Foydalanuvchi:Ro'ziyev Shohruhmirzo G'ayrat O'g'li/qumloq
Qovushqoqlik(yopishqoqlik)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yopishqoqlik, -oquvchan moddalarning ulardagi bir qismning ikkinchi qismga nisbatan harakatiga qarshilik koʻrsatish xossasi. Yopishqoq oqishning asosiy qonunini I. Nyuton topgan. SI tizimida uning biriligi — Pa*s da ifodalanadi.
Stoks – fizikada va asosan sanoatda qo‘llaniladigan kinematik qovushqoqlik birligidir.
O‘zbekcha va xalqaro belgilanishi St (кирилл алифбосида Ст). Birlik nomi ingliz olimi ser Gabriel Jorj Stoks sharafiga qo‘yilgan. Stoks birligi amaldagi Xalqaro Birliklar Tizimi (SI) ga kirmaydi; u muomaladan chiqarilgan SGS tizimi birligidir.
Kinematik qovushqoqlik, dinamik qovushqoqlikning muhit zichligiga nisbatiga teng bo‘lib, muhitning muayyan sharoitlardagi – og‘irlik kuchi ta’siridagi qovushqoqligi haqida tushuncha beradi. Kinematik qovushqoqlik suyuqlikning og‘irlik kuchi ta’siri ostida, kalibrlangan kapillyar viskozimetrdagi tirqish orqali muayyan vaqt birligi ichida oqib tushishiga asosan aniqlanadi.
Viskozimetr bu -suyuqlik qovushqoqligini aniqlaydigan asbob.
Ta’kidlash joizki, kinematik qovushqoqlikning SI ga ko‘ra birligi – m2/s bo‘ladi. 1 stoksning SI dagi muqobil qiymati: 1 St = 1 sm2/s = 10−4 m2/s ga teng bo‘ladi. Amalda ko‘pincha, qulayroq bo‘lishi uchun, santistoks ulushli birligi qo‘llaniladi. sSt (cSt) tarzida belgilanadigan santistoks = 1 mm2/s = 10−6 m2/s ga teng.
Tajribalarning ko`rsatishicha, suyuqlikning ikki qatlami orasidagi ichki Ishqalanish kuchi (F) ning qiymati qatlamlarning bir-biriga tеgish sohasining yuzi (S) ga va tеzlik gradiеnti dеb ataladigan kattalikka to`g`ri proportsionaldir.