Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Navro'z2000/Uyg’ur atamasi haqida

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sharqshunos olim  Yusuf  Ziyo Shirvaniyning  ta’biri  bilan aytganda , “Uyg ‘ur xalqi turk  xalqlari  ichida eng  qadimiy  xalq bo ‘lib, miloddan  ikki  ming yil  avval  o ‘zlarining mukammal  yozuvlari  va mustaqil  alifbosini  yaratgan” . Uyg’ur xalqining  Markaziy Osiyo  xalqlari  tarixidagi o’rnini  tarixchi  Ablad  Xo’jayev  quyidagicha  ifodalaydi “ Uyg’urlar turkiy  xalqlar ichidagi eng qadimiylaridan biri ekanligini va ularning dunyo svilizatsiyasi, Markaziy  Osiyo, xususan  Buyuk ipak  yo’li  tarixida muhim  o’rin tutkanligi  juda  ko’p olimlar  tomonidan  e’tirof etilgan.  Biroq,  hozirgi  zamonda  bu  xalq o’z  davlatiga  ega bo’lmagan  va  dunyoning ko’p  qismida  uchrab turadigan  nufuzli  xalqlar qatoridan  joy  olgan. Shu  sabab  uyg’urlar tarixi  ko’p  olimlar diqqat  markazida bo’lgan  va   ularning e’tiborini  hanuzgacha  jalb etib  kelmoqda”. Uygurlar  tarixini boshlashda  dastlab  uyg’ur so’zining  ma’nosiga  to’xtalish maqsadga  muvofik  bo’lsa kerak. uyg’ur  atamasining lug’aviy  ma’nosi  haqida dunyo  olimlari  o’rtasida har xil  fikrlar  mavjud deya  Ablad   Xo’jayev quydagi  ma’lumotlarni  berib o’tadi. “ uyg’ur  etnonimi  birikish ma’nosiga  ega  bo’lgan “uy”  so’ziga  qadimiy turkiy tilda  so’z  tuzishda ishlatiladigan “g’ur” qo’shimchasini qo’shish  natijasida  kelib chiqqan. Buning  isboti sifatida uyg’ur tilidagi  “ting’ur”, “qurg’ur”, “bo’lg’ur”, “uyg’onmag’ur” kabi  so’zlar keltiriladi. Ikkinchi  fikrga  ko’ra, uyg’ur etnonimi o’g’uz  atamasidan kelib  chiqqan. Mazkur  ilmiy nuqtai  nazarning  mualliflaridan  biri yevropalik  olim V.Tomson bo’ladi. Tayvanlik  olim Lyu  Yitang  ham  bu tahminni  asosli  deb  hisoblaydi. U turk  tilida  yozilgan uyg’ur  xoqonlariga oid  bitiklarda “o’g’uz  mening xalqimdir”, degan  ibora ko’p uchrashini inobatga  olib  V.Tomsonning “ushbu  fikrini shubhasiz “, deb ta’kidlaydi. Uchinchi  fikr  tarafdorlari uyg’ur  etnonimi xur etnonimining oldiga  birikish ma’nosini anglatuvchi “uy” so’zini qo’shish  asosida  shakllangan, deb hisoblaydilar. Ular  qadimiy Xitoyning shimoliy  va  g’arbiy tomonida yashagan  barcha xalqlarni xitoylar umumiy  holda “uyxo’r” deb nomlanishini asos  sifatida qo’llaydilar.  To’rtinchi  nuqtai nazarga  ko’ra, uyg’ur  etnonimi “xuzxur” so’zidan, ya’ni “o’z kuchi bilan  o’zini boqa  oladiganlar” ma’nosiga ega  bo’lgan so’zdan kelib chiqqan.

Uy’urlar, darhaqiqat, o’g’uz turklaridin bir firqadir. Lekin juda eski  jamoa  va eskidin  turklarning  eng madaniyatlilaridin deyiladi. Ayrim fikrlarga  ko’ra, uyg’ur  atamasi miloddan  anccha oldin paydo bo’lgan. Chunonchi, tayvanlik  tarixchi  Lyu Yitangning  “Uyg’urlarga  oid tadqiqot” nomli  kitobida har  xil manbalardan  terib  olingan bir  qator tahminlar, tahlillar va  rivoyatlar  keltiriladi. Ularning  biriga ko’ra, atamaning paydo  bo’ishi Aleksandr  Makedonskiy  davri bilan  bog’liq. Yuqorida  aytib o’tilganidek, buyuk lashkarboshi  sharqqa  yurish qilganida, uning  oldiga  4  ming chavandoz  uyg’ur  bo’lgan ekan..  Bu  haqida Turg’un Olmosning  “Uygurlar” nomli  kitobida  ham ma’lumotlar  uchraydi.

Boshqa  bir  rivoyatga ko’ra, uyg’ur  nomi  O’g’uzxon tomonidan  uni  qo’llab-quvvatlagan  jangovar lashkarlarga  berilgan. Keyinchalik  bu lashkarlar avlodlari  uyg’urlar  deb atalgan. Uyg’ur  etnonimi xitoy  manbalarida  uchraydigan  xu  atamasidan kelib  chiqqan, degan  fikr ham  haqiqatdan  uzoq emas..  Lyu   Yitangning xulosalariga  ko’ra, uyg’ur  atamasi aslida  bir  avloddan tashkil topgan  qabilaning  nomi bo’lgan. Keyin  u  yiriklashib va  kuchayib,  qabilalar ittifoqiga  aylangan. Oxirida  bu  qabilalar  bir   millatni tashkil  etgan. . V.Tomson  degan olim  uyg’ur  atamasi aslida  xonlik  nomi bo’lganligi,  keyinchalik  u o’z  fuqarolarining  nomiga aylangan, degan  fikrining  asossiz ekanligiga  amin  bo’lgan. Uyg’ur  so’zi va uning  kelib chiqishi  haqida turli  xil  fikrlar mavjud.