Foydalanuvchi:SardorjonovnaF/Mummies

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mummies

Xalqaro teatr nashri posteri
Rejissyor(lar) Juan Jesús García Galocha "Galo"
Prodyuser(lar)
  • Jordi Gasull
  • Pedro Solis
  • Toni Novella[1]
  • Cleber Berretta
  • Francisco Selma
  • Marc Sabé
Ssenariynavis(lar)
  • Javier López Barreira
  • Jordi Gasull
Hikoya Jordi Gasull
Rollarda
Bastakor(lar) Fernando Velázquez[2]
Muharrir(lar) Emily Killick
Studiya(lar)
Distribyutor Warner Bros. Pictures
Chiqarilgan sanasi
  • 5-yanvar, 2023-yil(2023-01-05) (Australia)
  • 24-fevral, 2023-yil(2023-02-24) (Ispaniya)
Davomiyligi 88 daqiqa[3]
Mamlakat Ispaniya bayrogʻi Ispaniya
Til inglizcha
Byudjeti $12 million[4]
Daromadi $54.3 million[5]

Mummies (ispancha: Momias) — 2023-yilda ommaga namoyish etilgan ingliz tilidagi ispan animatsion komediya filmi. Film rejissyori Juan Jesús García Galocha (rejissyorlik debyutida) boʻlib, Javier López Barreira va Jordi Gasull ssenariysi va Gasull hikoyasi asosida ishlangan. Ushbu filmda Joe Thomas, Eleanor Tomlinson, Celia Imrie, Hugh Bonneville va Sean Beanlar ovoz bergan[6].

Dastlab 2021-yilda chiqarilishi rejalashtirilgan Mummies filmi 2023-yil 24-fevralda Ispaniya teatrlarida namoyish etilgan[7].

Dastlab[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film Qadimgi Misr qirollik oilasiga tegishli eski uzukni izlash uchun yer osti olamidan sayohatga otlangan va hozirgi Londonga kelib qolgan uch mumiyo haqida hikoya qiladi. Bu anʼanaviy uzuk shuhratparast arxeolog Lord Carnaby tomonidan qabrdan oʻgʻirlab olingan. Uning keyingi maqsadi mashhur boʻlishga ulgurgan malika Neferni koʻrgazma uchun oʻgʻirlab ketish edi. Mumiyalar bir necha kulgili vaziyatlarga tushib qolishadi, chunki ular madaniyat toʻqnashuvida XXI asrdagi Londonni tushunishga va moslashishga harakat qilishadi.

Ovoz boʻyicha kasting[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Joe Thomas — toʻqnashuv tufayli vafot etgan Thut rolida
  • Eleanor Tomlinson qoʻshiq kuylashni yaxshi koʻradigan malika Nefer rolida
  • Celia Imrie- Karnabyning onasi rolida
  • Hugh Bonneville — Lord Sylvester Carnaby rolida
  • Sean Bean Fir’avn sifatida
  • Mariya Moscardó — Usi rolida
  • Shakka — Ed A. Murfi rolida
  • Santiago Winder — bumeranglar bilan shugʻullanadigan kichik ukasi, Sekhem rolida
  • Dan Starkey- Lord Karnabyning janjalkash qoʻshnilari, Danny and Dennys rolida
  • Oliver Lidert — Radames rolida
  • Aida erkak bosh rolda
  • Rachel Adedeji — Aidaning ayol oʻrinbosari sifatida

Mummies 2021-yilda Atresmedia Cine va Warner Bros. España hamkorligi doirasida Moomios nomi bilan chiqarilishi rejalashtirilgan edi[7]. Biroq, keyinchalik ikki yillik kengaytirilgan nashrdan soʻng u 2023-yilgacha kechiktirildi hamda hozirgi Mummies nomiga oʻzgartirildi. Filmning birinchi treyleri 2022-yil 31-oktabr sanasida ommaga taqdim etilgan[6]. 2023-yil 24-fevral sanasida esa Ispaniya va AQShning tanlangan kinoteatrlarida Warner Bros Pictures tomonidan filmning toʻliq holati taqdim etilgan[1]. Film birinchi marta 2023-yil 5-yanvarda Avstraliyadan boshlab xalqaro hududlarda chiqarildi. Keyinchalik esa Buyuk Britaniya va Irlandiyada 2023-yil 31-martda taqdim etildi[6]. Filmga ishlangan soundtrek WaterTower Music tomonidan 2023-yil 24-fevralda Apple Music, Spotify va Pandora kabi dasturlarda chiqarildi.

Rotten Tomatoes veb-saytida film 19 ta sharh asosida 53% ijobiy reytingiga ega, oʻrtacha reytingi 5,00/10ni tashkil etadi[8].

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

 

Yil Mukofot Turkum Nomzod(lar) Natija Manba(lar)
2023
29th Forqué Awards Best Animation Film Nominatsiya [9]
2024
38th Goya Awards Best Animated Film Nominatsiya [10]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2023-yildagi ispan filmlari roʻyxati

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[[Turkum:Warner Bros. filmlari]] [[Turkum:Warner Bros. animatsion filmlari]] [[Turkum:2023-yil filmlari]] [[Turkum:Ispaniya animatsion filmlari]] [[Turkum:2020-yil animatsion filmlari]] [[Turkum:Animatsion filmlar]]