Foydalanuvchi:Navruz1202/Baden vyurtenberg
BADEN-VYURTEMBERG — GFRning jan.-gʻarbidagi yeri. Mayd. 35,7 ming km2. Aholisi 9,8 mln. kishi (1991). Maʼmuriy markazi — Shtutgart sh. B.-V. yer yuzasi oʻrtacha balandlikdagi togʻlar, Reyn va Dunay daryolari havzasida. Relyefi pasttekislik (Yuqori Reyn), qirlar, oʻrmonli togʻlar (Shvarsvald), soyliklardan iborat. Jan. da Boden koʻli bor. Yiliga 700 mm yogʻin yogʻadi. Asosiy daryolari Reyn va uning bosh irmogʻi Nekkar, jan.-sharqida Dunayning bosh qismi oqib oʻtadi. Sanoati rivojlangan. B.-V. hududida toshtuz (Xeylbronn) va kaliy tuzi (Freyburgdan jan. da), temir rudasi (Shvabiya Albi) va polimetall rudalari (Shvarsvald), neft hamda gaz (Yuqori Reyn pasttekisligi) qazib chiqariladi. Bir qancha GES qurilgan. Mashinasozlik, ayniqsa avtomobilsozlik, elektrotexnika, q. x. mashinasozligi, kemasozlik, aviaraketa (Shtutgart, Mangeymda), stanoksozlik va vagonsozlik (Fridrixsxafenda) sanoatlari rivojlangan. Toʻqimachilik, kimyo, poligrafiya, neftni qayta ishlash sanoatlari ham bor. Togʻli joylarida soatsozlik va zargarlik hamda muzika asboblari ishlash taraqqiy qilgan. Q. x. da koʻproq donli ekinlar, qand lavlagi, tamaki va qulmoq yetishtiriladi. Yuqori Reyn, Nekkar vodiysi va Boden koʻli sohilida tokchilik rivojlangan. Yirik shaharlar atrofida sut chorvachiligi yetakchi oʻrin tutadi. Reyn, Nekkar daryolarida va Boden koʻlida kema qatnaydi. B.-V. da mashhur Baden-Baden va Badenveylar balneologik kurortlari mavjud. Geydelberg, Freyburg va Tyubingenda un-tlar bor.
Manba