Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Shahnozazizovna

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
                     Yirtiq paypoq

Yirtiq paypoq deganda , barchaning ko'z o'ngida ilma teshik bo'lgan, balkim 1jufti yo'qolgan paypoq gavdalanishi mumkin, lekin mening nazarimda unday emas. Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali 2022-yil sarhisobi bo'yicha eng ko'p kitob o'qiydigan 26ta davlatga ko'zim tushdi. Kuchli 26talikda qashshoqlashgan Hindiston davlati 1-o'rinda turibdi. Ular orasida urush avj olayotgan Amerika hamda Rossiya, hattoki Xitoy ham bor ,ammo O'zbekiston nomini 3marta o'qib ham topa olmadim.Bu xabar shak-shubhasiz yoshlar kitob o'qimayotganligidan dalolat beradi. Hozir kunda yoshlar kitob o'qiydi , lekin bugungi kun tili bilan aytganda, "moda"ga aylangan kitoblarni mutolaa qilishadi. Hattoki, ayrimlar kiyimiga mos bo'lgan kitoblarni sotib olishayotganini ko'rib ko'zlarimga ishonmaganman. Kamida 60% insonlar shunday. Men bunday insonlarni "yirtiq paypoq"qa qiyoslayman. Tufli ustidan teshiklari ko'rinmasligi mumkin, ammo ko'z-ko'rona kitob o'qish haqiqiy ahmoqlikdir.

                                                  Shahnoza Ergashova.