Foydalanuvchi:Navruz1202/Gryunvald jangi
Qiyofa
GRYUNVALD JANGI — Gryunvald va Tannenberg qishloqlari (Sharqiy Prussiya) yaqinida, buyuk magistr Ulrix fon Yungingen rahbarligidagi nemis Tevton ordeni qoʻshinlarini (nemis, fransuz va b. ritsarlar, ingliz, shveysariyaliklar harbiy qismi) Polsha qiroli Vladislav III Yagello (Yagaylo) qoʻmondonligi ostidagi polyaklitva-rus armiyasi (uning tarkibida shuningdek valax, chex, moraviyaliklar, venger va tatar harbiy qismlari boʻlgan) tomonidan qurshovga olinib tor-mor keltirilishi (1410-y. 15 iyul). G. j. Tevton ordenini Sharqqa tomon yurishiga chek qoʻygan.
Manba