Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Rasul Mashalov/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

HMGB1 (Yuqori xarakatchanlik ko`rsatuvchi gurux oqsili)[tahrir | manbasini tahrirlash]

HMGB1 (High mobility group box 1) oqsili DNKga bog`lanuvchi xromosoma guruh a`zosi hisoblanadi. HMGB1ning hujarya ichida va tashqarisida bir qancha biologik funksiyalari mavjud va ma`lum kasalliklar yuzaga kelishida muxim ro`l o`ynaydi asosan teri kasalliklari va saratonda[1]. Hujayra ichida HMGB1 DNK bilan ta`sirlashgan holda gen ekspressiyasini nazorat qilishda, DNKni to`g`ri dasturlashda va immune signal yo`llarini tozalashda ishtirok etadi. Yadroda HMGB1 diyad o'qidagi nukleosomalar bilan bog'lanib, uning erkin ko`chishini ta’minlaydi. Shuningdek, nukleosomalar strukturasini tartiblashtiradi va DNKni egish qobiliyati bilan boshqa oqsillarni bog’lanishini osonlashtiradi. HMGB1ning yadro ichidagi yana bir muhim vazifalaridan biri avtofogiya (shikastlangan hujaryalarni qayta ishalash jarayoni) da ishtrok etadigan bir qancha oqsillar bilan o`zaro ta`sirlashishi hisoblanadi. Bu hodisa avtofogiyani tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ba`zan HMGB1 saraton hujayralarining tirik qolishi, o`sishini va tana bo`ylab yoyilishini taminlaydi. Shu bilan birgalikda, HMGB1 immunitet hujayralarini aktivlashtirishda va saraton hujayralariga qarshi kurashda faol hisoblanadi. HMGB1 oqsili tarafidan immunitet hujayralariga yuborladigan signallarni nazorat qilish hozirda saratonni davolashda yaxshi strategiya hisoblanadi. Xususan, HMGB1 tarkibida disulfid bog’i ya`ni kovalent bog`larni hosil qilishi mumkin bo`lgan 3 ta sistein aminokislotasi mavjud ekan. Hujayra sitoplazmasida HMGB1ning sistein aminokislotasi tiol (-SH) ko`rinishini saqlaydi. Infeksiyalanishda yoki saraton vaqtida bu sistein aminokislotalari oqsilni barqarorlashtiruvchi disulfid bog`lar (-S-S-) hosil qiladi.

  1. Anggayasti WL, Mancera RL, Bottomley S, Helmerhorst E. The self-association of HMGB1 and its possible role in the binding to DNA and cell membrane receptors. FEBS Lett. 2017 Jan;591(2):282-294. doi: 10.1002/1873-3468.12545. Epub 2017 Jan 20. PMID: 28027393.