Foydalanuvchi:Shahnoza Ochildiyeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ra'no Uzoqova[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shoira Ra'no Uzoqova 1916 yilning bahorida Surxondaryoning Jarqo’rg’on tumani, Oqqo’rg’on qishlog’ida tug’ilgan.Termiz pedagogika texikumida tahsil olgan.''Mardona yuring'',''Subhidamda uchgan qaldirg'och'' she'riy to'plamlari, ''Malohat'', ''Sarviqat'',''Makr va muhabbat'',''Gulandom'',''Tun sirlari'',''Orzu'' kabi doston va balladalari hamda ''Mehri'',''Rashk'',''Zafarning hukmi'',''Uchrashuv'',''Qasos'',''O'g'irlangan baxt'' kabi nasriy asarlar muallifi. Biroq iste’dodli shoira Ra’no Uzoqova juda qisqa umr ko'rgan.1947-yil 31 yoshida yurak xastaligidan vafot etgan.Shoiraning hayotlik davrida faqatgina «Mardona yuring»nomli she’rlar to’plami nashr etilgan va bu mo'jaz kitobchada asosan, shoiraning urush mavzusiga oid she’rlari to’plangan edi. Juda erta vafot etgan bo'lsada Ra’no Uzoqovadan juda boy meros: juda ko’p she’rlar, o’nlab ajoyib hikoyalar va bir qancha pyesalar qoldi.

E'tibor[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yillar o’tsada, shoira nomi va merosi unitilmadi. Uning aruz vaznida bitgan o’nlab badialari go'zal qo’shiqlariga aylandi. Atoqli shoira Zulfiya tashabbusi bilan «She’rlar» to’plami chop etilgan bo’lsa, samarqandlik shoir Dushan Fayziy «Subhidamda uchgan qaldirg’och» kitobiga tashabbuskor bo’ldi. Denovlik fidoyi olim Toshtemir Turdiev yillar davomida shoira merosini to’pladi;Tarjimai holidagi qorong’i nuqtalarni yoritdi. Ana shu izlanishlar natijasida birin-ketin Ra’no Uzoqova haqida «Subhidam qaldirg’ochi» (1978), «Talpin, yurak» (1981 yilda. N. Narzullaev bilan hamkorlikda) to’plamlari hamda shoira merosini ma’lum ma’noda qamragan «Saylanma»si (1993) nashr etildi.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

G’AZALLAR

QAYDADIR…

Ko’kni tutgan turnalar, ayting-chi, jonim qaydadir?
Iftixorim, shavkatim ham mehribonim qaydadir?

Yor yurgan ko’chlarda izlaram har dam visol,
Dilga orom berguvchi qoshi kamonim qaydadir?

Qaydadir ul qaddi, shamshod, lablari g’unchaginam,
Yovni yakson aylagan ul qahramonim qaydadir?

Chiqdimi yo’lga jahonni manguga shodon etib,
Jangda g’olib, o’z elida iahlavonim qaydadir?

Bog’ima ekkan nihollar kurtak ochmish shavq ila,
Navniholi singari ul navqironim qaydadir?

Turnalar, ey turnalar, bir-bir kezib, aylang darak,
Keltiring tezdan xabar, jonu jahonim qaydadir?

Bog’da gullar birla Ra’no bulbulin yod ayladi,
Bulbuli xushxon o’shal shirinzabonim qaydadir?

BIR PARI

Bir pari ko’rdim chamanda tunni poymol etguday,
Ya’ni bir boqib quyoshni husniga lol etguday.

G’unchasin ko’rgan chog’i eslasang anorning donasin,
Bo’sa olmoqlik nasib etsa, lablaring bol etguday.

Qayrilib boqqanda shahlosi ohu jon o’ynatur,
Shaylanur otmoqqa nayza kiprigin xol etguday.

Har yomon ko’zdan berkitib kokil yozur,
Balki sarvi sochila majnun degan lol etguday,

Mastona aylab nigohin oldi aqlimni shu dam,
Yopmasam ko’zni aqldan ayru behol etguday.

Xulqi xo’b, haddi shijoat suhnida dovruq solur,
Ra’nodek aylab sadoqat ruxsorin ol etguday.

SHAYDO ESAM

Ming balolar g’ov bo’lolmas ishqima, shaydo esam,
Soya yanglig’ doimo yonida men paydo esam.

Dilbarim lutf etmasin buzsam sadoqat ahdini,
Ham nigohi o’zgaga tushganda beparvo esam,

Ko’z ochib yumguncha oqsin o’zgaga tushsa ko’zim,
Ham nigohi o’zgaga tushganda beparvo esam,

Yig’lasam xajrida hargiz ko’rmasin yoshim raqib,
To’lg’anurman hajr o’tida qil kabi tanho esam.

Qatra qon qolguncha uzmasman umidim vaslidan,
Oy kabi saylay musaffo o’zni gar Laylo esam.

Yor vasli mushkul ersa, yodi ham shukur erur,
Bulbulim yodida o’zni shod etay Ra’no esam.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xurshid Rahmon kutubxonasi

Ziyo.uz