Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Panpanchik/Elena Natanael

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Panpanchik/Elena Natanael
Tavalludi
Eleni Delivassili-Natanael

19-yanvar, 1947-yil
Vafoti 4-mart 2008-yil(2008-03-04)
(61 yoshda)
Afina, Gretsiya
Kasbi aktrisa
Faoliyat yillari 1963–2007
Bolalari Inka
Mukofotlari Thessaloniki film festivali - Eng yaxshi aktrisa
1968-yil Randevou me mia agnosti - Christina

Elena Natanael (yunoncha: Έλενα Ναθαναήλ, 1947-yil 19-yanvar — 2008-yil 4-mart, Eleni Delivasili) — grek teatr, kino va televidinya aktrisasi.

Hayotning boshlangʻich davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Elena Natanielning tugʻilgandagi ism-familiyasi Eleni Delivassili-Natanael boʻlgan[1][2]. U 19-yanvar 1947-yilda Afina yaqinidagi Nea Filadelfeya shahrida, badavlat oilada tugʻilgan. Delivassili otasining familiyasi edi va Natanirl onasining familiyasi edi, lekin u ikkalasini ham saqlab qolgan. Lekin Nataniel familiyasi bilan mashhur boʻlgan. Uning otasi toʻqimachilik dizayneri va ishlab chiqaruvchisi, Aivalli Kichik Osiyolik yunon, onasi esa Maniot shahridan edi. Elena Nataniel Pelos Katselis nomidagi drama maktabida dramaturgiya boʻyicha tahsil olgan.

Ish faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Elena Nataniening goʻzal qiyofasi 1960-yillarda oʻsha paytda gullab-yashnagan yunon kinosining prodyuserlari va rejissyorlari tomonidan eʼtiborga tushgan. U birinchi marta kinoteatrda Kati na kaiei filmida rol ijro etgan. Bu film 1964-yilda rejissyor Giannis Dalianidis tomonidan suratga olingan. Uning ikkinchi ekrandagi roli 1965-yilda Tomas Mannning romani asosida rejissyor Rolf Thiele tomonidan suratga olingan "The Blood of the Walsungs (Valsunglarning qoni)" nemis filmida boʻlgan. Oltmishinchi yillarning oxiridagi yunon filmlarida yana bir nechta kinolarda koʻrinish bergan va uning aksariyat rollarida u boy otaning tarbiyasi buzilgan qizi sifatida tasvirlangan.

1968-yilda Elena Natanael Randevou me mia agnosti filmidagi roli uchun Xalqaro Saloniki kinofestivalida „Eng yaxshi ayol roli“ uchun mukofotga sazovor boʻlgan. 1970-yillarning boshlarida u oʻzining ekran personajini erkin ruhli, goʻzal yosh ayol sifatida yaratgan va moda timsoliga aylangan. Oʻsha oʻn yillikda yunon tijoriy kinosining keskin pasayishi uning karyerasiga yomon taʼsir koʻrsatgan, bu oʻsha davrdagi yunon kino yulduzlari uchun odatiy holga aylangan edi.

Yetti yillik tanaffusdan soʻng, Elena Natanael bir qator video filmlar, asosan yengil komediyalardagi roli bilan media olamiga qaytgan. Shundan soʻng u oʻzining avvalgi obrazini yoʻqotadi va faqat bir nechta maxsus koʻrinishlardagina rollar ijro etadi. Uning goʻzalligi va aktyorlik qobiliyatiga loyiq rollaridan biri bu Aggigma psyhis serialidagi „Juliya“ roli edi. Mazkur serial 1998-yilda suratga olingan. Elena Natanaelning soʻnggi chiqishi 2007-yilda Gorgonesdagi Mega kanalida namoyish etilgan mashhur teleserialdagi „Maya Guver“ roli boʻlib, uning kinosanoatga qaytishi tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olingan.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Elena Natanael Giorgos Tsagkaris bilan munosabatda boʻlgan va 1973-yilda Inka ismli qizini dunyoga keltirgan. Lekin u bilan oila qurmagan.

Nafaqaga chiqqanidan soʻng, u bir necha yil davomida Euboeadagi oʻzining fermasida 29 yillik umr yoʻldoshi, „Olimpiakos“ ning faxriy futbolchisi Tasos Mitropulos bilan birga yashagan va u yerda vino ishlab chiqarish bilan shugʻullangan. U 2008-yil 4-martda oʻpka saratonidan vafot etgan. Yunon matbuoti uni „Yunon sehrgari Γόησσα του ελληνικού κινηματογράφου“ deb atagan. Elena Natanaelning dafn marosimi 5-mart kuni Nea Filadelfeya qabristonida boʻlib oʻtgan. Bu marosimga koʻpchilik tashrif buyurgan.

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Year Title Role Notes
1964 Something Is Burning Jenny
1965 The Blood of the Walsungs Sieglinde Arnstatt
1966 Erotas stin kafti ammo Katerina
The Fear Anna
Queen of Clubs Elena
1967 O 13os Maria
1968 Apollo Goes on Holiday Elena
Kataskopoi ston Saroniko Toni
One Night for Love Christina
1969 To leventopaido Katerina
Xypna Vasili Dina Vasilaki
1970 Proklisis Eirini
1971 Ethelontis ston erota Mirka
Ekeino to kalokairi
Il sorriso del ragno
1972 Anazitisis Elena Hrysou
Antartes ton poleon Anna Papadima
1973 O aisiodoxos Mary Saranti
Zitima zois kai thanatou Olga
1980 O podogyros Jurnalist
1981 Enas kontos tha mas sosei! Flora
Eisai stin EOK, pathe gia tin EOK Jurnalist
Tis politsmanas to... kangelo Elena
1982 Apithanoi, alloiotikoi ki oraioi... Annita
Pagida stin Ellada
1986 Oi Pontioi
1987 Apousies
1998 Black Out p.s. Red Out Hristosning onasi
2002 Sti skia tou Lemmy Caution Antigoni

[[Turkum:2008-yilda vafot etganlar]] [[Turkum:1947-yilda tugʻilganlar]] [[Turkum:Grek film aktrisalari]] [[Turkum:Afinalik aktrisalar]]

  1. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“ (Greek). Ethnos (2004-yil 5-fevral). Qaraldi: 2008-yil 5-mart.
  2. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“ (Greek). Dimitris Lyberopoulos-Journalist. Qaraldi: 2008-yil 5-mart.