Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Sanamjon2606

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Iste’dod — Alloh bergan ne’mat. Bu ne’mat ayni vaqtda mas’uliyat hamdir. Xalq dardini anglash, odamlarni qiynayotgan muammolarga javob topish, eng asosiysi, ma’naviy quvvat berish uchun yaratilgan qismat — ijodkor qismati. Ayni shu jihatlar buyuk adib Lev Tolstoyning taqdiri, tarjimai holidir. Uning har bir asari zamirida haqiqat deb atalmish buyuk kuch yashaydi. O’zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov shunday degan edi: «Iste’dodli yozuvchi desam, ko’z oldimga birinchi bo’lib Lev Tolstoy keladi. Pushkin, Dostoevskiylar ham buyuk. Lekin Tolstoyga yetadigani yo’q. Uning mehnatkash, haqiqatgo’y bo’lganiga, tamasiz yashaganiga havasim keladi. Ko’nglidagini baralla, go’zal qilib ayta olgan. Eshitishimcha, Lev Tolstoyga Nobel` mukofotini bermoqchi bo’lishganida o’zi rad etgan ekan. Buning uchun uning ma’naviy haqqi bo’lgan. Xudo bergan iste’dodni shon-shuhrat, boylikka alishmaydigan yozuvchi ana shunday bo’ladi».

Quyida adibning «Hojimurod» qissasidan parchalar saraladik. Asarni o’zbek tiliga Uyg’un tarjima qilgan.