Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Muslima Sultanova/Fil Foden

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fil Foden

Filip Uolter Foden (2000-yil 28-may, Stokportda tugʻilgan), Fil Foden nomi bilan tanilgan, ingliz futbolchisi, Premer-liganing “Manchester Siti” klubi va Angliya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.


Klub karerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Foden bolaligidan “Manchester Siti”ga muxlislik qilgan va sakkiz yoshida klub akademiyasiga qo‘shilgan. 2017/18 yilgi mavsum boshlanishidan oldin u "Siti" bilan AQSh bo'ylab mavsumoldi gastrol safarida bo'ldi. Tur doirasida u asosiy tarkibdagi ilk o‘yinini “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘tkazdi. O'yindan so'ng bosh murabbiy Xosep Gvardiola Foden haqida yuqori fikrlarni bildirdi: «Men uzoq vaqtdan beri bunday narsani ko'rmagandim. Uning o'yini yangi bosqichda edi".

2017-yilning 21-noyabrida u 17 yoshu 177 kunligida “Siti”ning asosiy tarkibida Yaya Ture o‘rniga Chempionlar ligasi doirasida “Feyenoord”ga qarshi o‘yinda debyut qildi. 2017-yilning 16-dekabrida u Premer-ligadagi debyutini o'tkazdi va "Tottenxem"ga qarshi o'yinda Ilkay Gyundogan o'rniga maydonga tushdi.

Jamoa karerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

•2015-yilning 29-oktabr kuni u 16 yoshgacha bo‘lgan Angliya terma jamoasi safida gollandiyalik tengdoshlariga qarshi o‘yinda debyut qildi.

• 2016 yildan Angliyaning 17 yoshgacha bo'lgan terma jamoasi a'zosi. 2017 yilda terma jamoa tarkibida Yevropa chempionati (finalgacha yetib borgan) va jahon chempionatida ishtirok etgan. U o'z jamoasiga jahon chempionatida g'alaba qozonishda yordam berdi va "Oltin to'p"ni qabul qilib, turnirning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. 2017 yilda Foden BBCning har yili eng yaxshi yosh sportchiga beriladigan mukofotini oldi.

• 2019 yilning yozida Fil Italiyada bo'lib o'tadigan 21 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etish uchun Angliyaning 21 yoshgacha bo'lgan terma jamoasiga taklif qilindi. Guruhdagi birinchi o‘yinda Fransiyaga qarshi kechgan bahsda u 54-daqiqada gol urdi, ammo jamoasi 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

•2020-yil 5-sentabrda u Angliya terma jamoasi safida Islandiyaga qarshi UEFA Millatlar ligasi o'yinida debyut qildi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1]

  1. Habibullayev, Alimulla. Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi (1949 — 2022-yillar). Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, 2022 — XYZ bet.