Foydalanuvchi:Nurbek13promax/Brunelliskiy
BRUNELLESKI (Brunelleschi) Filippo (1377 — Florensiya — 1446.15.4) — italiyalik meʼmor, haykaltarosh, olim. Uygʻonish davri meʼmorligi va kelajak aks etgan meʼmoriy nazariya asoschilaridan. Ijodini haykaltaroshlikdan boshlagan. Qad. meʼmoriy anʼanalardan yangicha yondoshib foydalangan. 1420—36 y. lari SantaMariya del Fyore sobori (diametri 42 m ga yaqin) gumbazini yaratgan. Brunelleski kurgan Tarbiya uyi (loyihasi — 1419) va SanLorenso cherkovining sakristiyi (ibodat kiyimlari va asbobanjomlari saqlanadigan bino), Ospedale deli Innochenti (1421—44)da Uygʻonish davri meʼmorlik sanʼatining badiiy anʼanalari oʻz ifodasini topgan. Brunelleski 1429—30 y. larda SantaKroche cherkovi hovlisidagi Passi kapellasini bunyod etdi, turli yillarda SanLorenso va SantoSpirito cherkovlarining interyerlarini qayta qurdi. Brunelleski asarlari obrazlarining garmonik yorqinligi, nisbatlarining qatʼiyligi, qurilish usullarining mukammalligi bilan ajralib turadi.
Manba