Foydalanuvchi:Qodirali656/Xett podisholigi
XETT PODSHOLIGI — Kichik Osiyodagi qadimgi. davlat (mil. av. 18—12-a. boshlari). Tarkibiga xettlar, xattlar va boshqa etnik guruxlar kirgan. Xettlar podshosi Anittas davri (taxm. 18-asr.)da Anatoliyaning baʼzi viloyatlari birlasha boshlagan. U Nesa, Xattusas shaxrlarini bosib olgan. Kussar shaxrini poytaxt qilgan. Qadimgi xett sulolasining asoschisi — Labarna (17-asr. boshlari) Xett podsholigi hududini kengaytirgan. Labarnaning vorisi Xattusilis I davri (17-asr. oʻrtalari)da Kichik Osiyoning shim. dagi Salpa sh. va Kichik Osiyoning bir qancha jan. sharqiy viloyatlari batamom bosib olingan. U poytaxtni Xattusasga koʻchirgan. Xattusilis I ning oʻgʻli Mursilis I (17-asr. oxiri) davrida Xett podsholigining harbiy qudrati nihoyatda oshgan. 14—12-asrlarda Xett podsholari Shim. Suriya va Shim. Mesopotamiyada yashaydigan xurriy qabilalardan boʻlgan. Podsho Suppiluliumas I (14-a. boshlari) uzoq davom etgan urushlardan keyin Mitanni (Shim. Mesopotamiyadagi qad. davlat)ni bosib olgan. Ugarit (Shim. Finikiyadagi qad. shahardavlat) ni oʻz vassaliga aylantirgan. Mursilis II hukmronligi (14-asr. oxiri)dan boshlab Xett podsholigi bilan Misr oʻrtasida Suriya uchun kurash ketgan. 13-asr. oxiri — 12-asr. boshlarida Xett podsholigi oʻzaro urushlar, qaram viloyatlar va ittifoqdosh podsholiklarning ajralib ketishi tufayli inqirozga uchragan. Qad. Xett Podsholigining oxirgi yirik podshosi Telepinu (16-asr. oxiri) boʻlgan. Kichik Osiyoning sharqiga janubi. va gʻarbdan xalqlarning koʻchib kelishi bilan podsholik barxam topgan.
Manba