Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:O'ZM talabasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

OYBEKNING HAYOTI VA UNI EJODIYOTI VA QILINGAN ISHLARI

OYBEKNING HAYOT FAOLIYATI :

Oybek (taxallusi; asl ism-sharifi Musa Toshmuhammad oʻgʻli; 1905-yil 10-yanvar — Toshkent — 1968-yil 1-iyul) — shoir, yozuvchi, adabiyotshunos olim va jamoat arbobi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1965), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1943). Oybek hunarmand-boʻzchi oilasida tugʻilgan. Dastlab Oqmasjid mahallasidagi eski maktabda (1911-1917), soʻng Munavvarqori Abdurashidxonov tashkil etgan „Namuna“ maktabida (1918-1921) boshlangʻich maʼlumot oladi. Shundan keyin Navoiy nomidagi taʼlim va tarbiya texnikum-internatida tahsil olgach (1921-1925), Toshkent unversitetining ijtimoiy fanlar fakultetida (1925-1927), Leningrad xalq xoʻjaligi institutida (1927-1929) oʻqiydi va ogʻir xastalikka chalingani sababli yana Toshkentga qaytib, Toshkent unversitetida oʻqishni tugatadi (1930). O‘zbek adabiy tanqidchiligi shakllanishi va ravnaq topishi o‘zining ma’lum davrlariga ega. Adabiyotshunoslik, tanqidchilik, badiiy ijod taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan ijodkorlar orasida Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybekning o‘rni alohida. Uning chuqur mushohada va tahlilga asoslangan ilmiy ishlari bugungi kunga qadar adabiyotimiz rivoji uchun xizmat qilib kelmoqda. Taniqli munaqqid Ozod Sharafiddinov adib ijodiga baho berar ekan, Oybek iste’dodining olmos qirralaridan biri-uning adabiyotshunoslik va tanqidchilik faoliyatida yarqirab ko‘rinadi-deb yozadi1. Darhaqiqat, Oybek badiiy ijodda qanchalik mohir, o‘z ishining ustasi bo‘lsa, ilmiy faoliyatda ham shunday talabchan va bilimdon edi. Oybekning estetik qarashlari o‘zbek adabiyotshunosligida yangi yo‘nalishga yo‘l ochib berdi. Ammo bu izlanishlarni to‘liq o‘rganish nisbatan kechroq amalga oshirildi.

OYBEKNING SHERIYATI:

Oybek adabiy faoliyatini shoir sifatida boshlagan. „Cholgʻu tovushi“ degan birinchi sheʼri 1922-yil „Armugʻon“ jurnalida bosilgan. Bu vaqtda u Choʻlpon, shuningdek, „yosh usmonlilar“ sheʼriyati taʼsirida boʻlib, ular ruhidagi sheʼrlaridan iborat „Tuygʻular“ (1926-yil) va „Koʻngil naylari“ (1929-yil) toʻplamlarini eʼlon qilgan. Oybek dastlabki ijodida davrning oʻtkinchi mavzulariga bagʻishlangan sarbast sheʼrlar yaratgan, ularning aksariyati „Mashʼala“ (1932-yil) toʻplamidan oʻrin olgan. Keyinchalik shoir lirik tuygʻu va kechinmalar tasviriga katta eʼtibor berib, „koʻngil lirikasi“ namunalarini yaratishga intildi. Uning bu boradagi izlanishlari, ayniqsa, „Yevgeniy Onegin“ sheʼriy romanini tarjima qilishi (1936-yil) jarayonida orttirgan tajribasi tufayli va Aleksandr Pushkin asarlaridagi lirizm taʼsirida yaxshi samaralar berdi. Oybekning „Chimyon daftari“ turkumiga kirgan, oʻzbek tabiatining fusunkor tarovati va betakror ranglarini oʻziga simirgan sheʼrlari nafaqat shoir sheʼriy ijodining, balki umuman oʻzbek lirikasining shoh namunalaridan biri boʻldi. Shoir bu sheʼrlari bilan oʻzbek sheʼriyatiga oybekona nafis lirizmni olib kirdi, nozik tuygʻu va kechinmalarni tasvirlash madaniyatini yanada mukammallashtirdi, lirik sheʼriyat tilini nafosat yogʻdulari bilan jilolantirib yubordi.

OYBEKNING NASHRIYOTLARGA CHIQARGAN EJOD NAMUNALARI VA CHIQARGAN KITOBLARI:

Ozod Sharafiddinovning “Iste’dod jilolari” (1976) kitobidan o‘rin olgan “So‘z san’atiga fidoyi sadoqat” nomli maqolasi Oybekning adabiy-tanqidiy qarashlarini o‘rganishdagi ilk qadamlardan bo‘ldi. Unda adibning Navoiy lirikasiga bag‘ishlangan maqolasi, “Alisher Navoiy” tadqiqoti, “A.Qodiriyning ijod yo’li” risolasi haqida so‘z yuritiladi. Olim o‘z ishida Oybekning mahoratli adabiyotshunos ekanligiga ahamiyat qaratadi, boy ilmiy-tanqidiy merosini tahlil etadi. U keyinchalik ham ko‘plab maqola va tadqiqotlarida Oybek ijodiga o‘zining munosabatini bildirib bordi. Yana bir adabiyotshunos olim, akademik Baxtiyor Nazarov nomzodlik dissertatsiyasini Oybekning adabiy-tanqidiy qarashlarini o‘rganishga bag‘ishladi. Uning “Bu sehrli dunyo”(1980) nomli kitobi Oybek hayoti, ijod olamiga kirib kelishi va mahoratli yozuvchi bo‘lib yetishishi haqidagi voqealarni bayon qiladi. Shu bilan birga Oybekning adabiy-tanqidiy qarashlarini ham tahlilga tortadi. Olimning “Hayotiylik -bezavol mezon” (1985) kitobidan o‘rin olgan “Quyoshdek yashagan ichdagi sevgi…” nomli maqolasida Oybekning ijodiy va ilmiy faoliyati o‘rganiladi. Maqola nomini uning she’rlaridan biridagi dilbar misradan oladi. Sababi Oybekning adabiyotga, ijodga bo‘lgan mehri uning qalbida quyoshdek yashagan edi. Faqat Oybekgagina xos bo‘lgan uslub, mahorat munaqqid e’tiborini tortadi va o‘z fikrlarini adibning hatto ilmiy maqola yozishda ham badiiylik va ilmiylikni uyg‘unlashtira olgani bilan isbotlaydi. So‘ngra shunday xulosaga keladi: Ilmiy maqolani bu qadar badiiy chechaklar bilan bezash, yozilayotgan masalani, xodisotni suratlashtirish, jonlantirish, tanqidiy ishni ham imkonicha badiiy asar yanglig‘ o‘qimishli qilish, mantiqiy va obrazli fikrlash orasida hukm surmish sarhadlarni ajib bir ustalik bilan yoritib, yozayotgan maqolasi to‘qimasiga ifor tuyg‘ularini singdirib yuborish olim Oybek uslubiga xos bo‘lgan fazilatlardan biridir. Munaqqid ta’kidlab o‘tganidek, Oybekning ilmiy ishlari va adabiy-tanqidiy maqolalari xuddi badiiy asardek ehtiyoj farzandlari, zarurat xosilasi sifatida maydonga keldi.

OYBEKNING MASHHUR ISHLARI:

„Qutlugʻ qon“, „Navoiy (roman)“, „Sayyohi hindi“, „ Quyosh qoraymas“, „ Oltin vodiydan shabadalar“, „Ulugʻ yoʻl“, „Bolalik xotiralarim“

OYBEKNING ILMIY FAOLIYATI:

B.Nazarov Oybekning ilmiy faoliyatini ikki guruhga bo‘lib o‘rganishni ma’qul ko‘radi. Birinchi guruhga Oybek ijodining ilk davrlaridan tortib, “Qutlug‘ qon” romani yaratilguncha bo‘lgan davr (1924-1938-yillar)ni oladi. Bu vaqt mobaynida Oybekning ilk adabiy-tanqidiy qarshlari shakllangan bo‘lib, olim bu guruhning o‘zini ham ikkiga ajratadi: 1924-1932-yillarda Oybekning ilk estetik va adabiy qarashlari markscha-lenincha estetika ta’siriga tushmagan davr va 1932-1938-yillar, avvalgi yillarga nisbatan markscha-lenincha estetika prinsplari biroz chuqurlashgan davr. Buning sababi 1932-yil voqealari nafaqat Oybek ijodida tub burilish yasagan, balki butun sovet ijodkorlari uchun ham keskin o‘zgarishlar olib kelgan edi. Shundan so‘ng Oybekning adabiy-tanqidiy qarashlari jadal sur’atda rivojlanib bordi va sotsialistik realizmning yetuk na’munasi bo‘lmish “Qutlug’ qon” romani yaratildi. B.Nazarov ikkinchi asosiy davrga ushbu roman yaratilgandan keyingi davr (1938-1968), Oybekning so‘nggi asari “Navoiy va Guli” dostoni yaratilguncha bo‘lgan davrni kiritadi. Bu davrlashtirish Oybek ijodiy faoliyatining kengroq o‘rganilishiga, har bir davrga xos xususiyatlarni yetarlicha yoritib berishga dastak bo‘lib xizmat qiladi. Oybekning badiiy-estetik, ilmiy-tanqidiy qarashlaridagi o‘sib boruvchi farqlarni ko‘rsatadi.

OYBEKNING ERISHILGAN MUKOFOTLARI:

"Õzbekiston xalq Yozuvchisi unvoni " ,"Õzbekiston Xalq Baxshisi",Buyuk xizmatlari uchun" nishoni — Oʻzbekiston oliy davlat mukofoti. 1996-yil 29-avgustdagi № 251-I sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni asosida taʼsis etilgan. 2003-yilda nishon tavsifiga oʻzgartirishlar kiritildi.

"O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1965), Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti sovrindori unvonlariga sazovor bo‘lgan.Manba https://tafakkur.net/muso-toshmuhammad-ogli-oybek.haqida".

Oybekning o‘lmas asarlari ma’naviy xazinamizdan mustahkam o‘rin oldi va umumxalq mulki bo‘lib qoldi. Oybek 1968 yil 1 iyulda 63 yoshida vafot etgan.