Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Muslima24/Ketrin Xabbek

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ketrin Enn Xabbek
Tavalludi 1818-yil 7-iyul
Angliya
Vafoti 1877-yil 25-fevral
Geynsvil, Shahzoda Uilyam Davlati, Virjiniya

Ketrin Enn Xabbek (1818-yil 7-iyul – 1877-yil 25-fevral) ingliz roman yozuvchisi bo'lib, ser Frensis Ostinning (1774-1865) sakkizinchi farzandi va to'rtinchi qizi, shuningdek, ingliz roman yozuvchisi Jeyn Ostinning jiyani bo'lgan.

U turmush o'rtog'i Jon Xabbek betob bo'lib kasalxonaga ko'chirilgandan so'ng, o'zini va uch o'g'lini boqish uchun badiiy asarlar yozishni boshladi. U xolasining ba'zi tugallanmagan asarlarining nusxalariga ega edi. 1850-yilda Ostin taklif qilgan syujetni eslab, u Jeyn Ostinning "Uotsonlar" asarining yakuni bo'lgan "Singil" asarini yozadi. Keyingi o'n uch yil ichida u yana to'qqizta romanni yozib tugatadi.

Ketrin Xabbek eri ruhiy tushkunlik tufayli kasalxonaga yotqizilgandan keyin oilasini boqish uchun fantastik romanlar yozishni boshlagan.

U 1870-yilda AQSHning Kaliforniya shtatiga ko'chib ketib, u yerda ikkinchi o'g'li Eduard bilan yashadi. 1876-yilning kuzida Virjiniya shtatidagi Geynsvil shahriga ko'chdi va 1877-yil 25-fevral kuni pnevmoniyadan vafot etdi. Uning o‘sha paytda mashhur bo‘lgan romanlari hozir kamdan-kam o‘qiladi va ularni topish qiyin. Eng mashhur ijod mahsuli "Singil" romanidir.

"Singil" romani

[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Uotsonlar" asari bizga Jeyn Ostinning jiyani Jeyms-Ostin-Lining 1871-yilgi nashridan yetib kelgan, yozilishi 1804-yilda boshlangan bu asar yuqori baholangan, biroq uning tahriri to'xtab qolgani sababli asar tugallanmay qolgan. Ehtimol, bu 1805-yilda Ostinning otasi vafot etgani tufaylidir.

Uch bo'limdan iborat “Singil” romani , Jeyn Ostinning saqlab qolingan asar nusxalariga asoslanib emas, balki Xabbekning xotiralariga tayanib yozilgan bo'lishi mumkin. Bu fikrga kelishdan sabab, Kassandra Ostin oilasiga doimo singlisi Jeynning asarlarini o'qiganidir. Bu Ostin oilasining an'analaridan biri edi.

Bundan tashqari, "Singil" romanining dastlabki besh bobi1871-yildan beri taniqli "Uotsonlar" matniga qaysidir jihati bilan o'xshab ketadi. "Uotsonlar" va "Singil" asarlarini sinchiklab taqqoslash ularda ba'zi nomlar farqiga qaramay, juda katta o'xshashliklarni ko'rsatadi, biroq Jeyn Ostinning nafis va sergak uslubi o'rnini uning aniq nusxasi emas, balki faqat asosiy jihatlari bilan o'xshash boshqa matn oladi .

"Singil" romani (1850)

"Rafiqaning singlisi", shuningdek, "Taqiqlangan nikoh" nomi bilan ham tanilgan(1851)

"May va dekabr: turmush hayoti haqidagi ertak" (1854)

"Agnes Milburn", shuningdek ," Foy pour devoir" nomi bilan ham tanilgan (1856)

"Eski vikaraj" romani (1856)

"Hayot xatolari" (1863)

"Sevgi va burch"

"Raqib da'vogarlar "(1857)

Boshqa havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

[[Turkum:1877-yilda vafot etganlar]] [[Turkum:1818-yilda tugʻilganlar]] [[Turkum:Jeyn Ostin]] [[Turkum:19-asr Britaniya yozuvchilar]] [[Turkum:19-asr ingliz ayol yozuvchilar]] [[Turkum:Ingliz ayol roman yozuvchilari]] [[Turkum:Ostin oilasi]] [[Turkum:AQSHdagi ingliz emigrantlar]]