Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Mutalipovam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Salomlashish odobi

Аgar inson yaxshi xulq sohibi bo`lsa, u birga teng.  Agar inson husn sohibi bo`lsa, birning yoniga nolni qo`sh, o`nga teng bo`ladi. Agar inson boy bo`lsa, yana bir nolni qo`sh va mingga teng bo`ladi. Agar nasl-nasabli bo`lsa yana nolni qo`sh o`n mingga teng bo`ladi. Agar bir raqami, ya`ni xulq  yo`q bo`lib ketsa, insonning qiymati yoqqa chiqib, nollarning o`zi qoladi. Xulosa qiladigan aytadigan bo`lsak, insonni boshqa mavjudotlardan ajratib turadigan narsaning biri ong bo`lsa, ikkinchisi nutqdir. Nutqning ko`rki esa bu salomlashish [1] hisoblanadi.


Odobning birinchi belgisi ham salomlashish ekanligi hech birimizga sir emas. Yer yuzidagi barcha millat va elatlar o`zlarining salomlashish usuliga ega. Barcha xalqning salomlashish bilan bog`liq bo`lgan o`z urf-odatlari mavjud. Butun dunyoda salomlashmaydigan yoki salomlashish qoidalari mavjud bo'lmagan davlatni o`zi yo'q. Misol uchun: hindlar qo'l kaftlarini birlashtirgan holda peshonalariga tirab, qadimgi rimliklar qo'l siqib, yaponiyaliklar egilgan holda, afg'onlar yuzlarini yuzlariga surgancha salomlashsa, inglizlar bosh kiyimini yengil olgancha salomlashishadi. Biz o'zbeklarda esa salomlashish yosh va maqomga bog'liq. Ayollar odatda quchoqlashib, yelka qoqishib yoki ba'zida o'pishib ko'rishsalar, yoshi ulug' insonlar kichik yoshdagi qizaloqlarni "Qoqindiq, umringdan baraka top", "Baxtli bo'l" kabi so'zlar bilan erkalab qarshilashadilar. Erkaklarning odati esa biroz ayollarnikidan farq qiladi. Ular bir-biri bilan qo'l berib, qo'l olishib ko'rish usulidan foydalanishadilar. Vaqti vaqti bilan esa ular ham quchoq ochib ko'rishadilar, ayniqsa yaqinlarini uzoq vaqt oralig`ida ko'rmaganda. Yozuvchi G'afur G'ulomning tasvirlashishicha tarixda qabila beklari bir-biri bilan qo'l olishib, quchoqlashib salomlashganlar. Buning ma'nosi esa do'stona ekanligi, qo'llarida qurol yo'qligi, bag'ri kengligini bildirgan. Ko'rib turganingizdek, to'g'ri salomlashish nafaqaf odob belgisi va yana bilmagan insonlaringiz bilan muloqot boshlashning eng yaxshi yo'lidir. Tanimagan insonga salom berib, keyin muddaoga o'tish o'rtadagi begonasirash, xavfsirash shu kabi tuyg'ularni yo'qolishiga hamda gapga-gap qovushishiga yordam beradi.


Yuqoridagi salomlashish turlari bilan bir qatorda, yosh yigit-qizlar uchun bir necha salomlashish odoblari  mavjud. Ular salom berganda tabassum bilan, oldida kelayotgan insonga 3-4 qadam qolganda va ayniqsa "Assalomu alaykum" [2] so'zini dona-dona qilib aytishlari lozim. Zero, Hadisi sharifda aytilganidek "So'zlamoqchi bo'lgan inson chiroyli va to'g'ri so'zlarni tanlab gapirishga harakat qilishi kerak. Toki uning gapini eshitgan kishi so'zlarning go'zalligidan zavqlansin. Biroq, achinarlisi shundaki, bugungi kunda ko'plab yoshlar salomlashish qoidasini eng kamida bittasiga ham rioya qilmayaptilar. "Assalamu alaykum" so'zini o'rniga varvarizm(maʼlum bir tilga chet tillardan kirib kelgan, tilda toʻla oʻzlashmay, yotligi bilinib turadigan soʻz va iboralar) so'zlaridan foydalanishni afzal ko'rmoqdalar. Bu vaziyatda katta yoshdagilar, avvalo ota-onalar farzandini odobga chaqirishi kerak. Chunki ota-onalar farzandining odob qoidalariga rioya qilishi uchun mas'ul shaxslar hisoblanadi  Ular farzandlariga salomlashish qoidalarini o'rgatishga majburdirlar. Abdulloh ibn Abbos: "Har bir narsaning nihoyasi bor, salomning nihoyasi barokatdir" deb aytganlar. Unga ko'ra, tanigan-tanimaganga salom berish esa ochlarni to'ydirish kabi eng yaxshi amal hisoblanadi.


  1. salomlashish
  2. "Assalamu alaykum"

Foydalanilgan manbalar: