaratilgan ZF-UZ-2001 rekombinant oqsilga asoslangan vaksina virusi odam ACE-2 retseptorlariga birikib hujayra ichiga kiradi. ACE – 2 retseptorlariga birikadigan spike oqsilining RBD domeni ACE- 2 retseptorlari bilan birikadi. Aynan shu domenni kodlovchi genni sintezlab vektorga ulanadi, hosil bo’lgan vektor konstruksiyani CHO hujayralariga kiritgan (eukariot hujayra) ko’paytirilgan va tozalab olib vaksina sifatida ishlab chiqargan. Olimlarning izlanishlari natijasida pomidor DNK siga koronavirus S-oqsilining genini kiritilgan. Bemor vaksina pomidorni iste’mol qilgandan keyin u inson organizmiga kiradi va pomidor hujayralaridan immunitet hosil qiladigan antitanalar ajralib chiqadi.

Qishloq xo’jaligi biotexnologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloq xo’jaligi xom ashyosini qayta ishlash, energiya va suvdan foydalanish, qadoqlash jarayoni, chiqindilarni qayta ishlash issiqxona gazlari emissiyasi va barqarorlik masalalarini sanoat jarayoniga kiritishimiz kerak. Barqarorlik tushunchasi, ayniqsa oziq-ovqatda. Bu ko’p tarmoqli jarayon bo’lib, ijtimoiy manfaat, ekologik muvozanat va iqtisodiy potentsial ta’sirga muvofiq uch o’lchovda rejalashtirilishi kerak.

Atrof – muhit biotexnologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Atrof muhitni ifloslanishiga olib keladigan ifloslantiruvchi moddalarni zararsizlantirish, organik ravishda parchalanadigan suyuq va qattiq chiqindilardan biogaz va kompost ishlab chiqarish, og’ir uglevodorodlar bilan ifloslangan suv va tuproqning ekologik holatini yaxshilash, neftni qayta ishlatish, mikroorganizmlar yordamida atrof-muhitning ifloslanishiga olib keladigan moddalarni oldindan aniqlash bilan shug’ullanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. ‘’Biologiya 11-sinf ’’ darsligi. 2022. 136 - b.