Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Progint/sandbox/Shusha Davlat Tarix-Me’morlik Qo’riqxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shusha Davlat Tarix-Meʼmorlik Qoʻriqxonasi
ozarb. Şuşa Tarix-Memarlıq Qoruğu
qal’aning tashqaridan koʻrish.
Mamlakat Ozarbayjon
Shahar Boku
Tegishli Shusha Davlat Tarixiy-Meʼmoriy Qoʻriqxonasi
Qurilish vaqti 1752
Uslubi Arran meʼmorlık maktabi
UNESCO muhofazasiga olingan
Rasmiy nomi: Susha historical and architectural reserve
Turi Madaniy
Mezonlari i, iv, v,vi
Tayinlangan 2001
Manba nomeri 1574 [1]
Davlat Ozarbayjon
Hudud Yevropa
Ozarbayjondagi tarixiy obidalarni ro‘yxatga olish
Manba nomeri 21
Turi Qoʻriqxona
Ahamiyati Dunyo ahamiyatida

Shusha Davlat Tarixiy-Meʼmoriy Qoʻriqxonasi(ozarb. Şuşa Tarix-Memarlıq Qoruğu) — 1988-yilda  Ozarbayjon Respublikasınıng Davlat Tarix-meʼmorlık qoʻriqxonasi deb eʼlon qilingan.[2]

Shusha  Davlat Tarix-Meʼmorlik Qoʻriqxonasi — XVIII asrda  Ozarbayjon shaharsozlik sanʼatining  eng  goʻzal namunasi oʻlaroq xonlikning ijtimoiy-siyosiy markazi sifatida muhim ahamiyat kasb etgan. Qorabogʻ xonligining poytaxti boʻlgan Shusha shahri oʻzining goʻzal, maftunkor tabiyati va strategik joylashuvi jihatidan muhim nuqtada joylashgan. Qorabogʻ xonlıgining asoschisi Panohali xon Sarıjalı Javanshir 1747-yilda  mustaqil xonlik tuzar ekan, eng avvalo, oʻzi uchun bir qarorgoh qurishga kirishdi. Dastlab bunyod ettirgan Bayot (1748) va Shohbulogʻı (1752) qasrlari mudofaa jihatidan davr talablariga javob bermas edi. Buni inobatga olgan Panoh xon yangi shahar-qal’a barpo etishga qaror qiladi. Shusha hududi shahar uchun qulay joy sifatida tanlanadi. Shusha shahrining barpo etilish sanasi tarixi maʼlum emas. Shusha shahri tarixi yuzasidan izlanishlar olib borgan tadqiqotchi E.Avalovning XIX asr rus manbalariga tayaninb bildirgan maʼlumotlari muhim ahamiyat kasb etadi. Bu maʼlumotlarga koʻra, Shusha masjidlaridan birining devoridagi yozuvda Panoh xonnıng 1167 yil Hijriydə Shusha shahriga birinchi poydevor qoʻygani qayd etilgan. Shushaning Juma masjidi devoridagi bu tosh bitik qayta taʼmirlanish vaqtida yoʻqolib ketgan. Demak, mazkur manbaga tayanadigan boʻlsak Shusha shahriga 1753-yilda asos solingan. Shusha platosining dengiz sathidan eng baland nuqtasi  1600, eng  pasti esa 1300 metrga yaqindir.  Yuksak togʻliklardan oqib keluvchi Dasholtı və Xalfali daryolari shaharni oʻrab olgan. Bu yerning yolgʻiz tabiiy jihatdan zaif nuqtasi boʻlgan shimoli-sharqiy qismiga qalaʼ devori qurishga ehtiyoj bor edi. Shunday qilib strategik jihatdan muhim joy sifatida tanlangan yerda kam mablagʻ evaziga mustahkam mudofaali katta shahar (350 gektar) bunyod etildi. Shahar barpo etilgan yillarda unga asos solgan xonning nomi bilan Panohobod deb nomlangan. Faqat qisqa muddatdan soʻng tabiiy joylashuv oʻrniga koʻra Shusha deb nomlangan. Ozarbayjonning oʻsha vaqtdagi xonlik markazlari ichida Shusha „shahar-qal’a“ maqomidagi eng  nufuzli shahar boʻlgan. „Qoyalarga chiqish imkonsiz“ (Q. Keppel) Shushaning qal’a devorlari qadimgi Midiyaning eramizdan avvalgi IX asrdagi devor rasmlari bilan uygʻun holda bezatilgan. Qurilish vaqtidan soʻng shahar kuchli hujum va qamal ichida qoladi. Shusha bu vaqtda  Qorabogʻning bosh qal’asi edi. U funksiyasiga koʻra xalq orasida „Qal’a“ nomi bilan tanilgan. Shusha qal’asi Ozarbayjonning oʻrta asr yangicha shaharsozlik anʼanasiga uygʻun holda  toʻrt chorrahadan iborat boʻgan. Qal’aning bosh chorrahasi shimolda boʻlib Ganjadan kelishdagi yoʻlda joylashgani uchun shu nom bilan atalgan. İravan yoʻli esa Shusha qal’asini Ozarbayjonning gʻarbiy  hududlari bilan birlashtirgan.[3]

Qolgan ikki yoʻIi atrofi togʻ bilan oʻralgan hududda joylashgan. Shushaning ich qal’asi Ganja yoʻli yaqinindagi baland tepalikda joylashgan. Tarixchi Mir Mehdi Xazoniyning yozib qoldirgan maʼlumotlariga koʻra  Panoh xon tomonidan qurilgan ichqal’a  „devor va minoralari boʻlgan kichik qal’a (qasr)“ boʻlgan. Xon  oʻz  qarorgohi yaqinidagi tepalikda oʻgʻli  İbrohim xon uchun mazkur  „goʻzəl saroy“ni qurdiradi. Rus muhandislarining chizmalari asosi boʻyicha tepalikning relefiga uygʻun murakkab shaklli ichqal’a saroy binolari, devonxona va boshqa binolardan iborat komleksdir. Shushaning boshqa obidalari kabi bu saroy komleksi ham rus bosqinidan soʻng ishgʻol etiladi. Saroy kompleksi aylana shaklidagi minoralari boʻlgan qal’a devorlari bilan oʻralgan. Shahar qal’asining  muhim strategik nuqtalarida toʻtburchak shaklida bogʻlari boʻlgan qasrlar barpo etilgan.

Bu qasrlarning ichida kuchli mudofaa tizimiga ega qal’alar qurilgan. Bular  shahar tashqarisini nazorat qilish va shaharga boʻladigan hujumlardan mudofaa qilishda muhim rol oʻynagan. Ulardan hozirga qadar faqat ikkisii — Panoh xon qasri va Qora Buyuk Xonım qasri  saqlanib qolgan.

Kirish chorrahasidagi Qora Buyuk Xonım qasri maʼlumotlarga koʻra 1768 yilda qurilgan. Joylashish oʻrniga koʻra dinamik landshaftı qal’a devorları va minoralari tuzilishiga uygʻunlik kasb etgan. Qal’a divorı  togʻ relefida joylashgani uchun  murakkab shaklni oʻz ichiga olgan. Minoralarning asos devorlaridan tepalikka chiqish qismi mustahkam mudofaaga ega boʻlgan. Qal’a devorı va minoralari ancha mustahkamligi bilan ajralib turgan. Qal’a devorları, minoralari, qasri Shushaning qoyali va oʻrmonli landshafti bilan uygʻunlikda ajoyib bir koʻrinish kasb etadi. Susha mustahkam shahar qal’asiga ega boʻlgan, shu bilan birga  XVIII-XIX asrlarda Ozarbayjonning muhim siyosiy-iqtisodiy  va madaniyat markazi boʻlgan.

İbrohim xonnıng hokimiyati yillarida (1759-1806) shahar maydonining sharqiy qismida 8 ta mahalla boʻlgan. Gʻarbiy qismida esa asosan rus istilosidan soʻng (1805)  12 ta mahalla tashkil etilgan. Joylashishiga koʻra mahallalar ikki  - Yuqori va Pastki qismdan tarkib topgan. Pastki mahallalar  Qurdlar, Seyidli, Julfalar, Quyuluq, Dardlar qurdu, Hojı Yusufli, Toʻrt Chinor va Joʻl qal’a (Juhudlar), Yuqorı mahallalar esa Mardonli, Soatlı, Koʻcharli, Mamayı, Xoja Mirjanlı, Temirchi, Hammom yoʻli va Toza mahalla nomlari bilan atalgan. Togʻli gʻarb qismining Mehrulu, Qozanchili, Oqsuv, Jillabord, Dara va boshqalarni bir-biridan tor koʻchalar ajratib turgan. Goʻzal tabiatli va oq toshdan bunyod etilgan qal’a devorlari fonida ayvon shaklida joylashgan mahallalar ajib bir koʻrinish kasb etgan.

Keyingi qayta qurish va taʼmirlash ishlaridan soʻng ham Shusha oʻz tarixiy koʻrinishini saqlab qolgan. Boshqa oʻrta asr Ozarbayjon shaharlari kabi Shushaning mahallalari ham uy-mulklaridan iborat boʻlgan. Shusha uylarining koʻpi ikkiqavatli boʻlib butun toshlardan qurilgan. Tepa ayvonlarining panjaralari shakli va interyerlarda turfa rangli devor bezaklari boʻlgan anʼanaviy Shusha uylari Ozarbayjonning boshqa hududlaridagi uylardan farqlanib turadi.

Bu uylarning bir necha namunalari saqlanib qolgan. Hojı Qulularning boshxonasi, Natavonning uyi, Ugurlu boyning uyi, Asad boyning uyi, Mehmandarovlarnıng uyi va boshqalar orasida xon vaə boylarning saroy tipli uylari boy badiiy meʼmorlik uslubi bilan rang-baranglik kasb etgan. Taassuflar boʻlsinki, bu binolarning aksariyati davrimizga qadar yetib kelmagan. Shusha mahallalarining har birida diniy markazi boʻlgan. Bu markaz mahalla maydonı atrofıda joylashgan binolar — masjid, madrasa, hammom, doʻkon va buloqdan tashkil topgan. Shushaning toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi mahalla masjidlarining (Julfalar, Chuqur, Hojı Yusifli va b.) koʻrinishlari jihatidan aholi yashash uylariga uygʻun  boʻlgan va diniy meʼmorlik uslublari asosida tartib berilgan.

İbodat maydonlariga ega boʻlgan mahalla masjidlari (Choʻl qal’a, Toza, Soatlı, Mamayı) kabilar oʻzining qurilish shakli bilan alohida ajralib turgan. Mahalla masjidlarining koʻpchiligida azon aytish uchun kichik koʻshklar boʻlgan. Faqat  Soatlı masjidida gʻishtdan qurilgan naqshli bezakli minorasi boʻlgan. Shusha masjidlari orasida eng monumentalı XIX asrning buyuk meʼmarı Karbalayli Safi xon Qorabagʻi tomonidan  1883- yilda bunyod etilgan Yuqorı Gavhar ogʻa masjididir. İbrohim xannıng 1768-yilda qurilgan masjidning oʻrniga qızı Gavhar ogʻaning yangi qurdirgan bu obidasi Shushaning Buyuk Juma masjididir. Juma masjidi Shushaning bosh maydoni hisoblangan. Shusha shahrining bosh maydonidan 150 metr shimoliy-sharqda  Gavhar ogʻa masjidi atrofida meʼmorlik kompleksi joylashgan. Kompleksda masjid, madrasa, doʻkonlar va  yashash uylari boʻlgan. Meʼmor Karbalayli Safi xonning 1868-1870 yillarda qurgan Gavhar ogʻa masjidi umumiy planiga koʻra Agʻdam və Shusha Juma masjidlaridan tarkib topgan. Faqat  Gavhar ogʻa masjididagi  ikki minora oʻng fasada emas orqa fasadning burchaklarida joylashgan. Shushaning butun mahalla masjidlari  meʼmor Karbalayli Safi xon QorabagʻI ishtiroki ila bunyod etilgan. Ularda bir meʼmorlik uslubi doxil boʻlgan. Shusha shahri  XVIII-XIX asrlarda xalqaro savdoda faol ishtirok etgan. U Sharq va Gʻarb oʻlkalari bilan savdo aloqalarini olib brogan. Buning  natijasida yirik savdo markaziga aylangan. Shahar maydonida savdo markazlari tashkil etilgan. Maydondan Shushaning uch tijorat koʻchasi oʻrin olgan. Shimolda Rasta bozor, sharqda Pastki bozor, janubda Shayton bozor. Yonlarida doʻkonlari boʻlgan tijorat koʻchalarida ham Shushaning asosiy diniy binolari, karvonsaroylari va savdo markazlari joylashgan. Qadimda  Qorabogʻ xonı Panohali xon qurdirgan Shusha Ozarbayjonning soʻnggi oʻrta asr shaharsozlik madaniyatining nodir obidasi, Qorabogʻ meʼmorchiligining jonli ensiklopediyasıdır.

Shusha  Davlat Tarix-Meʼmorlik Qoʻriqxonasi — 1988-yilda  Ozarbayjon Respublikasınıng Davlat Tarix-meʼmorlık qoʻriqxonasi deb eʼlon qilingan.[3]

Xorijiy oʻtishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. UNESCO
  2. Sarıyeva, İ. Shusha Tarix-Madaniyat Qoʻriqxonasi armanlar ishgʻolida … // Bakı xabar.- 2015.- 12 may.- 15b.
  3. 3,0 3,1 Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi