Foydalanuvchi:Shahnoza azizovna
Norozilik.. Shu so'zni Googlega yozib, qidirishga berdim. Ne ko'z bilan ko'rayki, telefon ekranining 80%izi urushlar haqidagi xabarlar bilan to'lib ketdi. Qonli jang, onalar faryodi, kelinchaklar nidosi, yosh yigitlarning qon isi kelib turgan vayrona yurt, bolaliksiz hayot kechirayotgan yetimlar.... Biz esa tinch davlatda uydan, boylikdan, hattoki turmushdan ham norozimiz. Hozir jang o'chog'iga aylangan davlatlarning bir paytlar bizdan kam joyi yo'q edi. Bu dunyoda yashashdan, nafas olishdan o'zga go'zalroq mo'jiza bo'lmasa kerak. Lekin biz uzoqdagi mo'jizalarni izlaydigan insonlarmiz. Dunyo bo'yicha 80% insonlar uysiz ,13.2%i esa ishsiz hamda 44% bola yig‘isiga zor. Naqadar ayanchli statistika! Google ga yozgan so'zimni darrov o'chirdimda, Allohga ming bora shukronalar izhor etdim.