Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Nurlibek Mirzayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vikipediada qanday qilib sahifa ochish mumkin?

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vikipediya - Bu ochiq ma'lumotlar platformasi bo'lib u yerga o'zingiz Artikl joylashingiz mumkin. Buning uchun sizga

quyidagilarni qilishingiz kerak bo'ladi:

  1. Vikipediya platformasiga kiring.
  2. Ro'yxatdan o'ting [1]
  3. Ro'yxatdan o'tgach , Bosh sahifada o'ng burchakda sizning akkauntingiz bor va uni ustiga bosing.
  4. Siz uyerda o'z akkauntingizni va ushbu yozuvni ko'rasiz "Bu sahifada hozircha hech qanday matn yoʻq. Siz bu atamani boshqa sahifalar ichidan qidirib koʻrishingiz yoki ushbu sahifaga oid qaydlarni koʻrib chiqishingiz mumkin. Agar lozim deb hisoblasangiz, „___________“ nomli yangi sahifa yaratishingiz mumkin." Ushbu holatda chiziqning o'rniga sizning akkauntizning nomi bo'ladi. Siz bu yerda "yangi sahifa yaratishingiz" degan havolani ustiga bosasiz va u sizni Ilk maqolangiz yoziladigan maydonga olib borib qo'yadi.
  5. Katta bo'sh maydonning o'ng burchagida Qalamchani ko'rasiz , Uning ustiga bosing va Ko'rib Tahrirlash degan havolani bosing . Bu orqali sizning ishingiz ancha osonlashadi va Bunday Tahrirlash usuli Ilk foydalanuvchilar uchun juda ham oson va foydali!
  6. O'zingizni qiziqtirgan artikl tanlang va uni kiriting.
  7. Bo'sh maydonning tepasida "Satr boshi" degan havola bor u orqali siz- Sarlavhaning fontini katta kichik qilsangiz bo'ladi.
  8. "Satr boshi" dan keyingi tugma esa Katta A harfining tagiga chizilgan ko'rinishda bo'ladi . U orqali siz matnning qalin , Yotiq bo'lishi va boshqa funksiyalarni bajarishingiz mumkin. Umuman olganda Matnning ko'rinishini o'zgartirib beradi.
  9. Undan keyingi funksiya Zanjir ko'rinishida bo'lib , U orqali siz matnga havola qo'shsangiz Bo'ladi- Ichki va Tashqi havola (Ichki havola - Vikipediyaning ichida mavjud bo'lgan mavzularni qidirishda ishlatiladi va Tashki havola Vikipdeiyadan tashqarida bo'lgan saytlardan ma'lumot olganda ishlatiladi).
  10. Keyingi funksiya Manba deb ataladi va artiklingizda ishlatgan manbalarni kiritishda ishlatiladi.
  11. Uchta chiziq esa sizga Matnning umumiy kor'nishini tahrirlashga yordam beradi. Xat boshini ko'paytirish , Xat boshini kamaytirish , Belgili ro'yhat yaratish va Raqamli ro'yhat yaratish uchun ishlatiladi.
  12. Qo'shuv belgisi orqali esa siz rasmlar, media-fayllar yuklashingiz , Matematik jadvallar yaratishingiz mumkin.
  13. Omega orqali esa siz Mahsus belgilar qo'yishingiz mumkin . Masalan "Ħ Ł t͡ s t͡ ʃ d͡ ʒ Σ σ" kabilarni.
  14. So'roq tugmasi orqali esa , siz o'zingizni qiynayotgan savollarga javob topishingiz mumkin .
  15. Sahifa sozlamari orqali esa siz o'z sahifangizni o'zgartirishingiz mumkin .
  16. Va nihoyat, Artikl yozib bo'lgach Chop etish degan tugma orqali o'z artiklingizni yuklashingiz mumkin