Foydalanuvchi:Progint/sandbox/Neft toshlari
Neft toshlari ozarb. Neft Daşları | |
---|---|
Pochta markasi. | |
Mamlakat | Ozarbayjon |
Mintaqa | Absheron arxipelagoni |
Tuman | Pirallahi |
Aholi | 4000 kishi |
Xarita | |
40°14′N 50°51′E / 40.233°N 50.850°E |
Neft Toshlari — Ozarbayjon Respublikasi tarkibidagi Bokuning Pirallahi orolining maʼmuriy hududiga qarashli aholi punkti.
Umumiy maʼlumot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Neft Toshlari dunyodagi ilk neft platformasidir. Neft Toshlari shahar tipidagi aholi punkti va Bokuning Pirallahi tumani hududiga kiradi. Kaspiy dengizi sathidan biroz ko‘rinuvchi „Qora qoyalar“ atrofida qurilgan. Absheron yarimorolidan 42 km janubi-sharqda joylashgan bu aholi punkti dengiz tubiga o‘rnatilgan metal ustunlar ustidagi estakadalarda dengiz sathidan bir necha metr balandlikda barpo etilgan.Neft Toshlari nomi Ginnes Rekordlari Kitobiga eng birinchi dengiz neft platformasi sifatida kiritilgan.[1]
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1949-yil 25-fevralda Ozarbayjon neftchilari dunyoda ilk bora dengiz tubidan sanoat maqsadida karbogidrogenlarni qazib chiqarib, o‘z tarixida yangi sahifa ochdilar. O‘sha kuni Neft Toshlari konining 1939 metr chuqurligidan Kaspiy neft favvorasi otilgan.[2]
Hali XIX asr boshlarida (1798-yilda) Kaspiy dengizidan (Bibi-Haybat) ilk neft olingan. Faqat sanoat ishlab chiqarishi 1925-yildagina boshlangan. Boku buxtasida dengizning bir necha metr chuqurligida va daraxt ustunlari ustida joylashgan jami bir dona quduq qazilgandi.[2]
Keyinchalik Absheron yarimorolining sohil zonasida neft va gaz zahiralari bo‘lgan Pirallahi-Dengiz, Gurgan-Dengiz, Banka-Darvin konlari ishga tushdi. Bu konlar shartli ravishda dengiz konlari deb nomlanishi mumkin, chunki ular o‘z boshlang‘ichini quruqlikdan olib boradilar. Neft Toshlarining (Bokuning 110 km da) esa quruqlik bilan hech qanday aloqasi yo‘q.[2]
Neft Toshlari o‘rnida bo‘lgan toshli, qoyali maydonni o‘zlashtirishga urinish ilk marta 1948-yil 14-noyabrda havo sharoiti yomon bo‘lgan bir kunda bo‘lgan edi. Taniqli neftchi-geolog, malakali sanoat tashkilotchisi, Respublikada xizmat ko‘rsatgan muhandis, SSSR faxriy neftchisi, SSSR davlat mukofoti laureati, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor Og‘a Qurbon o‘g‘li Aliyev, malakali Ozarbayjon geologi A.Aliyev va neft toshlari bo‘yicha mutaxassis, 1947-yilda tashkil topgan „Azneftkashfiyot“ tashkiloti rahbari S. Oruchov kichik kemada („Pobeda“) orolchalarga yaqinlashdilar va mutaxassislar kichik orolga tushdilar. Ular bu yerda ilk parma qurilishini va parmachilar brigadasi uchun jami 14 m kv. bo‘lgan uycha qurdilar.[2]
1949-yil 7-noyabrda Neft Toshlarida 942 m chuqurlikdagi 1-sonli quduq (Qalalay dastasidan) kuniga 100 tonna mahsulot bilan ishlab chiqarishga qo‘shildi va dengizda neft chiqarish tamalini qo‘ydi. Kon bo‘yicha ilk geolog Og‘a Qurbon Aliyev bo‘lgandi.[2]
Sotsialistik mehnat qahramoni, afsonaviy Mixail Kaverochkin 1949-yil 7-noyabrda neft beruvchi ilk quduqni aynan mana shu maydonda qazigan edi. Neft Toshlarini egallaganlarning bir qanchasi 1951-yilda birinchi darajali SSSR Davlat mukofotiga loyiq ko‘rildilar.[2]
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng
[tahrir | manbasini tahrirlash]1951-yil 18-fevralda Neft Toshlari nefti bilan to‘ldirilgan ilk tanker bo‘shatilishi uchun Dubandi portiga yo‘l oldi. Bir necha oydan so‘ng esa dengizning 20-25 m chuqurligidagi estakadalar va parma, texnologik maydonlar qurila boshlandi. Elektrostansiyalarning, nasos-kompressor kompleksining, yordamchi sexlarning, neftchilar uchun turar-joy 5-9 qavatli uylarning umumiy maydoni 1960-yil boshlarida 70 ming m kv edi. Shunday qilib, Neft Toshlari dengiz mo‘jiza shahriga aylandi. 60-yillar oxirida o‘ziga xos „ko‘cha“ vazifasini bajargan estakadalarning umumiy uzunligi 200 km dan ko‘p edi. Neft Toshlari bilan Bokuni radiotelefon aloqasi birlashtiradi. Insonlarni, oziq-ovqat mahsulotlarini va boshqa narsalarni tashishda MI-8 vertolyotidan foydalaniladi.[2]
Keltirgan iqtisodiy daromadlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1949-yildan boshlab bu yerda 1940 quduq qazilgan, 160 mln tonna neft, 12,3 mlrd m kub gaz qo‘lga kiritildi. Bugungi kunda u yerda 377 quduq ishlamoqda va bularning har biri ilk davrda sutkada 15-16 tonna neft bera olish imkoni bor. Bu ko‘rsatkich „Chiroq-1“ statsionar platformasi bilan solishtirganda (sutkada 2 ming tonna), albatta, ko‘p emas. Faqat esdan chiqarmaslik kerakki, Ozarbayjonda neft sanoatining taraqqiyotiga aynan Neft Toshlari tamal toshini qo‘ygan.[2]
Bugun
[tahrir | manbasini tahrirlash]Buning natijasida bugun Ozarbayjonda 1994-1999-yillarda tuzilgan 17 yirik neft bitimlarining amalga oshirilishi natijasida dunyoning 14 o‘lkasi, 33 xorijiy neft kompaniyalari ishlaydi. Qayd qilib o‘tish joizki, „Azeri“, „Chiroq“, neft zahirasi 640 mln tonna, gaz 100 mlrd m kub, gaz kondensati 100-150 mln tonna bo‘lgan „Guneshli“, tabiiy gaz zahirasi 100 mln tonna bo‘lgan karbogidrogen struktura bloki D222 bitimlarida „Lukoyl“ ham ishtirok etmoqda. Ozarbayjonning „ARDNK“ va Rossiyaning „Lukoyl“ orasidagi aloqalarning yana-da kengaytirish uchun 1999-yilda Bokuda memorandum imzolandi. Faqat bularning barchasi Neft Toshlaridan boshlangan.[2]
Qiziqarli faktlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1999-yilda dunyo ekranlariga chiqqan va Jeyms Bondning sarguzashtlari seriyasidan biri bo‘lgan „Dunyo yetarli emas“ (ing. The World Is Not Enough) filmining baʼzi kadrlari Neft Toshlarida suratga olingan.[2]
Filmografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mo‘jizalar oroli (film, 1963) (ozar.)
- Dengiz ishchilarining kundalik ishlari (film, 1965) (ozar.)
- Dengizda mo‘jiza (film, 1966) (ozar.)
- Salom, Ozarbayjon!(film, 1966) (ozar.)
- Yana ko‘rishguncha, Muslim! (film, 1963) (ozar.)
- İlichning urayotgan qalbi (film, 1967) (ozar.)
- EKSPO-75 (film, 1975) (ozar.)
- Ozarbayjonda sovet adabiyoti kunlari (film, 1975) (ozar.)
- Ikki Kaspiy (film, 1975) (ozar.)
- Neft Toshlarining 25 yilligi (film, 1975) (ozar.)
- Po‘lat ustunlar ustidagi shahar (film, 1975) (ozar.)
- Mo‘jizalar oroli (film, 1978) (ozar.)
- Kaspiy: Insonlar va neft (film, 1983) (ozar.)
- Neft Toshlari (film, 1990) (ozar.)
- Qora toshlar aholisi (film, 1991) (ozar.)
Fotosuratlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Neft (ozar.)
- Kaspiy dengizi (ozar.)
- "Neft Toshlari"da fojia (ozar.)
Xorijiy oʻtishlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Neft toshlari. Youtube
- Neft toshlari. (ingl.)
- Map of the area
- Photos of Oil Rocks taken in 2013 (ingl.)
- Travel guide for Oil Rocks (ingl.)
- English Russia: Oil Stones, A Soviet City in the Middle of the Sea (ingl.)
- Link to the film trailer Oil Rocks — City above the Sea (ingl.)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Progint/sandbox/Neft toshlari haqida turkum mavjud |
- ↑ Ginnesin Rekordlar Kitobınıng rasmiy sayti.
- ↑ 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 „Neft daşları“ (Azerbaijani) (web). kayzen.az (2011-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 21-yanvar.