Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Progint/sandbox/Naftalan

Koordinatalari: 40°30′24″N 46°49′30″E / 40.50667°N 46.82500°E / 40.50667; 46.82500
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Naftalan
Shahar
40°30′24″N 46°49′30″E / 40.50667°N 46.82500°E / 40.50667; 46.82500
Mamlakat Ozarbayjon
Hukumat
 • hokim Natiq Aslanov[1]
Maydon 3.57263[2] km2 (1.37940 kv mi)
Rasmiy til(lar)i Ozarbayjon tili
Aholisi
 (2015)
9 737[3]
Vaqt mintaqasi UTC+4, yozda UTC+5
Telefon kodi +994 2235
Pochta indeks(lar)i AZ 4600
Avtomobil kodi 46
Naftalan xaritada
Naftalan
Naftalan

Naftalan — Ozarbayjonnıng gʻarbiy qismida Goranboy tumani yaqinida joylashgan turistik ahamiyatiga ega shahar. Bu shahar dunyoning koʻplab sayyohlarini jalb etadi. 1967 yil 28 apreldan respublikaga boʻysunuvchi shahar maqomini olgan. Naftalan haqida XI asrda yashab ijod etgan mashhur Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy „Xamsa“ asarida yozib oʻtgan. U hozirgi Naftalan yaqinida joylashgan Safi-Kurd deb nomlangan yeridan neft chiqishini va u karvonlar orqali boshqa oʻlkalarga joʻnatilishini qayd etib oʻtadi. XIII asrda yashab oʻtgan Yevropalik sayyoh Marko Polo ham Ozarbayjonning Naftalan degan hududidan shifobaxsh neft chiqishini va bu neft boshqa oʻlkalarga tashilganligini yozib qoldirgan. 1783 yilda bu yerdan Naftalan nefti qoʻl kuchi yordamida quduqlardan qazib chiqarilgan.. 1890 yilda olmon muhandisi E.İ.Yeger Naftalanda sanoat yoʻli, yaʼni burgʻulash usuli yordamida ilk bor 250 metr chuqurlikdan neft qazib chiqara boshladi. Lekin chiqqan neft uni hayratga soldi. Bu neft tarkibida hech bir benzin yoʻqligi va yonmasligi uning hayratiga sabab boʻldi. Bankrot arafasiga kelib qolgan olmon muhandisi bu yerdagi odamlardan dori vositalarini tayyorlashni oʻrganib oladi. Buning natijasida Naftalanda dori vositalari ishlab chiqaradigan farmasevtika fabrikasini quradi. Bu yerdan ishlab chiqarilgan dori-darmonlar tez orada boshqa yerlarda ham mashhur boʻlib ketadi.. Yeger ishlab chiqargan dorilari tayyorlanishini sir tutadi va uni monopoliyaga aylantiradi. Rus-Yapon urushi vaqtida yapon askarlarining choʻntagida doim naftalan darmon dorisi boʻlgan ekan. Oʻsha paytdagi qaydlarda shunday soʻzlar keltirilgan : „Kimning qoʻlida bu malham boʻlsa hech bir jarohatdan qoʻrqmasin“. XIX asrning oxiri, XX asrning boshlarida dunyonıng bir qator shaharlarida, jumladan, London, Hamburg, Qohira, Tokio kabilarda Ozarbayjonda ishlab chiqarilgan, lekin olmon nomi ostida tanilgan Naftalan darmon dorisi keng tarqalgan.[4]

Naftalan kurortu rasman 1935-yildan faoliyat koʻrsata boshlagan. 1957-yildan kurort mavsumi ish boshlagan boʻlib, u hozirga qadar yil boʻyi oʻz faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Bu yerga keluvchilar soni yildan-yilga koʻpayib borgach 1982- yilda Naftalan sanatoriy-kurort uyushmasi tashkil etiladi. 6 sanatoriya, kurort poliklinikasıdan iborat kurort uyushmasida 3200 kishilik oʻrin joy boʻlgan. Kurortda yil davomida sobiq Sovet Ittifoqi respublikalarıdan 50-70 ming kishi davolanish uchun kelgan. Kurortda tayanch-harakat, nerv tizimi, teri xastaliklari, ginekologiya kasalliklari boʻyicha bemorlar muolaja oladilar va uning samarasini tez orada sezadilar. 1992-yildan 2005-yilgacha birgina „Chinor“ sanatoriysı mavsum davomida davolanuvchilarni qabul qilish bilan mashgʻul boʻlgan. 2005-yilning may oyıda Naftalan kurortida ilk xususiy sanatoriya — Naftalan — ochildi. Markaz 100 kishilik yotoq korpusi, muolajaxonasi va oshxonadan iborat. Markazga murojaat etuvchilar dastlab turli apparat tekshiruvlaridan oʻtadi va kasalliklariga qarab naftalan muolajasi, fizioterapiya usulları yordamida davolanadilar . Markazda bemorlarning dam olishi, ovqatlanishiı va davolanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Nomining etimologiyası

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Naftalan nomining etimologiyası „achchiq“ yoki „oqib kelgan“ maʼnosini beruvchi „nafta (kerosin)“ soʻzidan vujudga kelgan. Midiyalıklar buni neft deb ataganlar.

1999 yilning 27 yanvar — 4 fevral olib borilgan roʻyxatga olish yakunlariga asosan Naftalan shahrida 7.551 nafar aholi istiqomat qiladi. Aholisining 7.4 ming nafarini ozarbayjonlıklar tashkil etadi .[5]

Etnik tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Naftalan shahri : 1970-yilgi roʻxatga olish natijasida
Etnik quruhlar Aholi soni (nafar)
Ozarbayjonlıklar 2.188 (56,8 %)
Tatarlar 40 (1.0 %)
Ruslar 1.215 (31,5 %)
Armanlar 256 (6,6 %)
Lezgilar 14 (0,4 %)
Butun shahar boʻyicha 3.853 (100 %)


Naftalan shahri : 1979-yilgi roʻxatga olish natijasida
Etnik quruhlar Aholi soni (nafar)[6]
Ozarbayjonlıklar 3.245 (90,6 %)
Tatarlar 6 (0.2 %)
Ruslar 136 (3,8 %)
Armanlar 182 (5,1 %)
Lezgilar 7 (0,2 %)
Butun shahar boʻyicha 3.581 (100 %)

Naftalan nefti fenomeni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Naftalan nefti asab, ginekologiya, buyrak, teri, jigar xastaliklari, shuningdek boʻgʻimlar, qoʻl-oyoq harakati kasalliklarini davolashda muhim vosita hisoblanadi. Naftalan shahridan qazib olingan shifobaxsh neft asosida bemorlar bu yerda davolanadilar. Qadimgi rivoyatlarga koʻra Medeya otli jodugar xotin qadim yunon eposining qahramonı argonaft Yasonga gʻalati bir malham beradi. Bu malham unu olovdan saqlar, tanasiga olov balosini yaqinlashtirmas ekan. Qadim davrlarda Osiyonıng turli burchaklaridan, hatto uzoq Hindistondan Ozarbayjonga minglab odamlar turli xastaliklardan xalos boʻlish uchun naftalan neftini olishga kelar, uni oʻz vatanlariga olib borib muolaja olgan. Neft ortilgan karvonlar bu yerdan Sharq oʻlkalariga otlangan. 1887-yilda Yeger familiyalı bir olmon muhandisi Olmoniyada „Naftalan“ malhamini ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu malham dunyonıng bir qator mamlakatlariga eksport qilingan. Rus-Yapon urushi davrida yapon askarlari yonida naftalan malhamini idishlarga solib olib yurishgan . Bu idishlarning yuza qismida ularga dalda beruvchi mana bu soʻzlar bitilgan: „Kimning qoʻlida bu malham boʻlsa hech bir jarohatdan qoʻrqmasin“.

Naftalandagi muzey

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Naftalanda dunyada yagona boʻlgan Aso muzeyi faoliyat koʻrsatadi.. Bu muzeyning eksponatları - qoʻltiq tayoqlardir. Bemorlar xastaliklardan tuzalgach, ularga bu hassalar kerak boʻlmagan va ularni Naftalanda qoʻyib ketishgan.[7] Muzey 1978-yildan faoliyat koʻrsatib keladi.[8]

Birodarlashgan shaharlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Leql, Fransiya
  • Pozitano, İtaliya
  • Yessentuki, Rossiya
  • Uneyuv, Polsha[9]
  1. Ozarbayjon Respublikası Naftalan Shahar İjro Hokimiyati
  2. „Shahar haqıda“ (az). Naftalan Shahar İjro Hokimiyati. Qaraldi: 2015-yil 17-oktyabr. Arxivləşdirilib.
  3. „Aholisi“ (az). Naftalan Shahar İjro Hokimiyati. Qaraldi: 2015-yil 17-oktyabr. Arxivləşdirilib.
  4. Naftalan Tarixi
  5. [1]
  6. Ozarbayjon aholisi
  7. AzərTAc. „Muzeylarimiz: Naftalandagi “Aso muzeyi”dən REPORTAJ“ (az). Youtube.com (2016-yil 29-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 30-oktyabr.
  8. Xəzər TV. „Naftalanınning shifo ramzi - "Asolar muzeyi"“ (az). Youtube.com (2016-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 21-noyabr.
  9. Naftalan: Naftalan: Birodarlashgan shaharlar