Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Ozodbek1202/Panja qaotli baliqlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

PANJA QANOTLI BALIQLAR (Crossopterygii yoki Crossopterygiomorpha) — baliqlar infra sinfi (baʼzan kenja sinfi yoki katta turkumi). Ilk devondan maʼlum, boʻr davri oxiriga kelib deyarli qirilib ketgan. Oʻrta devonda Panja qanotli baliqlardan dastlabki quruqlikda yashovchi umurtqalilar kelib chiqqan. Uzunligi 7 sm dan 5 m gacha. Bosh qutisi toʻliq suyaklangan, yuqori jagʻi bosh qutisi bilan bogʻlangan. Tishlari koʻp, konussimon. Chanoq kamari 2 ta plastinkaga oʻxshash. Juft suzgichlari yoʻgʻon, muskulli, bir necha panjasimon tarmoqdangan boʻgʻimlardan iborat; tayanch funksiyasini bajaradi. 5 ta (jumladan, 4 ta qazilma) turkumi mavjud. Chuchuk suv ripidistlari suvda va quruqlikda yashovchshshrning bevosita ajdodi hisoblanadi. Selakantasimonlar turkumiga mansub 1 ta turi hoz. Hind okeani (Afrikaning sharqiy sohillari yaqini)da uchraydi

Manba

https://qomus.info/oz/encyclopedia/p/panja-qanotli-baliqlar/