Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Oqmirzayev Qodirbek/KLEOPATRA

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
    KLEOPATRA
   KLEOPATRA (yun.Kleopatra) (mil.av.69-Iskandariya-mil.av. 30)-Misrning ptolemeylar sulolasidan bo'lgan so'nggi podshohi, Ptolemey XI ning qizi. Kleopatra o'z ukasi Ptolemey XII Dionisga turmushga chiqib, u bilan birgalikda davlatni idora qila boshlagan. Bo'lsada, yakka o'zi taxtga egalik qilish uchun zimdan kurash olib borgan, niyati fosh bo'lgach, Suriyaga surgun qilingan ( 48 y.). Ammo Kleopatraning bilimdonligi, aql-zakovatiga maftun bo'lib qolgan Yuliy Sezar 47-y.uni Misrga qaytargan.( Kleopatra undan Sezarion ismli o'g'il ko'rgan). Sezar o'ldirilgach, KLEOPATRA Mark Antoniyning ittifoqchisi va ma'shuqasi ( 37 y.dan xotini) bo'lgan. 31 y. Oktavian(q.Avgust) qo'shinlari Misrni zabt etgach, Antoniy va Kleopatra o'zlarini o'ldirishgan. Naqlga ko'ra, o'sha davrdagi Misrliklar e'tiqodiga asosan adabiy baxtiyorlikka erishmoq uchun zaharli ilonga chaqtirgan.