Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Progint/sandbox/Mart genotsidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Progint/sandbox/Mart genotsidi
Urush yeri Ozarbayjon, Kavkazorti Demokratik Federativ Respublikasi

Mart genotsidi yoki Mart hodisalari — 1918-yil 30-mart va 3-aprel sanalari orasida Boku shahrida va Boku gubernatorligining turli hududlarida, shuningdek, Shamaxi, Guba, Xachmaz, Lenkoran, Hojiqabul, Salyan, Zangazur, Qorabog‘, Naxchivon va boshqa hududlarda Boku Soveti va Doshnoqsutyundan bo‘lgan arman qurolli guruhlarining ozarbayjonlarga qarshi uyushtirgan qirg‘inlari. Rasmiy manbalarga asosan genotsid natijasida 12 mingga yaqin ozarbayjon qatl qilindi, o‘n minglab inson bedarak yo‘qoldi. [1][2][3]

Ozarbayjon umummilliy lideri Haydar Aliyevning 26-mart 1998-yildagi Qarori bilan 31-mart Ozarbayjonlarning Genotsid kuni deb eʼlon qilindi.

Ozarbayjonning turli hududlarida uyushtirilgan jinoyatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
1918 yil 31 mart voqealaridan keyin Shoh masjidi
Ozarbayjonning Boku shahrida qurbonlar Eronlik konsul bilan
4-mart 1918-yil
2-mart 1918-yil
1918 yilgi Baku ko'chalarida o'liklarni yo'q qilish
1918-yil mart kunlari Baku tatar qirg'og'ida ro'y bergan
Ozarbayjon qurbonlari
Ozarbayjon qurbonlari
Armaniston Parijda tinchlik konferensiyasida 1919
Stepan Shaumyan
Mamed Amid Rasulzade
1-mart 1918-yil
3-mart 1918-yil
5-mart 1918-yil
6-mart 1918-yil
1-mart 1918-yil

1918-yil mart oyida Bokuda siyosiy vaziyat keskinlashdi. Boku Soveti uchun o‘tkazilgan saylovlarda „Musovot“ning katta ovoz ko‘pligi bilan g‘alaba qozonishi bolsheviklarni va doshnoqlarni jiddiy ravishda tashvishlantirardi. Janubiy Kavkazning eng kuchli siyosiy partiyasiga aylangan „Musovot“ Ozarbayjonning hududiy muxtoriyati va siyosiy hokimiyat yo‘lida kurash olib borardi. Shaumyan boshchiligidagi bolshevik kuchlari Arman Milliy Kengashi va „Doshnoqsutyun“ partiyasi rahbarlari bilan birgalikda „Musovot“ga qarshi asl kurash boshladilar. Bokuda Ozarbayjon milliy kuchlarining ozligi va yomon qurollanganligini yaxshi bilgan Shaumyan musulmonlarga „dars berish“ uchun milliy qirg‘inga tayyorlanardi. 29-martda shaxsiy hay’ati musulmonlardan iborat bo‘lgan „Evelina“ kemasining Bokuda Bolshevik kuchlari tomonidan qurolsizlantirilishi milliy qirg‘in boshlash uchun bahona bo‘ldi.[4]

Ertasi kuni shaharning janubiy qismida arman askarlari ko‘rindi. Ular barcha ko‘cha bo‘ylab okop qazib, tuproq va toshlardan to‘siqlar qura boshladilar. O‘sha kuni Musulmon Xayriya Jamiyati binosida o‘tkazilgan majlisga kelgan Ter-Mikaelyans Arman Milliy Kengashi va „Doshnoqsutyun“ partiyasi nomidan agar musulmonlar bolsheviklarga qarshi chiqish qilsalar, armanlar ham ularga qo‘shilishini va bolsheviklarning Bokudan quvilishiga yordam berishlarini bayon etdi. 18-martda (yangi maʼlumotlarga ko‘ra 31-mart — A.I.) erta tongdan shaharning musulmonlar yashaydigan hududlariga hujum boshlandi. Armanlarning yolg‘on vaʼdalariga ishongan ozarbayjonlar avval shaharda nima sodir bo‘layotganini tushunolmadilar. Hujum arafasida barcha armanlar shaharning ozarbayjonlar yashagan qismidan armanlar yashaydigan qismga o‘tdilar. Ozarbayjonlar yashagan qismda xristianlardan ruslar va gruzinlar qolgandi. Boku Sovet kuchlariga rahbarlik qilgan S.Shaumyanning arman harbiy qismlaridan foydalanishi bu qirg‘inni yana-da chuqurlashtirdi. Bolsheviklarni himoya qilish bahonasi bilan arman harbiy kuchlari turk-ozarbayjon aholisiga vahshiylarcha hujum qildilar. Boku Soveti ham, uning tuzgan armiyasi ham asosiy qismi armanlardan iborat edi. Doshnoqlar ozarbayjonlarga milliy armiya tuzishga to‘sqinlik qilar, Sovet nomidan foydalanib, millatchi-shovinist siyosatini g‘ayrat bilan amalga oshirar, Boku, Shamaxi va Ozarbayjonning boshqa hududlarida turk-musulmon aholisiga qarshi qirg‘inlar tayyorlardilar. Chegaradan chiqqan va vahshiylashgan arman zo‘ravonlari tinch ozarbayjon aholisini qirish uchun eng shafqatsiz usullarni qo‘llardilar. Favqulodda Tergov Komissiyasi aʼzosi A.Y.Kluge bu komissiya raisiga „Boku shahri ozarbayjon aholisiga qarshi uyushtirilgan zo‘ravonliklarga doir ish to‘g‘risida“gi maʼruzasida yozardi: „Yaxshi qurollangan, taʼlim olgan arman askarlar ko‘p miqdorda pulemyotlar vositasida hujum qilardilar. Armanlar ozarbayjonlarning uylariga kirib, bu uylarda yashovchilarni qirar, ularni qilich va xanjar bilan maydalab, nayzalar bilan ilma-teshik qilishar, bolalarni yonayotgan uy oloviga otar, uch-to‘rt kunlik chaqaloqlarni nayza uchiga sanchib o‘ynatar, o‘ldirilgan ota-onalarning emizikli bolalariga ham rahm qilmas, hammani yoppasoga o‘ldirardilar“.[4]

Ozarbayjonlarni qirishdan tashqari armanlar ularning uy-joylarini ham vayron qilishar, qimmatli ashyolarni esa o‘zlari bilan olib borardilar. Keyinchalik bir yerning o‘zidan 57 ozarbayjon ayol va qizlarning jasadlari topildi. Ularning quloqlari, burunlarini kesib, qorinlarini yorgandilar. Tergov Komissiyasi hujjatlariga asosan maʼlum bo‘ldiki, 1918-yil mart genotsidi vaqti Boku shahrida 12 minggacha turk-ozarbayjon o‘ldirildi. Aksariyatining hatto jasadlari topilmadi.[4]

Talonchilar „Kaspiy“ gazetasi redaksiyasining va „Dog‘iston“ mehmonxonasi binolarini, „Iskandariya“ni, „Ismoiliya“ni ham yoqdilar. Bu qirg‘inlarda faqatgina Ozarbayjon musulmonlari emas, barcha Kavkaz musulmonlari ham zarar ko‘rdilar.[4]

Mart genotsidida yaxshi tashkil etilgan harbiy qismlardan tashqari arman ziyolilari, yoshlari ham ishtirok etardilar. Talonchilar hatto o‘z tanishlariga ham rahm qilmasdilar. Bokuda yuz bergan fojiali hodisalar shaharga yetarlicha katta zarar berdi. Epidemiya avj olib minglarcha inson qirilgan, aholining suv, oziq-ovqat bilan taʼminlanishi to‘xtagandi. Bozor va do‘konlarda deyarli barcha oziq-ovqat mahsulotlari tugagandi. Talonchilar barcha oziq-ovqat zahirasini yig‘ib olib ketgandilar.[4]

Qadimiy Ozarbayjon shahri Shamaxi dahshatli talon va vahshiyliklarga duchor bo‘ldi. Shamaxi shahri va Shamaxi uyezdida armanlarning uyushtirgan vahshiyliklari haqida 7 jild, 925 varaqdan iborat tergov materiallari to‘plandi. Bu yerda zo‘ravon S.Lalayev boshchiligidagi askarlar va T. Amirov guruhi o‘zidan ketib, ozarbayjonlarni talab barbod qilardilar. Shamaxining ozarbayjonlar yashagan qismining bariga o‘t qo‘yildi. 13 mahalla masjidi va mashhur muqaddas o‘choq — Juma masjidi yondirildi. Bu masjid musulmonlarga ham qiblagoh, ham qadimiy obida sifatida aziz edi. Arman talonchilari minglab tinch aholini qatl qildi.[5][4]

Favqulodda Tergov Komissiyasi aʼzolari 1918-yil oktyabr va noyabr oylarida bu borada tayyorlagan maʼruzada hududda hali ham chirigan jasad qoldiqlari borligini taʼkidlardi. Shamaxi uyezdining ozarbayjonlar yashagan taxminan 80 qishlog‘ining taqdiri ham xuddi shunday bo‘lgandi. Doshnoqlar uyushtirgan vahshiyliklarning chek-chegarasi yo‘q edi.[5][4]

Tergov Komissiyasiining Shamaxi uyezdi qishloqlarida olib borgan tadqiqotlarining — guvoh ifodalari, jabrlanuvchilarning ifoda bergan protokollari, rasmiy idoralarining aholi soni va uy-joylarining qiymati haqidagi maʼlumotlari, o‘lgan va yaralanganlar ro‘yxati va boshqalar asosida 53 qishloq bo‘yicha tuzilgan yakuniy aktlarda har bir qishloq bo‘yicha o‘ldirilganlar soni va har qishloqqa keltirilgan zararlar miqdori ko‘rsatilgan. Bu aktlardagi raqamlarga asosan, Shamaxi uyezdining 53 qishlog‘ida armanlar 8027 ozarbayjonni qatl qilganlar. Ulardan 4190 nafari kishi, 2560 nafari ayol va 1277 nafari yosh bola bo‘lgan. Bu qishloqlarga kelgan umumiy zarar o‘sha davrning qiymati bilan 339,5 million manat edi. Tergov Komissiyasi hujjatlaridan aniq bo‘ladiki, Shamaxi shahrining ozarbayjon aholisiga keltirilgan zarar o‘rta hisob bilan bir milliard manatdan ko‘p bo‘lgan.[5][4]

Oldindan tuzilgan reja bo‘yicha doshnoq-bolshevik qo‘shini Shamaxini ishg‘ol qilgach, Guba uyezdiga qo‘shilishi kerak edi. Xachmazda yashagan armanlar bu borada xabardor etilgan, ularga yetarlicha qurol va o‘q-dorilar jo‘natilgan. 1918-yilning ilk oylaridan Guba uyezdida minglab inson, tinch aholi, ayollar, bolalar va qariyalarning azob va qiynoq bilan qatl qilinishi dahshatli va aqlga sig‘maydigan darajadagi qirg‘in edi. Guba fojiasi siyosiy maqsadda uyushtirilgan edi. Qirg‘inlarda arman doshnoq kuchlaridan tashqari bolshevik askarlari ham ishtirok etardi. Arman jallodlari hokimiyatsizlikdan mahorat bilan foydalanib, Gubada katta qirg‘inni amalga oshirardilar.[4]

Fojiani xarakterlovchi asosiy jihat shundaki, Guba uyezdida qirg‘inlar oldindan rejalashtirilgan va bunga keng tayyorgarlik ishlari ko‘rildi. Chunki qirg‘in boshlash uchun bahona milliy kurash bo‘lishi mumkin edi. Arman doshnoq kuchlari dunyoning har tomoniga armanlarning go‘yo ozarbyjonlar tomonidan bosimga uchragani haqida telegramlar jo‘natardilar.[4]

Armanlar bolsheviklar yordami bilan Guba uyezdida uch marta qirg‘in uyushtirdilar. Gubaga hujum qilganlar orasida o‘zini bolshevik sifatida tanitgan va 2 ming askarga boshchilik qilgan David Gelovanidan tashqari bolshevik Sturua ham bor edi. Uning guruhida ming askar bor edi. Ulardan avval esa Muradyan boshchilik qilgan 2 ming arman askar Guba uyezdida qirg‘in uyushtirdi. Ushbu guruh birinchi jahon urushida o‘zini rus chorizmining eng yaqin ittifoqchi sifatida tanilgan „Doshnoqsutyun“ partiyasi askarlaridan iborat edi. Uyezdga kelgan ishg‘olchilarga 300 dan ortiq jangarisi bo‘lgan Avakov va Vartanning mahalliy armanlardan iborat zo‘ravonlar guruhi ham yordam berardi. D.Gelovani Gubadan haydalganda aholiga tahdid qilgan, tez orada bu yerga armanlarning maxsus taʼlim olgan jazo dastalarining kelishini aytgandi. Vatan tarixshunosligidan maʼlumki, uning tahdididan 10 kun so‘ngra Bokudan to‘p va pulemyotlar bilan qurollangan arman qo‘shini Gubaga keladi. Hamazasp guruhi Gubaning kirishidan boshlab yuqori qismigacha shaharni yoqa boshladi. Doshnoqlar ko‘chada oldilaridan chiqqan barcha odamlarni o‘qqa tutar, yerga yiqilgan yaradorlarning badanlarini nayzalar bilan ilma-teshik qilar, ko‘zlarini o‘yardilar. Yaqinlikdagi o‘rmonga qocha olmaganlar uylariga kirib eshikni qulflab olardilar. Ularni uylaridan majburan chiqarib, turgan joyida otib tashlashar yoki oldilariga solib maydonga olib borardilar. Shu tarzda Gubada bir necha soat davomida yuzlab insonlar qatl qilindi. Hamazasp Bokudan Shaumyan rejimidan ham topshiriq olgandi: Guba uyezdida barcha ozarbayjonlarni qirib tashlash, ularning turar joylarini tor-mor qilish. Keyin esa bu qirg‘inni sunniy va shia mazhablari orasidagi to‘qnashuv sifatida ko‘rsatish niyatida edilar. Tergov materiallaridan shu maʼlum bo‘ladiki, 1918-yil 1-mayda Gubaga kirgan doshnoq-bolshevik birlashmalarining soni 5 mingdan ortiq edi. Shu sababli ham ular tinch aholini bemalol qira oldilar. Ularning vahshiyligini tasavvur etish uchun ikki kun davomida faqat Gubaning o‘zida 4 mingga yaqin musulmonlar o‘ldirilganini eslash kiyofadir. Bu raqam Guba aholisining beshdan bir qismi degani edi.[4]

Doshnoqlar Guba, Gusar va Xachmaz hududining o‘zida 26 masjidga o‘t qo‘ygandilar. Hamazaspning vahshiyliklari natijasida 1918-yilning ilk besh oyi davomida Guba uyezdida ketma-ket 16 mingdan ko‘p inson o‘ldirildi. Alohida manbalarga va guvohlarning so‘zlariga asosan qirg‘in vaqti 12 mingga yaqin lazgi, 4 mingdan ortiq ozarbayjon va tat aholisi o‘ldirildi. 1918-yil qirg‘inlari vaqti doshnoq-bolshevik birlashmalari Guba uyezdida 162 qishloqni vayron qildi, hozirgi kunda bulardan 35 donasi mavjud emas.[4]

Usmoniylar qo‘shinining Bokuni ozod qilishidan biroz avval Lenkoranga ikki ming nafarlik arman guruhi kelib mahalliy aholiga zarar bera boshlaydi. Ular musulmon choyxonalariga kirib, u yerdagilarni haqorat qilar, pul berishdan bosh tortar, ularni Usmoniy turklaridan asrash uchun okop qazishga majbur qilardilar. Ish shu darajaga yetib bordiki, arman askarlari muharram oyi marosimlari o‘tkazilgan masjidlarga kirib, marosim o‘tkazishga musulmonlarga xalaqit berardilar. Musulmon aholi diniy marosimlarini o‘tkazish uchun masjidga yig‘ilgan vaqtlari armanlar u yerga kirib musulmonlarga xalaqit berar, masjidni esa yoqishga harakat qilardilar. Armanlar bu hududda yuzlab xonadonni vayron qildilar va minglab begunoh insonni halok etdilar.[4]

Go‘kchoy uyezdi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Go‘kchoy uyezdining Kurdemir qishlog‘ida doshnoqlar 56 uy va do‘konni, 127 qo‘rg‘onni, ikki masjidni yoqib, mahalliy imom uyini talon-taroj qildilar. Uydagi Qur’on tafsiriga oid boy kutubxonadan gulxan yoqib, Qur’onning o‘zini tahqir etdilar. Go‘kchoy uyezdida Jangi (Jayli), Qoravelli, Qorabujaq, Mustafoniy, Xalil-Qosimbey, Arab-Mehdibeyli, Sadali qishloqlari va boshqa joylar ham vayron qilindi.[4]

Komissiya raisi Xasmammadov tashqi ishlar vaziriga Parij sulh konferensiyasida qatnashgan vakillar hay’atiga taqdim qilish uchun Boku, Shamaxi, Guba shaharlarida, Shamaxi, Go‘kchoy, Javod va Guba uyezdlarida turk-musulmon aholisiga qarshi doshnoq-bolshevik ittifoqi tomonidan amalga oshirilgan vahshiyliklarni isbotlovchi maʼlumotlar yetarli ekanini yozgan. Lenkoran uyezdi polkovnik Avetisovning qurolli guruhi tomonidan, Javod uyezdining bir qismi esa polkovnik Illarinovich boshchiligida boshqa guruh tomonidan, Irevan gubernatorligida, Ganja gubernatorligining to‘rt uyezdida — Jabroyil, Javanshir, Shusha Zangazurda katta vayronkorlikni amalga oshirib, ozarbayjon aholisini talaganlar.[4]

Zangazur uyezdi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1918-1920-yillarda arman vahshiyliklaridan eng ko‘p aziyat chekkan Ozarbayjon hududlaridan biri Zangazur uyezdi bo‘ldi. Doshnoq kuchlarining tajovuzi natijasida bu uyezdning Shusha bilan aloqalari butunlay, Jabroyil uyezdi bilan qisman kesildi. Arman qishloqlaridagi qurolli kuchlar guruhi bilan birga bu uyezdda general Andranikning arman askarlaridan iborat kuchli qurollantirilgan qo‘shinining mavjudligi uyezdning musulmon aholisi vaziyati og‘irlashgandi.[4]

Favqulodda Tergov Komissiyasi hujjatlaridan maʼlum bo‘lishicha, 1918-1919-yillarda Sisyan tumanining birinchi politsiya bo‘limida bo‘lgan barcha musulmon qishloqlari, ikkinchi politsiya bo‘limida bo‘lgan qishloqlarning aksariyati, uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi politsiya bo‘limidagi musulmon qishloqlarining ko‘p qismi vayron qilindi. Baʼzi qishloqlar butunlay yo‘q qilinib, ularning yerlari armanlar tomonidan ekin ekish uchun shudgor qilingandi. 50 mingdan ortiq musulmon qochqin qisman to‘rtinchi politsiya bo‘limida, qisman Jabroyil uyezdida o‘zlariga boshpana topgandilar.[4]

Favqulodda Tergov Komissiyasi maʼruzasida Zangazur uyezdida 115 musulmon qishlog‘ining armanlar tomonidan vayron qilinib, butunlay yo‘q qilib yuborilgani qayd etilgan. Vayron qilingan barcha qishloqlar nomlari bu hujjatlarda keltiriladi. Favqulodda Tergov Komissiyasi hujjatlariga asosan 115 qishloqda jami 3257 erkak, 2276 ayol va 2196 bolalar o‘ldirilgan, 1060 erkak, 794 ayol va 485 bola yaralandi. Natijada yolg‘iz Zangazur uyezdining o‘zida komissiya maʼruzasi tayyorlangungacha 10068 nafar ozarbayjon o‘ldirildi va yaralandi. Maʼruzada qayd qilinishicha, bu dahshatli raqamlar hali arman vahshiyliklari haqida to‘liq maʼlumot bermaydi. Chunki bundan ko‘p musulmon arman vahshiyliklarining qurboni bo‘ldi. Faqat o‘sha vaqtdagi g‘alayonlar sharoitida ularni aniqlashning imkoni bo‘lmagan. Zangazur uyezdining 100 dan ortiq musulmon qishloqlari vayron qilingan, o‘n minglab chorva va yuz minglab qoramol armanlar tomonidan olib ketilgan, bog‘lar, oziq-ovqat zaxiralari va o‘tloq maydonlariga o‘t qo‘yilgan, vayron qilingan, bir so‘z bilan aytganda uyezdning musulmon aholisining iqtisodiy vaziyati falokatli holatga borib qolgandi. Armanlar tomonidan uyezdning Ozarbayjonning turli qishloqlariga qochib ketgan aholisiga 1 milliard manatga yaqin moddiy zarar berildi.[4]

Armanlarning Zangazur aholisiga qarshi hujumlari 1919-yil dekabr oyidan qaytadan shiddatli tus oldi. Noyabr oyida armanlar musulmonlar yashagan O‘qchi, Otqiz, Shabadan, Pirdavdan qishloqlariga qarshi keng harbiy amaliyot boshladilar.[4]

Arman millatchilarining ozarbayjonlarga qarshi Zangazurdagi vahshiyliklari 1920-yil boshlarida chidab bo‘lmaydigan darajaga chiqdi. Shu yilning yanvaridan Zangazurda yuz bergan barcha hodisalarning bilvosita tashkilotchisi aynan Ararat Respublikasining o‘zi edi. Bu yerda ham asosiy maqsad Zangazur uyezdini butunlay musulmonlardan tozalab, Parij Sulh Konferensiyasi davlatlarining qo‘li bilan bu yerni Armaniston tarkibiga qo‘shish edi.[4]

Irevan uyezdi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1918-yil mart oyigacha Irevan uyezdining 199 ozarbayjon qishlog‘i, 1919-yil sentyabr oyigacha esa Echmiadzin uyezdiga tegishli 62 ozarbayjon qishlog‘i butunlay yakson qilingandi. 1919-yil oxirlarida esa Zangibasarning bir necha qishloqlaridan boshqa Irevan uyezdining, shu jumladan, Vedibasarning barcha qishloqlari vayron qilingan, aholisi vayshiylarcha o‘ldirilgan, sog‘ qolganlar jonlarini qutqarish uchun boshqa yerlarga qochdilar. Aholi Eron, Usmoniylar va Ozarbayjondan boshpana topdilar. Irevan shahrining shimoli-sharqida joylashgan Kotayk tumani hududida ham 1918-yilda arman harbiy guruhlari ozarbayjonlarga qarshi keng genotsid amalga oshirdilar. 1918-yildagi ushbu hodisalargacha bu tumanda yashagan aholi orasida ozarbayjonlar ko‘pchilikni tashkil qilardi. Lekin ushbu davrda tumanning Avdallar, Artiz, Quyi Qaxt, Bashkent, Bozkosa, Qayaxaraba, Qarachala, Qaracho‘rak, Qizqala, Qurbag‘ali, Damagirmaz, Dallakli, Ekerek, Zer, Yelqovan, Yellicha, Kamal, Kenkan, Kerpicli, Kuzechik, Go‘ykilse, Gulluja, Nurnus, Tezxarab, Chobangerekmez va boshqa qishloqlardan ozarbayjon aholisi katta qiynoqlar bilan quvildi. Ularning aksariyati doshnoq hukumatining qurolli guruhlari tomonidan o‘ldirildi.[4]

1920-yil aprelida „Ozarbayjon“ gazetasi shunday deb yozgandi: „Ortiq Go‘kcha tumanida musulmon qolmadi. Hozirda Yangi Boyazid uyezdida 84 musulmon qishlog‘i vayron qilindi, ulardan 22 si aprelda mahv etildi. Dashkend, Qoshabuloq, Sariyaqub, Bosh Sho‘rcha, Quyi Sho‘rcha, Sog‘anqulu-ag‘ali, Oqkilse, Zod, Qulu, Ag‘alı, Buyuk Qaraqoyunlu, Kichik Qaraqoyunlu, Zarzibil, Adli, İnektog‘, Qaraiman, Kasaman, Bashkent, Bala Mezre, Shishqaya, Bash Haji, Qaribqaya qishloqlarining 15 mingdan ortiq uylari bo‘lgan aholisi barcha mol-davlatini tashlab qochdilar. Bu mol-davlatning barchasi hozir armanlarga qolgan, egallangan uy-joylar bir necha million, hatto milliardga yetadi.“ Andranik qo‘shinining va doshnoqlarning 1918-1920-yillarda ozarbayjonlarga qarshi olib borgan genotsidi natijasida hozirgi Armaniston hududida yashagan aholining katta qismi, taxminan 565 ming nafari vahshiylarcha qirib tashlangan, yoxud o‘z ota-bobolari joylaridan quvilib, sargardon qilingandi. Arman mualliflari o‘zlari ham bu faktni tasdiqlaydilar. Tarixchi Z.Korkodyan „Sovet Armanistoni aholisi — 1831-1931-yillar“ kitobida fakt sifatida shuni ko‘rsatadiki, 1920-yilda Armanistonda Sovet hukumati tashkil topgan paytda bu hududda 10 mingdan ortiq ozarbayjon qolgandi.[4]

1918-yilda Irevan gubernatorligida 211, Qars viloyatida 92 ozarbayjon qishlog‘i vayron qilib, o‘t qo‘yilgan va talon-taroj qilingandi. Irevan ozarbayjonlarning ko‘p sonli murojaatlardan birida ko‘rsatiladiki, qisqa muddat davomida bu tarixiy Ozarbayjon shahrida (Irevan) va uning atrofida 88 qishloq vayron qilingan, 1920 uy yoqilgan, 132 ming ozarbayjon qirib tashlangandi. Arman guruhlari uyushtirgan vahshiyliklar, doshnoq hokimiyati davrida yuritilgan „turksiz Armaniston“ siyosati natijasida Irevan gubernatorligi ozarbayjon aholisining soni 1916-yilda 375 ming nafardan 1922-yilda 70 ming nafarga tushib qoldi.[4]

1920-yil 27-aprelda XI Qizil armiyaning Bokuni, so‘ngra esa Ozarbayjonning barcha hududlarini ishg‘ol etishi Ozarbyjonning hududiy yaxlitligini taʼminlash uchun Ozarbayjon Xalq Jumhuriyati ko‘rgan chora-tadbirlarni amalga oshirishiga imkon bermadi. Zangazur uyezdi bilan birga narigi hududlar Sovet Armanistoniga berib yuborildi.[4]

Shu tarzda 1918-1920-yillarda turk-musulmon aholisiga qarshi amalga oshirilgan qatllar va ommaviy inson qirg‘ini tasodifiy emas, „Doshnoqsutyun“ partiyasining „Buyuk Armaniston“ yaratish rejasini reallashtirish yo‘lida tashlangan qadam va genotsid siyosati bo‘lgan.[4]

Siyosiy vaziyat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1917-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tgan Oktyabr inqilobi natijasida Stepan Shaumyan boshchiligidagi bolshevik Boku Soveti Boku gubernatorligida hokimiyatni qo‘lga olgandi. Etnik jihatdan arman bo‘lgan va Britaniya hukumatidan million oltin rubl mablag‘ida birinchi yordam olgan.[6] Stepan Shaumyan Bokuda ozarbayjonlarga qarshi bolsheviklar bilan arman millatchilarining hamkorligini taʼminladi[7].

9 mart 1918-yilda Hoji Zeynalabdin Tagiyevning o‘g‘li Muhammad Tagiyevning dafn marosimida ishtirok etish uchun general Talishinskiyning boshchilik qilgan Ozarbayjon polka Bokuga keldi. Muhammad Tagiyev Lenkoran shahrida yuz bergan ixtilofda rus-arman qurolli kuchlari tomonidan qatl qilingan va uning dafn marosimi 27-mart kuniga tayinlandi[3].

General Talishinskiy Bokuga kelmasidan bir necha kun avval Lenin Boku Soveti boshlig‘i Stepan Shaumyanga quyidagi mazmunda telegram jo‘natdi:

Hurmatli do‘stimiz Shaumyan!
Maktubingiz uchun minnatdorchilik bildiraman! Sizning o‘ylangan siyosatingiz bizga juda yoqdi va ushbu vaziyatda siyosatingizning yana-da chuqurroq va ehtiyotkorona diplomatiya bilan birga tatbiq qilinishini maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz va natijada g‘alaba qozonishimizga ishonchimiz komil. Qiyinchiliklar kutilmagan holatdir va hozirgacha biz faqatgina imperialistlar orasida noroziliklar va nizolar natijasida ilgariladik. Bu konfliktlarni ishlatishni o‘rganing, hozirda diplomatiyani o‘rganish muhimdir. Barcha do‘stlarga samimiy tilaklar va salomlar yo‘llab qolamiz[8].

— — V. Ulyanov (Lenin)

Leninning Shaumyanga bo‘lgan murojaatiga qaramay, Bokuga kirar ekan, general Talishinskiy va Ozarbayjon polka aʼzolari Boku Soveti tomonidan qamoqqa olindi, natijada shaharda yashagan ozarbayjonlar Boku Sovetiga qarshi qarshilik ko‘rsata boshladilar[9]. Yuz bergan qurolli to‘qnashuvlar 30-martdan 2-aprelgacha Bokuda davom etdi[3] va tarixda „1918-yilning Mart kunlari“ sifatida muhrlanib qoldi. [10]

Mohiyati milliy genotsid bo‘lgan „Mart janglari“ Boku Sovetiga qisqa muddat davomida vaziyatni nazorat qilish imkoni bersa ham aholi orasida sovetlarga qarshi kin-nafratni yana-da orttirdi, Ozarbayjonda sovetlashish g‘oyasiga zarba berdi. Bolsheviklarning katta davlatchilik siyosatining muqarrar natijasi bo‘lgan genotsid Ozarbayjonda milliy istiqlolga qarshi ochiq-oydin suiqasd edi. Ommaviy qirg‘in istiqlolning yetakchi kuchi bo‘lgan „Musovot“ning milliy davlatchilik siyosat g‘oyalariga kuchli taʼsir ko‘rsatdi, uni Rossiya Imperiyasini demokratik-federativ respublikaga aylantirish, bu yerda millatlarga muxtoriyat huquqi berish g‘oyasidan bosh tortishga, bundan keyin davlat mustaqilligi liniyasini asos qilib olishga, „Mustaqil Ozarbayjon“ g‘oyasini ilgari surishga majbur qildi.

Mart genotsididan bir yil so‘ngra armanlar bu hodisalarni bolsheviklar bilan musulmonlar orasida bo‘lib o‘tgan hokimiyat kurashi sifatida matbuotda tarqatdilar. 1919-yil yozida AQSh tomonidan Bokuga jo‘natilgan general Harbordga taqdim etilgan hujjatda arman yepiskopi Bagrat armanlarning mart hodisalarida ishtirokini inkor qiladi. Bagrat Bokuda hodisalar vaqti o‘ldirilgan 1000 nafardan 300 i arman va rus, 700 i musulmonligini iddao qilardi. Bu genotsid faqat Boku bilan chegaralanib qolmasdi. Aprel oyining ilk o‘n kunligidan eʼtiboran Bokuda uyushtirilgan bu qatliomlar Shamaxi, Guba, Xachmaz, Lenkoran, Hojiqobul, Salyan, Zangazur, Qorabog‘, Naxchivon va boshqa hududlarda ham uyushtirildi.

Hodisalar jarayoni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1917-yil oktyabr to‘ntarishi va hokimiyatga kommunistlarning kelishi vaqti yuzaga kelgan vaziyatdan foydalangan arman millatchilari va ular jamlangan Doshnoqsutyun partiyasi Bokuda va boshqa yerlarda ozarbayjonlarga qarshi mitinglar o‘tkaza boshladilar. [11] 1918-yil 30-martda arman cherkovi yonida yig‘ilgan doshnoq guruhi musulmonlarga birinchi o‘t ochdi[11]. 31-mart erta tongdan bolshevik-doshnoq guruhlari ozarbayjonlar yashagan „Kerpichxona“, „Mammadli“ va boshqa mahallalarga hujum qildilar. [11] Ushbu mahallalarni havodan samolyotlar, dengizdan esa harbiy kemalar bombalay boshladilar. [11] Armanlar ruslarni Icherishaharda ozarbayjonlar ruslarni qirib tashladi deb ishontirdilar. [11] Matroslar bu gapning yolg‘onligini bilgach hujumni to‘xtatsalar ham ortiq juda kech edi, olovga burkangan mahallalarda halok bo‘lganlarning son-sanog‘i yo‘q edi. [11] Arman millatchilari hech kimga rahm qilmay, oldilaridan chiqqan odamni turk deb qatl qilardilar.[11]

1918-yilda Rossiyada yuzaga kelgan vaziyatdan foydalangan armanlar o‘z istaklariga bolshevizm bayrog‘i ostida erishishga jahd ko‘rsatardilar. Boku kommunasi 1918-yilning martida jinoyatkor rejani amalga oshirishni boshlaydi. [11] Taxminan 7 ming arman askari turli frontlardan Bokuga olib kelinadi. Bundan boshqa „Qizil Gvardiya“ nomi ostida tuzilgan 10-12 minglik qo‘shinning ham 70 %i armanlardan iborat edi. Oldindan tayyorlangan shartnomaga asosan, bolshevik-arman koalisiyasi front bo‘ylab hujumga o‘tadi. Boshdan oyoq qurollangan arman askarlari ozarbayjonlar uylariga bostirib kirib, ularni vahshiylarcha o‘ldirar, bolalarga va keksalarga ham rahm qilmasdilar. Ayollar og‘ir qiynoqlar bilan o‘ldirilardi. Arxiv materiallariga asosan quloqlari, burunlari kesilgan, organlari parchalangan 37 ayolning jasadi topilgan. [11] Nariman Narimanov arman vahshiyliklari, uyushtirgan qatliomlar haqida shunday hikoya qiladi:

Bolshevik bo‘lgan ozarbayjonlarga ham rahm qilinmadi. Ozarbayjonlarga har qanday vahshiyliklarni amalga oshirdilar. Nafaqat erkaklar, hatto homilador ayollar ham doshnoqlardan qutulib qola olmadilar.[11]

— — Nariman Narimanov

Milliy sulhga va birlikka qarshi „sinfiy kurash“ va „sinfiylik“ mavqeyidan maʼruza qilgan Stepan Shaumyan boshchiligidagi Boku bolsheviklari „Boku Sovetining Kavkazortida fuqarolar urushining asosiy markazi va istehkomiga“ aylantirish yo‘lini tanladilar. [11] Ular doshnoqlar bilan birgalikda „antisovet harakatiga“, „aksilinqilobga“ qarshi kurash nomi ostida 1918-yil mart oyining oxirlarida (30-31-da) milliy qirg‘in tashkil qildilar. Bu musulmonlarga qarshi, xususan, ozarbayjonlarga qarshi milliy genotsid, Ozarbayjonning milliy istiqloliga xiyonatkor suiqasd edi. [11] Ushbu genotsid vaqti 12 mingdan ortiq (baʼzi hujjatlarda 15 ming) begunoh ozarbayjonlar qoni to‘kildi. [11] Bu qatliomda doshnoq qurolli kuchlari, xususan, Anastas Mikoyan boshchiligidagi „Qizil Gvardiya“ guruhi alohida o‘rin egallardi. [11]

Ozarbayjon matbuotida

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kaspi gazetasi binosi mart voqealarida olovdan keyin Nikolayevskiy ko'chasida (hozirgi Istiglaliyat ko'chasi) joylashgan.

Mart genotsidida Ozarbayjon milliy matbuot organlari, matbaalar va jurnalistlar nishonga olindi. [12] „Ozarbayjon“ gazetasida 1919-yilda chop etilgan 31-mart genotsidiga tegishli rasmlardan biri „Kaspiy“ gazetasi redaksiyasi yoqilishidan keying vaziyatni tasvirlaydi. [12] 1918-yil mart genotsidigacha Ozarbayjonda 20-dan ortiq Ozarbayjon tili matbuot organlarining faoliyat ko‘rsatishiga qaramay, qatliomdan keyin faqat „Hummat“ va „Boku Kengashi axboroti“ gazetalaridan boshqa milliy matbuot namunalari nashri taqiqlandi. [12] „Ochiq so‘z“, „Basirat“, „Istiqlol“, „El hayoti“ va boshqa Ozarbayjon tilidagi gazetalarining oxirgi sonlari genotsiddan bir kun avval, 17-18-martga to‘g‘ri keladi. [12]

Boku Soveti raisi Shaumyanning buyrug‘i va Matbuot byurosi qarori bilan „mart hodisalariga to‘g‘ri qiymat bermaganliklari va bir sotsialist frontida to‘xtalmaganliklari“ uchun, hatto rus tilidagi gazetalar ham yopildi. „Kaspiy“, „Boku“, „Bokunets“, „Vesti Baku“, mensheviklarning „Nash golos“ gazetalari nashri to‘xtatildi, bayonotlar, aholiga murojaatlarning chop etilishi taqiqlandi. [12] Tbilisida nashr qilingan Ozarbayjon tili matbuot organlarini chiqarish sharti bilan Ozarbayjon milliy demokratik matbuoti 1918-yilning martidan 15-sentyabri, Bokuning ishg‘oldan ozod bo‘lgan kunigacha o‘zining qiyin davrini boshdan o‘tkazdi. [12]

„Ozarbayjon“ gazetasi 1919-yil 31-martda 147-sonida „Mart hodisayi-alomatining muxtasar tarixi“ sarlavhali maqolasida Shaumyan, Saakyan va Arekyan rahbarlik qilgan guruhning Bokudan avval Shamaxida qirg‘in uyushtirgani va bu xabarning Bokuda tashvish tug‘dirganini yozadi[13]:

16-martda bolshevik soldatlari Shamaxiga harakat qilib intizomsizlik uyushtirib, yo‘lda oldilariga chiqqan musulmon qishloqlari, shu jumladan, Oqdara, Novxanli, Qarxunli qishloqlarini vayron qilib, musulmonlarini qirayotganlari haqida xabar keldi.[12]

17-martda Bokuga Shamaxida musulmon qirg‘inini bolsheviklar bilan birga armanlar uyushtirgani haqida xabar keladi. „Ozarbayjon“ gazetasi Shamaxi qirg‘inida ishtirok etgan bolshevik-arman qurolli birlashmalari sonini ham ko‘rsatadi:

Shamaxi tumaniga guruh jo‘natilib, aholi qirilmoqda. 4 ming askarning 80 foizi armandir.[12]

„Hummat“ning „Shamaxi ahvoli“ sarlavhali maqolasida 17 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan Shamaxi armanlari bolsheviklarning Qizil armiyasi tarkibiga qo‘shilganini qayd qiladi. [12] Vaziyat achinarli ekanini gazeta shu shaklda tasvirlaydi: „Shamaxi shahri butunlay yonib kul bo‘ldi“.[12]

Qurbon Saidning „Ali va Nino“ va Lev Vaysenbergning „Kichik singil“ romanlari Mart genotsididan hikoya qiluvchi asarlardandir.[14][15]

Ozarbayjon kinematografiyasida Mart genotsidiga „Haqiqatning o‘zi“, „Mart hodisalari yoxud qora o‘yinlar“ filmlari bag‘ishlangan.

Bibliografiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarixiy nazarlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Vaqif Arzumanli, Vali Habibo‘g‘li, Kamil Muxtarov, „1918-yil qirg‘inlari. Tarixiy tadqiqotlar“, Boku-1995

Xüsusi məsələlər və müqayisəli tədqiqatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Akif Ashirli. 31-mart genotsidi: 1918-1920-yillar matbuotida. „Fan va taʼlim“: Boku −2011.
  1. "New Republics in the Caucasus", The New York Times Current History, v. 11 no. 2 (March 1920), p. 492
  2. Michael Smith. „Anatomy of Rumor: Murder Scandal, the Musavat Party and Narrative of the Russian Revolution in Baku, 1917-1920“, Journal of Contemporary History, Vol 36, No. 2, (Apr. 2001), p. 228
  3. 3,0 3,1 3,2 Michael Smith. „Azerbaijan and Russia: Society and State: Traumatic Loss and Azerbaijani National Memory“
  4. 4,00 4,01 4,02 4,03 4,04 4,05 4,06 4,07 4,08 4,09 4,10 4,11 4,12 4,13 4,14 4,15 4,16 4,17 4,18 4,19 4,20 4,21 4,22 4,23 4,24 AZƏRBAYCANLILARIN SOYQIRIMI VƏ DEPORTASİYASI
  5. 5,0 5,1 5,2 ŞAMAXI SOYQIRIMI 1918 SHAMAKHI GENOCIDE
  6. Peter Hopkirk, „Like hidden fire. The Plot to bring down the British Empire“, Kodansha Globe, New York, 1994, pp. 262-266, 287
  7. Peter Hopkirk, „Like hidden fire. The Plot to bring down the British Empire“, Kodansha Globe, New York, 1994, p. 287. ISBN-10: 1-56836-127-0
  8. Stepan Shaumyan, Stati i rechi, Bakinskii Rabochii, Articles and speeches of the Bolshevik Extraordinary Commissar for the Caucasus, 1924, p. 224
  9. Firuz Kazemzadeh. Struggle For Transcaucasia (1917 — 1921), New York Philosophical Library, 1951, p. 70.
  10. "The Russian Revolution as National Revolution: Tragic Deaths and Rituals of Remembrance in Muslim Azerbaijan (1907-1920), " Jahrbücher für Geschichte Osteuropas, vol. 49 (2001).
  11. 11,00 11,01 11,02 11,03 11,04 11,05 11,06 11,07 11,08 11,09 11,10 11,11 11,12 11,13 AZƏRBAYCANLILARIN SOYQIRIMI (1917-1918-ci illər
  12. 12,00 12,01 12,02 12,03 12,04 12,05 12,06 12,07 12,08 12,09 Aşırlı, Akif. 31 mart soyqırımı: 1918-1920-cı illər mətbuatında. Bakı: “Elm və təhsil”, 2011 — 100-bet. 
  13. Kazemzadeh 1950, pp. 75
  14. Axundov, Fuad „The Ali and Nino Walking Tour“. www.azer.com. www.azer.com. 15 oktyabr 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15 oktyabr 2016.
  15. Meyer, Karl E.. My library My History Books on Google Play The Dust Of Empire: The Race For Mastery In The Asian Heartland. PublicAffairs, 2008 — 165-bet.