Foydalanuvchi:NrWikie/Marty McFly
Martin Seamus " Marti " Makflay - badiiy qahramon va <i id="mwDA">"Kelajakka qaytish"</i> franshizasining bosh qahramoni . U Kaliforniyaning Xill vodiysidagi xayoliy shaharchada yashovchi o'rta maktab o'quvchisi bo'lib, u tasodifan vaqtlar aro sayohatchiga aylanadi va o'zining olim do'sti Emmett Braun DeLorean vaqt mashinasini ixtiro qilganidan keyin o'tmishdagi tarixni o'zgartiradi.. Film seriyalari Robert Zemekis va Bob Geyl tomonidan yaratilgan. Film trilogiyasida bosh qahramon kanadalik aktyor Maykl J. Foks tomonidan tasvirlab berilgan. " Kelajakka qaytish " Fox studiyasini kino yulduzi sifatida taniltirdi, bu film 1985-yilda chiqganidan so'ng uning tijoriy muvaffaqiyati va mashhurligi yuqori darajaga yetdi. Marti 1989-yilda "Kelajakka qaytish" 2-qism va 1990 yilda "Kelajakka qaytish III qism" nomli ikkita davomiy filmlar orqali yana fil sanoatiga qaytdi.
Kelajakka qaytish filmini suratga olish jarayonida, Erik Stolts dastlab rolga tavsiya qilingan, ammo uning o'rnini Fox egallagan. Boshqa turli aktyorlar ommaviy axborot vositalarida personajni tasvirlagan yoki unga ovoz bergan. Animatsion seriyada Devid Kaufman qahramonga ovoz bergan va Telltale Games tomonidan ishlab chiqilgan va nashr etilgan video o'yinda u A. J. LoCascio dublyajda unga ovoz bergan, Fox esa kelajakdagi hamkasblari bilan bi qatorda vokal bo'yicha qisqa metrajli filmlarda qatnashdi. Olli Dobson filmdagi sahna musiqiy moslashuvida o'ynagan West end, Casey Likes uni Broadway da rol o'ynaydi.
Rivojlanish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kontseptsiya va yaratilish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kelajakka qaytish uchun kontseptsiya ikki muallifl Robert Zemeckis va Bob Geyl fikridan kelib chiqqan,ular vaqt sayohati haqida film suratga olishni xohlashgan. Geylning aytishicha, bu voqea otasining o'rta maktab yillaridagi eski kitobini topgandan keyin paydo bo'lgan va o'ziga "agar biz maktabda birga bo'lganimizda do'st bo'larmidik? deua savol bergan "Bolalar ota-onalari ham bir vaqtlar yosh bo'lgani va shuningdek, odamlar o'z taqdiri uchun mas'ul ekanligini shunda anglab yetadi.[1] Gale va Zemeckis kelajak tez-tez ommaviy axborot vositalarida noto'g'ri tarzda tasvirlanganligini ko'rsatadi va qahramonlar tarixni o'zgartira olishini ko'rsatadigan film suratga olishni ajoyib deb o'yladim.[2]
Geyl va Zemeckis o'z kontseptsiyani Ishlatilgan avtomobillar (1980) ustida ish olib borayotganda o'ylay boshladi. Ular ota-onalari bilan birga bo'larmidi, degan savolga javob berishning iloji yo'q, deb qaror qilishdi, chunki ularning ota-onalari haqidagi tasavvurlari hech qachon o'zgarmaydi. Hikoya kontseptsiyasini bayon qilgandan so'ng, ular MakFly oilasining tafsilotlarini tarix orqali to'ldirishga e'tibor berdi. Ular har bir sahnani rejalashtirish uchun e'lonlar taxtasiga mahkamlangan indeks kartalaridan foydalangan, so'ngra tafsilotlar va dialogni ishlab chiqgan. Jarayonning bir qismi 1980-yillarda yosh odam nimani qabul qilishini aniqlashni o'z ichiga oldi va ular buni davrlar orasidagi madaniy farqlarga asoslangan holda hazillar uyg'unligida suratga oldi. Bu juda qiyin bo'ldi, chunki ularning hech biri 1950 yoki 1980-yilda katta yoshda bo'lmagan. [3]
Xususiyatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Marti Makflay - "Kelajakka qaytish" qahramoni bo'lib, u 1985-yilda bo'lib o'tgan xayoliy shaharcha, Kaliforniyaning Hill Valley shahrida tug'ulib o'sgan [4] U o'ziga ishongan o'smir edi, o'rta maktabda o'qiydi va rok yulduzi bo'lishni orzu qila boshlaydi. Shuningdek, u turli shaxsiy muammolari mavjud oilada yashaydi. [5] U Jorj Makflay va Lorreyn Beyns-Makflayning uch farzandining eng kichigi edi. Uning akasi Deyv Makflay va singlisi Linda Makflay bilan birga yashaydi . Martining sevgilisi Jennifer Parker va uning eng yaxshi do'sti Emmett Braun hisoblanib, olimni Marti va Jennifer "Doc" deb chaqirishardi. [6] Uchinchi filmda Marti 1885-yilda irlandiyalik muhojirlar hisoblangan o'z bobosi va buvisi Seamus va Meggi bilan uchrashadi. U, shuningdek, ularning go'dak o'g'li Uilyam, Martining bobosi bilan ham uchrashadi. [7] Filmda hech qachon aniq tushuntirilmaganiga qaramay, Geyl Marti o'zining do'sti Dok Braun bilan 14 yoshida Braun xavfli jinni ekanligini eshitganidan keyin uchrashganini tasdiqlaydi. Marti qiziquvchan edi, shuning uchun u Docning laboratoriyasiga yashirincha kiradi va uning ixtirolaridan hayratga tushdi. Doktor unga o'z tajribalarida yordam berishga ruxsat berdi va ularning do'stligi shundan so'ng boshlandi. [8]
- ↑ Gilbey, Ryan. „How we made Back to the Future“ (en-GB). The Guardian (2014-yil 25-avgust). Qaraldi: 2024-yil 14-iyul.
- ↑ Holleran. „Brain Storm“. Box Office Mojo (2008-yil 6-dekabr). 2008-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-iyul.
- ↑ Fein, Esther B.. „THREE NEW FILMS: FROM VISION TO REALITY“ (en-US). The New York Times (1985-yil 21-iyul). 2017-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.
- ↑ „'Back To The Future' Fans Transform Town Into Hill Valley - CBS Detroit“ (en-US). www.cbsnews.com (2015-yil 22-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 13-iyul.
- ↑ Nissley. „'80s Movie Characters Who are Still Relatable Today“ (en). MovieWeb (2023-yil 12-mart). Qaraldi: 2024-yil 13-iyul.
- ↑ „'Back to the Future' cast: Where are they now?“ (en). EW.com. Qaraldi: 2024-yil 13-iyul.
- ↑ Cotter. „Every McFly Played By Michael J. Fox In The Back To The Future Trilogy“ (en). ScreenRant (2022-yil 3-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 13-iyul.
- ↑ Nicholson. „How Marty McFly Met Doc Brown“ (en). IGN (2011-yil 17-avgust). Qaraldi: 2024-yil 13-iyul.