Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Nuriddin Mahmudiy/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toshkent shahri
Joylashuv O'zbekiston Respublikasi
Eng katta shahar Yunosobod tumani
Rasmiy til(lar) O'zbek
Boshqa tillar Rus
Etnik guruhlar
O'zbek, Qozoq, Qirg'iz, Turkman
Din
Islom
Aholi
• Roʻyxat
2 700 000 kishidan ortiq

Toshkent – Oʻzbekiston poytaxti.

Hozirgi Toshkentning Qorasuv, Salor va Joʻn arigʻidan sugʻoriladigan janubiy qismida shunday ibtidoiy dehqonchilik madaniyati tashkil topgan. Toshkentning bu ibtidoiy dehqonchilik madaniyatining izlari dastavval shahardan 30 km janubida Burganlisoy yoqasida topilib, tadqiq etilgani tufayli tarix fanida u Burganli madaniyati nomi bilan mashhur boʻlgan.

Milloddan avvvalgi 6—4 asrlarda Qorasuv, Salor va Joʻn arigʻi yoqalarida dastlab ilk qishloqlar qad koʻtargan. Shulardan biri Joʻn arigʻi boʻyidagi Shoshtepaning ostki qatlamidan qazib ochilgan qalʼa xarobasidir. 1980—82 yillarda olib borilgan qazish ishlari uning mil. av. 6—4-asrlar va 2—1-asrlardagi rivojlanish bosqichlarini aniqlashga imkon berdi. Bir tomoni Joʻn arigʻiga yondoshgan bu qadimgi joy atrofi dastavval tuproq, marza bilan oʻralib, qalʼa, istehkom qiyofasini olgan.

SSSR davrida Toshkent

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent SSSRning asosiy markaziy boshqaruv nuqtasi edi. 1916-yil iyulda Toshkent mehnatkashlari oq podshoning mardikorlikka olish haqidagi farmoniga qarshi qoʻzgʻolon koʻtardi (qarang:Mardikorlik).

Rossiyada Oktyabr toʻntarishi haqidagi xabar Toshkentga yetib kelgach, bolsheviklar va soʻl eserlar hokimiyatni zoʻravonlik yoʻli bilan egallash uchun kurashdilar. 1917-yil 28-oktabrda Bosh temir yoʻl ustaxonasining mahalliy millatga mansub boʻlmagan ishchilari hamda askarlar qoʻzgʻolon boshladilar. Ular temir yoʻl deposi, tovar omborlari, 1Sibir polki kazarmalarini ishgʻol qildilar. Shahar markazi qoʻzgʻolonchilar qoʻliga oʻtdi. 1 (14) noyabrda Tuproqqoʻrgʻon ham ishgʻol qilingach, Toshkentda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi. Shu tariqa Toshkentda Rossiyadan badargʻa qilingan bolsheviklar 1917-yil 1-noyabrda temir yoʻl masterovoylari yordamida toʻntarish oʻtkazib hokimiyatni egalladilar. 1918-yil 30-aprel dan Toshkent Turkiston ASSRning poytaxti deb eʼlon qilindi. 1924-yilda Oʻzbekiston poytaxti Samarqandga koʻchirildi. 1930-yildan Toshkent yana poytaxt boʻldi.

Sovet hukumati yillarida Toshkent mahallalari boshlangʻich maʼmuriy birlik shaklida saqlanib qoldi, biroq ularning vazifalari koʻp tomondan cheklab qoʻyildi.

Sovuq urushi davrida Toshkent

[tahrir | manbasini tahrirlash]

II jahon urushigacha boʻlgan davrda Toshkentda bir qancha sanoat korxonasi — tikuvchilik, tamaki, poyabzal fabikalari, toʻqimachilik kombinati, metallsozlik, mashinasozlik zavodlari va b. qurildi. Boʻzsuv, Qodiriya, Boʻrijar GESlari bunyod qilindi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Toshkent sanoati butunlay frontga xizmat qildirildi. Sanoat 1943-yilda 1940-yildagiga nisbatan 3 barobar koʻp mahsulot berdi. Urush yillarida nemislar okkupatsiya qilgan viloyatlardan evakuatsiya qilingan 300 ming kishi, shu jumladan, 200 mingga yaqin bola Toshkentga joylashtirildi. 1930—40 yillarda Toshkentda asosan, qishloq xoʻjaligi.ni texnika bilan taʼminlashga qaratilgan ogʻir sanoat tarmoklari tez surʼatlar bilan rivojlantirildi. Yirik sanoat korxonalari — „Uzbekqishloqmash“, ekskavator zavodi, „Toshtekstilmash“, „Toshpaxtamash“, „Toshkentkabel“, yogʻmoy kombinati, karborund zavodi, mashinasozlik, elektr lampa va elektr mexanika zdlari, yirik panelli uysozlik kombinati va b. kurildi.

1966-yil 26-aprelda Toshkentda yuz bergan zilzila natijasida shahar jiddiy shikastlandi. Zilzila oqibatlari qisqa muddat (3,5 y.)da tugatildi (qarang Toshkent zilzilasi). Shahar qiyofasi butunlay oʻzgardi. Toshkent hududi atrofga bogʻ va ekinzorlar hisobiga tez oʻsdi, koʻplab turar joy massivlari, jamoat binolari, metropoliten qurildi. 1983-yilda shaharning 2000 yillik toʻyi oʻtkazildi.