Foydalanuvchi:Rabiga Shabatova/Test
Rodrik | |
Tugʻilgan |
1957-yil 14-avgust Istanbul, Turkiya |
---|---|
Millati | turk |
Oliygoh | Malaka oshirish instituti |
Soha | Xalqaro iqtisodiyot, iqtisodiy rivojlanish, siyosiy iqtisodiyot |
Alma mater |
Robert kolleji Princeton universiteti (PhD, MPA) Harvard universiteti (AB) |
Mukofotlar | Iqtisodiy tafakkur chegaralarini ilgari surish uchun Leontief mukofoti (2002) |
Dani Rodrik (1957-yil 14-avgust) – turk iqtisodchisi va Harvard universiteti Jon F. Kennedi maktabining Xalqaro siyosiy iqtisodiyot professori. Avval Nyu-Jersi shtatining Prinston shahridagi Advanced Study institutida Albert O. Hirschman ijtimoiy fanlar professori boʻlib ishlagan. Xalqaro iqtisodiyot, iqtisodiy rivojlanish va siyosiy iqtisodiyot sohalarida ilmiy ishlar nashr etgan. Shuningdek, Global Policy akademik jurnalining bosh muharriri hisoblanadi[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rodrik Sefardiy yahudiylar oilasiga mansub[2].
Istanbul Robert kolleji bitirganidan KEYIN, 1979-yilda Harvard kolleji Hukumat va iqtisodiyotIda A. B. darajasini (summa cum laude) olgan. Keyinchalik 1981-yilda Princeton davlat va xalqaro ishlar maktabi tomonidan M.P.A. darajasini (farq bilan) olgan. 1985-yilda esa Prinston universiteti tomonidan iqtisodiyot yoʻnalishi boʻyicha Ph. D. darajasini yoqlagan.
Shuningdek, hozirda faoliyati tugatilgan Turkiyaning „Radikal 2009-2016“ gazetasiga ham maqola yozgan.
2011-yilda yangi tashkil etilgan Jahon iqtisodiyot uyushmasiga ijroiya qoʻmitasi aʼzosi sifatida qoʻshilgan.
Garvard Kennedi maktabining davlat siyosati bo‘yicha o‘qituvchisi Pinar Dog‘an bilan turmush qurgan[3] Sledgehammer davlat to‘ntarishi rejasida ishtirok etgani uchun og‘irlashtirilgan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan turkiyalik iste’fodagi general Chetin Dog‘anning qizi.
Olim sifatida Milliy iqtisodiy tadqiqot byurosi, Iqtisodiy siyosat tadqiqot markazi (London), Global rivojlanish markazi, Xalqaro iqtisodiyot instituti va Tashqi munosabatlar kengashi, Iqtisodiyot va statistika sharhining muharriri. Shu bilan birga, Karnegi korporatsiyasi, Ford jamgʻarmasi va Rokfeller jamgʻarmasining tadqiqot grantlari laureati boʻlgan. Boshqa faxrli unvonlar qatorida, 2002-yilda Global Rivojlanish va Atrof-muhit Instituti tomonidan iqtisodiy tafakkur chegaralarini kengaytirganlik uchun Leontief mukofotiga sazovor boʻlgan.
2019-yil 8-noyabrda Erasmus universiteti Rotterdam faxriy doktorlik darajasi olgan.
2020-yil 21-yanvar kuni Papa Fransix uni Pontifikal ijtimoiy fanlar akademiyasi aʼzosi etib tayinladi[4].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1997-yildagi „Has Globalization Gone Too Far?“ kitobi Bloomberg Businessweek jurnalida „oʻn yillikning eng muhim iqtisodiy kitoblaridan biri“ deb nomlangan.
Maqolada jahon bozori va ijtimoiy barqarorlik oʻrtasidagi uchta keskinlikka eʼtibor qaratgan. „Globallashuv“ deb ataluvchi jarayon xalqaro tenglikni taʼminlash, shu bilan birga, jahon bozorlarida muvaffaqiyatga erishish uchun koʻnikma va kapitalga ega boʻlgan milliy davlatlar va bunday ustunlikka ega boʻlmaganlar oʻrtasidagi tafovut chizigʻini ochib berish kabi dilemmaga ega ekanligini taʼkidlab, erkin bozor tizimini ijtimoiy barqarorlik va chuqur ichki meʼyorlarga tahdid sifatida koʻradi[5].
Dani Rodrik 1998-yildan buyon Project Syndicate-da doimiy ishtirokchi. Shuningdek, 2019-yilning fevral oyida Suresh Naidu, Gabriel Zucman va 11 ta qoʻshimcha asoschi aʼzo bilan birga Iqtisodiyotni keng qamrovli farovonlik uchun (EfIP) tashkil etadi[6].
Tanlangan asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rodrik, Dani. Straight Talk on Trade: Ideas for a Sane Economy. Princeton University Press, 2017. ISBN 978-0691177847.
- Rodrik, Dani. Economics Rules: The Rights and Wrongs of the Dismal Science. Norton & Company, Inc, 2015. ISBN 978-0-393-24641-4.
- Rodrik, Dani. The Globalization Paradox. Norton & Company, Inc, 2011. ISBN 978-0-393-07161-0.
- Rodrik, Dani. One Economics, Many Recipes. Princeton University Press, 2007. ISBN 978-0-691-12951-8.
- McMillan, Margaret; Horn, Karen; Rodrik, Dani (2004). "When Economic Reform Goes Wrong: Cashews in Mozambique". Brookings Trade Forum 2003: 97–165.
- In Search of Prosperity: Analytic Narratives on Economic Growth Rodrik, Dani: . Princeton University Press, 2003. ISBN 978-0-691-09268-3.
- Rodrik, Dani (2001). "The Global Governance of Trade As If Development Really Mattered". UNDP. Archived from the original on 2019-12-26. https://web.archive.org/web/20191226060629/http://system2.net/ukpgh/wp-content/uploads/rodrikgovernance.PDF.
- Rodrik, Dani. The New Global Economy and Developing Countries: Making Openness Work. Overseas Development Council, 1999. ISBN 978-1-56517-027-8.
- Rodrik, Dani. Has Globalization Gone Too Far?. Institute for International Economics, 1997. ISBN 978-0-88132-241-5.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Staff writer. "Editorial Board". Global Policy. https://onlinelibrary.wiley.com/page/journal/17585899/homepage/editorialboard.html.
- ↑ Uchitelle, Louis. „Economist Wants Business and Social Aims to Be in Sync (Published 2007)“. The New York Times (2007-yil 30-yanvar).
- ↑ „Pinar Dogan“.
- ↑ Holy See Press Office (2020-yil 21-yanvar). „Rinunce e nomine (continuazione), 21.01.2020“. Press-reliz.
- ↑ Rodrik, Dani. The New Global Economy and Developing Countries: Making Openness Work. Overseas Development Council, 1999. ISBN 978-1-56517-027-8.
- ↑ „Home“.
Tashqi havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Dani Rodrikning bosh sahifasi
- Dani Rodrikning soʻnggi tadqiqotlari
- Dani Rodrikning veb-blogi
- „Bolajaklarga yoʻl“ Dani Rodrikning „Project Syndicate“ uchun maʼlumotga oid sahifasiLoyiha uyushmasi
- Roberts. „Rodrik on Globalization, Development, and Employment“. EconTalk. Library of Economics and Liberty (2011-yil 11-aprel).