Foydalanuvchi:Nafosatxon Otabekovna/CVS Health
Sobiq nomi |
|
---|---|
Turi | Tijoriy |
Tarmogʻi | |
Egasi | Melville Corporation |
Qachon asos solingan | 1963Lowell, Massachusetts, AQSh |
Joylashuvi | Woonsocket, Rhode Island, AQSh |
Asoschi(lari) | Stanley Goldstein, Sidney Goldstein, Ralph Hoagland |
Aylanma daromadi | AQSh$357,8 mlrd (2023) |
Operatsion foydasi | AQSh$13,74 mlrd (2023) |
Kapitallashtirish | AQSh$249,7 mlrd (2023) |
Sof foydasi | AQSh$76,64 mlrd (2023) |
Ishchilar soni | 300,000 (2023) |
CVS Health — Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi retsept boʻyicha dori vositalarini yetkazib beruvchi eng yirik kompaniyalardan biri. Kompaniya 9900 ta dorixonani va 1100 ta ambulatoriya tarmogʻini boshqaradi. 2018-yilning noyabrida u Aetna sugʻurta kompaniyasini 70 milliard dollarga sotib oldi. Kompaniyaning bosh ofisi Rod-Aylend shtatidagi Vunsoket shahrida joylashgan. Forbes Xalqaro 2020-2021-yil uchun dunyodagi eng yirik ommaviy kompaniyalar roʻyxatida 37-oʻrinni egalladi (aylanma boʻyicha: 6-oʻrin, sof daromad boʻyicha: 73-oʻrin, aktivlar boʻyicha: 170-oʻrin va bozor kapitallashuvi boʻyicha esa 143-oʻrin)[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Birinchi doʻkon (CVS) 1963-yilda Massachusettsda ochilgan. Keyingi yili esa ular shahar boʻylab 17 ta yangi doʻkon ochishgan. Dastlab, bu doʻkonlar kosmetik mahsulotlar sotishgan. Ammo, 1967-yildan boshlab ular dorixona faoliyatiga oʻtishgan. 1969-yilda CVS doʻkonlar tarmogʻi Melville korporatsiyasi tomonidan sotib olindi. 1996-yilda uning shoʻba korxonasiga aylandi. Bu vaqt ichida doʻkonning tarmogʻi boshqa shtatlarda sezilarli darajada kengaydi. 1996-yilda CVS Melville korporatsiyasidan Nyu-York fond birjasida alohida oʻringa ega boʻlgan, yagona kompaniyaga aylandi. Keyingi 10 yil ichida kompaniya boshqa dorixona tarmoqlarini sotib olish orqali oʻsdi. 2006-yilga kelib u MinuteClinic poliklinikalar tarmogʻini sotib oldi.
2007-yilda CVS korporatsiyasi Caremark Rx bilan birlashib, CVS Caremark — 1979-yilda uyda tibbiy xizmat koʻrsatish kompaniyasi sifatida tashkil etilgan. 1991-yilda kompaniya bemorlarni kompaniya xizmatlaridan foydalanishga majburlagan shifokorlarga 160 million dollar jarimaga tortildi (har bir bemor uchun 75 dollar). 1996-yilda Caremark MedPartners bilan Caremark Rxni tashkil qilish uchun birlashdi. 2008-yil 12-avgustda CVS Caremark Longs dorixonalarini sotib oldi. Bitim summasi 2,9 milliard AQSh dollarni tashkil etdi. Sotib olingan kompaniya ikkita eng jadal rivojlanayotgan shtatlarda — Nevada va Arizona, shuningdek, Kaliforniya va Gavayida 521 ta dorixonaga egalik qilardi[2]. 2014-yilda kompaniya oʻz nomini CVS Healthga oʻzgartirdi. Shu yilning oʻzida CVS Health doʻkonlarida sigaret va boshqa tamaki mahsulotlarni sotishni toʻxtatdi. 2017-yil dekabr oyida AQShning eng yirik tibbiy sugʻurta kompaniyalaridan biri Aetna kompaniyasini sotib olish boʻyicha kelishuvga erishildi. Qariyb 70 milliard dollarga baholangan bitim 2018-yilning noyabrida yakunlandi[3].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qoʻshma Shtatlardagi dori vositalari savdosining 27,1 foizi kompaniya hissasiga toʻgʻri keladi. 2020-yilda daromad 268,7 milliard dollarni tashkil etdi, jumladan: mahsulotlarni sotishdan 190,7 milliard dollar; sugʻurta mukofotlari 69,4 milliard dollar; tibbiy xizmatlardan 7,9 milliard dollar va investitsion daromadlardan 0,8 milliard dollar. Shuningdek, kompaniya sugʻurta toʻlovlaridan 55,7 mlrd foyda koʻrgan.
2005 | 2010-yil | 2011-yil | 2012-yil | 2013-yil | 2014-yil | 2015-yil | 2016-yil | 2017-yil | 2018-yil | 2019-yil | 2020-yil | 2021 yil | 2022-yil | |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Aylanma | 37.01 | 95,77 | 107.1 | 123.1 | 126.8 | 139.4 | 153.3 | 177.5 | 184.8 | 194.6 | 256.8 | 268.7 | 292.1 | 322.5 |
Sof foyda | 1,225 | 3.424 | 3462 | 3864 | 4592 | 4,644 | 5.237 | 5.317 | 6,622 | −0,594 | 6,634 | 7179 | 7910 | 4.149 |
Aktivlar | 15.25 | 62.46 | 64.85 | 65.47 | 70,55 | 73.20 | 92.44 | 94.46 | 95.13 | 196.5 | 222.4 | 230.7 | 233,0 | 228.3 |
MinuteClinic
[tahrir | manbasini tahrirlash]MinuteClinic tibbiy klinikasi Amerika Qoʻshma Shtatlarida oʻz faoliyatini yuritadi. Bu Qoʻshma Shtatlardagi eng yirik tibbiy klinika hisoblanadi.
CVS Specialty
[tahrir | manbasini tahrirlash]CVS Specialty — bu murakkab va qimmat dori terapiyasini talab qiladigan surunkali yoki genetik kasalliklarga chalingan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan dorixona boʻlimi. CVS Health 24 ta ixtisoslashtirilgan dorixona va 11 ta maxsus yetkazib berish dorixonasini boshqaradi. U Qoʻshma Shtatlardagi eng yirik maxsus dorixonaga aylandi.
Longs Drugs
[tahrir | manbasini tahrirlash]Longs Drugs — bu Gavayi shtati boʻylab taxminan 40 ta dorixonaga ega chakana dorixonalar tarmogʻi. Kompaniya 2008-yil oktyabr oyida CVS Health tomonidan sotib olingan. Dorixona alohida brend ostida oʻz faoliyatini amalga oshiradi[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „CVS Health (CVS)“ (en). Forbes. 2021-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-noyabr.
- ↑ „Руководство Longs Drug Stores рекомендует инвесторам принять предложение CVS“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 22-iyul.
- ↑ „CVS-Aetna Merger Wins Antitrust Approval From Judge“ (en). The New York Times (2019-yil 4-sentyabr). 2021-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-noyabr.
- ↑ „Annual Report 2020 on SEC Filing Form 10-K“ (en). CVS Health Corporation (2021-yil 2-aprel). 2021-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-noyabr.
- ↑ „CVS Health Financial Statements 2005-2019 - CVS - MacroTrends“ (en). 2021-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-noyabr.
- ↑ „CVS Caremark Reports Successful Tender Offer for Longs Drug Stores Shares“. 2016-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 21-oktyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kompaniyaning rasmiy sayti(ingl.)