Foydalanuvchi:Oybarchin0302/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

„Psixologiya, – degan edi L. S. Vigotskiy – birinchidan, aniq amaliy boʻlib – taʼlim va tarbiya, bolaning rivojlanishi, mehnat faoliyati haqidagi fan boʻlishi lozim. Faqat shu vazifagina psixologiyani tirik va kerakli fanga aylantirishimumkin“. Psixologiya umuman ruhiyatning, xususan inson ruhiyatining namoyon boʻlishi, rivojlanishini oʻrganuvchi sohadir. Bolalarning har biri oʻziga xos psixologik-pedagogik xususiyatlarga ega, ularni psixologik-pedagogik oʻrganish strategiyalarini aniqlash birinchi oʻrinda turadi. Rivojlanish buzilishining har bir turi oʻziga xos psixologik tuzilishga ega. Shuning uchun har qanday nuqsonlar sababini aniqlashda psixologik tekshiruvlar olib boriladi. Bolalar rivojlanishida kuzatiladigan har qanday nuqsonlar psixologik sabablari ham boʻladi. Bunga asosan psixodiagnostik tekshiruvlarni bejizga birinchi navbatda qoʻyishmagan Shularni inobatga olgan holda bolalar rivojlanishidagi nutq nuqsonlarni psixodiagnostik tashxislash uch bosqichda amalga oshiriladi. – skrining-diagnostika; – differensial diagnostika; – individual-tuzatish Har bir bosqichning oʻz vazifalari boʻlib, skriningdan koʻzlangan asosiy maqsad – bolaning psixologik rivojlanishi davridagi turli nuqson va kamchiliklarni erta aniqlash, bolaning rivojlanishidagi psixologik-pedagogik muammolarni bartaraf etish uchun unga umumiy taʼlim muassasalarida sharoit yaratishni tashkil qiladi. Skrining oʻtkazishdagi muhim masalalardan biri sub’ektning shaxsiy xususiyatlari va emotsional holatini oʻrganish hisoblanadi. Differensial diagnostika rivojlanish nuqsonini aniqlaydi va uning natijalari bolaning qobiliyatiga xos boʻlgan taʼlim shakllarini aniqlaydi va Differentsial tashxis psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyada amalga oshiriladi. Individual-tuzatish bosqichi bolalardagi ijobiy xususiyatlarni, ayniqsa, bolaning shaxsiyati, yaʼni tasavvuri, nutqi, ijtimoiy va shaxsiy muammolarini aniqlashni oʻz ichiga oladi. Koʻpchilik nuqsonlar yuzaga kelishi psixologiyaga bogʻliq boʻlgani uchun avvalo psixologik sabablarni aniqlab bartaraf etish katta ahamiyatga ega. Misol uchun psixologik bosimlar natijasida koʻpgina nutq nuqsonlari, aqliy va ruhiy kasalliklar kelib chiqadi. Nutq nuqsonlariga misol qilib: duduqlanish, nutqning toʻliq rivojlanmasligi, funksional dislaliya, mator alaliya kabi nutqning fonetik, grammatik, leksik buzilishlar kabilarni oʻz ichiga oladi. Bunday buzilish – psixik-ijtimoiy sabablari: ommaviy va majmuali depressiya; ota-onalar tomonidan diqqat-eʼtiborning sustligi; bolalarga nisbatan qattiqqoʻllik; oila va aholi intellektual saviyasining pastligi; oiladagi ajralishlar; fojiali vaziyat (ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy); ruhiy-pedagogik tashxis va korreksiyaning sifati, hajmi va hozirgi zamon talablariga javob bermasligi hisoblanadi. Har bir bolaning eng birinchi taʼsir muhiti uning oilasi hisoblanib, psixologik taʼsirlar ham aynan shu muhitdan boshlanib salbiy omillarga yaʼni nutq nuqsonlariga olib keladi. Shuning uchun har bir logoped birinchi oʻrinda psixologik taʼsirni qanchalik ahamiyatli ekanligini ota-onalarga yetarlicha tushuntirish kerak. Bola nutqining rivojlanishi uchun aynan ota-onaning nutqi namuna boʻladi. Soʻnggi yillarda psixologik omillar xavfi ortib bormoqda. Shu sababli bolalarning ilk yoshidanoq psixonevrolog nazoratida boʻlishiga eʼtibor kuchayib boshladi boshlandi. Ilk yoshlarda bolani onadan ajratish b a ’zan m iya faoliyatining ogʻir buzilishlarini keltirib chiqaradi va keyinchalik hissiy turgʻunlikning buzilishi, o ‘z navbatida nutq kam chiliklari bilan murakkablashishi mumkin boʻlgan xulq -atvor buzilishlarining rivojlanishiga asosiy sabablardan biri boʻlib qoladi. Bola hayotining keying davrlarida psixoloiyasiga taʼsir qiladigan tashqi muhit salbiy omillardan himoyalash ota-ona va maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyachi, pedogog-logopedlar vazifasi hisoblanadi. Bolaning ulgʻayishi va rivojlanishiga qarab, tashqi muhit taʼsirlarining oʻsib borishi hisobiga koʻpayuvchi psixik travma oluvchi vaziyatlar doirasi birmuncha kengayadi. Bular tengdoshi yoki kattalar bilan mojoroli munosabat, haddan tashqari jazolash, qoʻrqitish, choʻchish (qoʻrqinchli hayvonning toʻsatdan paydo boʻlishi, „qoʻrqinchli“ filmni tomosha qilish, „qoʻrqinchli“ ertak) va boshqalarni oʻz ichiga oladi. Misol tariqasida hozirda keng tarqalgan psixolog taʼsirlar oqibatida kelib chiqadigan duduqlanish nutq nuqsonini olaylik. Duduqlanish nutq nuqsoni sono koʻpayib borayotgani bugungi kunda psixologik salbiy taʼsirlar koʻp uchrayotganidan darak beradi. Shu sababli muammoning yechimini topishda kasallik keltirib chiqaradigan omilni kamaytirish kerak. Duduqlanuvchi bola oʻz nuqsonini anglagach, odamlardan uzoqlashishga va nutqiy muloqotdan qochishga harakat qiladi. Buning natijasida bola nutqi umuman sutlashib qolishiga olib keladi. Duduqlanishni keltirib chiqaruvchi asosiy asab buzilishi – bu logofobiya. Logofobiya – nutqdan, muloqotdan qoʻrqish maʼnosini bildiradi. Logofobiya duduqlanuvchining barcha shaxs xususiyatlariga taʼsir etadi va uning xulqida salbiy oʻzgarishlarga sabab boʻladi. Logofobiya bola ruhiyatiga shu darajada qattiq taʼsir etadiki, hatto duduqlanish bartaraf etilgandan keyin ham oʻz asoratlarini qoldiradi. Ayrim ota-onalar duduqlanuvchi farzandlari bilan xuddi bemorlarga boʻlgandek munosabatda boʻladilar. Ular bolalarning koʻngillariga qaraydilar, hamdardlik bildiradilar. Bunda bolalarda nevroz rivojlanishi mumkin. Duduqlanish faqat psixologik sabablardan emas balki, balki genetik va boshqa sabablar orqali kelib chiqadi. Muhimi bu va boshqa nuqsonlarni psixologik tomondan karreksiyalsh samarali natija beradi. 2018-yilgi xalqaro amaliy tadqiqot mualliflarining fikriga koʻra, duduqlanishni davolash dasturiga ong meditatsiyasini qoʻshish baʼzi odamlar uchun foydali boʻlishi mumkinligi aniqlangan. Shunday qilib bolalarda rivojlanadigan har qanday nuqsonga maʼlum bir darajad psixologik taʼsirlar sababchi boʻladi. Ayniqsa, nutq nuqsonlarida hamda bularni davolashda ham psixologik yondashuv samarali natija beradi. Bularning barchasini oldini olish uchun esa psixologik salbiy omillar taʼsirini kamaytirish kerak.